Reja: "Rolli o‟yin" metodining аfzаllik tomonlаri


a) Insoniy texnologiyalar (Gumannolichnostyu texnologii). Bu texnologiya



Yüklə 27,31 Kb.
səhifə3/5
tarix05.06.2023
ölçüsü27,31 Kb.
#125375
1   2   3   4   5
14 mavzu

a) Insoniy texnologiyalar (Gumannolichnostyu texnologii). Bu texnologiya


a) Bu texnologiya o’zining insoniyligi bilan, psixoterapevtik yo’nalishi bilan ajralib turadi. Ushbu texnologiyaning mazmuni talaba shaxsini har tomonlama qo’llab quvvatlash va talabani ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdir. Talabaga nisbatan hurmat va mehr bilan qarash va majburiylikdan voz kechishdan iboratdir.

  • b) Hamkorlik texnologiyasi. Bu texnologiya demokratiya, hamkorlik, tenglik kabi oyalar asosida qurilgan. O’qituvchi va talaba orasidagi munosabatlar sub'ekt sub'ekt sifatida qaraladi. Birgalikda ta'lim jarayoni tashkil etiladi va birgalikda ijod etiladi.

  • v) Erkin tarbiya texnologiyasi. Talabaga tanlash, mustaqillik erkinligi beriladi.

  • Talaba o’zi tanlagan vosita va mazmunni to‗liq qabul qiladi, hamda bu faoliyatni xoxish bilan bajaradi. Ichki extiyoj bilan uyg’unlik hosil bo‗ladi.

  • g) Ezoterik texnologiya. Ezoterik bilimlar (ongdan tashqari) qonuniyatlarni o’rganish orqali haqiqatga yaqinlashish nazarda tutiladi.

  • Ilmiy tajribani o’rganish bo’yicha: Geshtalt texnologiya, Bixeivioristik rivojlantiruvchi kabi texnologiyalarni ajratish mumkin. Bixeivioristik texnologiya (E. Torondayk, D. Uotson, V.S. Dinner va boshqalar) bu nazariyaning umumiy ko‗rinishi quyidagicha: Stimul-reaksiya-mustahkamlash. Stimul qo’zg’atuvchi, reaksiya faoliyat, mustahkamlash baholash va rag’batlantirish. Ular o’zlashtirish mexanizmi mana shu ko’rinishda vujudga keladi degan fikrni oldinga tashlaydi.

Bunda talabaning munosabati va hissiyotlari hisobga olinmaydi va talabaning onglilik masalasiga kam e'tibor qaratiladi.


  • Bunda talabaning munosabati va hissiyotlari hisobga olinmaydi va talabaning onglilik masalasiga kam e'tibor qaratiladi.

  • Geshtalt texnologiya (M. Vetmeymer, G. Myul-ler, V.Keler)talabaning qabul qilishiga, idrok qilish refleksini o’rganishga asoslangan, yangi mavzuni o’zlashtirish yorqin fragmentlardan 

va yakuniy fikrlardan tashkil topish nazarda tutiladi. Idrok va diqqatga qaratilgan texnologiyalardir. Talabaning qabul qilish xususiyatlarini va diqqatning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o‗zlashtirish jarayonini tashkil etish zarur ekanligini ta'kidlaydi va shu asosda o’zlashtirish texnologiyalarini yaratadi.

  • 3. Rivojlantiruvchi texnologiya. V.V. Davidov, D. B. Elkonin g’oyasi.

  • Asosiy mazmuni - nazariyaning amaliyotdan ustunligi va mazmuniy umumlashtirishlardan foydalanish, mantiqiy bog’liqliklar va guruhlash sistemalash-tirishdir. Umumiydan yakkaga qarab harakatlan-ish. Mavjud bilimlardan yangi bilimlarga qarab harakat qilish, ya'ni bor bo’lgan assotsiatsiyalar asosida yangi assotsiatsiyalarni vujudga keltirishni nazarda tutadi. Talabaning tushunishi oson bo’lgan bilimlardan uzoqroq va murakkabroq bilimlarga qarab xarakatlanishni tavsiya etadilar (oblast blijayshego razvitiya). Soddadan murakkabga qarab izchil rivojlanish o’zaro bog’liqliklarga amal qilish talab etiladi.

  • 4. Suggestiv texnologiya. Emotsional, yorqin taasurot, ishontirish, qiziqtirishga yunaltirilgan. Talaffuz, mimika, gipnoz, avtoritetdan foydalanish kabilarga asoslanadi. His tuyg’ularni uyg’otishga qaratilgan. O’zlashtirish jarayonida insonning nafaqat ongi, balki histuyg’ulari ham ishtirok etishini va o’zlashtirish jarayonida hissiyotlarni uyg’otish bilimlarning faqat ong bilan emas, balki qalb bilan ham anglab yetishiga yordam berishini ta'kidlaydilar. Faqat ong bilan qabul qilingan bilimlar quruq va yuzaki bo‗ladi degan fikrlar asosida o’zlarining o’zlashtirish texnologiyalarini yaratadilar. Ular har bir yangi mavzuni o’zlashtirishda obrazlardan foydalanis hissiyotlarni uyg’otish va har bir talaba ana shu hislarni sezishini ta'minlashga e'tibor beradilar.

  • Talabalar kontingentiga ko‘ra quyidagi texnologiyalarni ajratish mumkin:

  • yalpi, an'anaviy texnologiyasi (o’rta talabaga moslashgan),chuqurlashtirilgan texnologiya (ba'zi predmetlarni chuqurlashtirilgan dastur asosida o’qituvchi litsey, gimnaziya, kollej). Kompensatsiyali o’qitish texnologiyalari (pedagogik korreksiya, ya'ni kamchiliklarni yo’qotishga qaratilgan texnologiyalar).

  • viktimologik texnologiyalar (surdo, orto, tiflo, oligofrenika).

  • tarbiyasi o\ir bolalar, yoki iqtidorli bolalar bilan ishlash texnologiyalari.

Yüklə 27,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin