Reja: Yakka tartibdagi tadbirkorlik Biznesda marketing faoliyatini tashkil etish Biznes infratuzilmasi O'sishning optimal variantini tanlash Boshqarishning tarkibiy



Yüklə 74,75 Kb.
səhifə3/8
tarix25.12.2023
ölçüsü74,75 Kb.
#194256
1   2   3   4   5   6   7   8
REJA

BIZNES INFRATUZILMASI
Respublikamizda kichik tadbirkorlik subyektlarining samarali faoliyat yuritishi va rivojlanib borishi ko'p jihatdan ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarga bog liq. Kichik tadbirkorlik rivojiga qulay imkoniyat yaratuvchi shart-sharoitlar orasida infratuzilma xizmatini alohida ajratib ko'rsatishlozim.
Kichik tadbirkorlik subyektlarida ishlab chiqarish kengayib borishi bilan ularning texnik ta’mirlash, moddiy-texnika ta’minoti, mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash va sotish, kommunikauiya va aloqa, maslahat va axborot kabi bir qator xizmat turlariga talabi ortib boraveradi. Chunki kichik tadbirkorlik subyektlariga yuridik shaxs maqomini berish bilangina ish bitmaydi. Ularning to'laqonli faoliyatini faqat mukammal tashkil etilgan infratuzilma bo'linmalari orqaligina tasavvur etish mumkin. Infratuzilma iqtisodiy tizimning bir qismini tashkil etib, u ishlab chiqarishning bir maromda faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. "Infratuzilma" so'zi lotin tilidan tarjima qilinganda "tuzilmadan tashqarida" ma’nosini anglatadi. Iqtisodiy nuqtai nazardan infratuzilma mohiyatiga quyidagi izoh ko'proq mos keladi: "inson hayoti va ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida faoliyatlar almashinuvi ta’minlovchi tovar va xizmatlar yaratishda o'ziga xos mehnat jarayonlari majmuasi". Keyingi yillarda infratuzilma yuqori sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Buni bir qator omillar bilan izohlash mumkin. Xususan, ishlab chiqarishning o'sish sur’atlari infratuzilmalar rivojidan oldinda bormoqda va bu iqtisodiyotning rivojlanishiga ham o'z ta’sirini o'tkazmoqda. Infratuzilma juda keng qarmovli tushuncha bo'lib, bu, awalo, ishlab chiqarish jarayoniga har tomonlama xizmat ko'rsatadigan xizmat turlarini yaratish bilan bogMiq. Infratuzilma bo'linmalari rivojlanib borishidan kichik tadbirkorlik subyektlari katta manfaat ko'radi, chunki bunday bo'linmalar ularni ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatish bilan bogMiq ishlardan ozod etib, kuch-g'ayratini asosiy faoliyatiga qaratishga imkon yaratadi. Infratuzilma tomonidan yaratiladigan sharoitlarni o'z navbatida quyidagicha turkumlash mumkin:

  • bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko'rsatuvchi moddiy texnika ta’minoti va tayyor mahsulotni sotish, axborotni yig'ish va qayta ishlash, buxgalteriya xizmati. Texnologik, boshqaruv masalalari bo'yicha maslahatxizmativaboshqalar;

  • ishchi kuchini takror ishlab chiqarish shart-sharoitlari ishchi va xizmatchilarning sog lig ini, ta’lim olishi va kasbiy tayyorgarligi, dam olishlariniqo'llab-quwatlash.

Shu paytga qadar infratuzilmani ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalar yigindisidan iborat deb qarab kelingan. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan iqtisodiy tizim kirib kelishi bilan ishlab chiqarish infartuzilmasi ko'lami kengayib, "bozor infratuzilmasi" va "instituuional infratuzilma" so'zlari iste’molga kirib bormoqda.
Bozor infratuzilmasi bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko'rsatuvchi tarmoqlarni o'z ichiga oladi. Uning tarkibiga yuk transporti, elektr, gaz va suv ta’minoti, ombor xo'jaligi, aloqa, axborot, moddiy-texnika ta’minoti, mahsulotni tashish, saqlash va qayta ishlash, texnik xizmat ko'rsatish, marketing va reklama, axborot-maslahat, auditorlik, moliya-kredit va investitsion kabi xizmat turiari kiradi.

Yüklə 74,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin