Harakat-holatning bajarilish yoki balarilmaslik paytini bildirib, “qachon?” so‘rog‘iga javob bo‘luvchi ravishlar payt ravishlari sanaladi. Payt ravishlariga endi, hozircha, so‘ngra, hanuz, hamisha, doimo, hamon, dastlab, erta-indin, qishin-yozin, kecha-kunduz kabi ravishlar kiradi O‘RIN RAVISHLARI Harakat-holatning bajarilish yoki balarilmaslik o‘rnini bildirgan va “qayer(-ga, -da, -dan)?” so‘rog‘iga javob bo‘luvchi ravishlar o‘rin ravishlari hisoblanadi. O‘rin ravishlariga olg‘a, ichkarida, tashqarida, ustidan singari so‘zlar kiradi. MIQDOR-DARAJA RAVISHLARI Harakat va holatning bajarilishidagi miqdor-darajasini bildirgan va “qancha?” so‘rog‘iga javob bo‘lgan ravishlar miqdor-daraja ravishlari deyiladi . Ularga sal, picha, xiyol, oz, ko‘p, kam, ancha kabi ravishlar kiradi. MAQSAD-SABAB RAVISHLARI Harakat-holatning maqsad-sababini bildiruvchi hamda “qanday maqsad (sabab) bilan?” so‘rog‘iga javob bo‘luvchi ravishlar maqsad-sabab ravishlari deyiladi. Ataylab, atayin, noiloj, noilojlikdan, jo‘rtaga, qasddan kabi ravishlar maqsad-sabab ravishlari hisoblanadi, ular miqdori u qadar ko‘p emas.
Ravish yasovchi qo’shimcha lar
- cha
chasiga
- ona
- an
-lab
- larcha
Ravish mustaqil so‘z turkumi sifatida quyidagi morfologik xususiyatlar bilan ajralib turadi: - daraja kategoriyasiga ega: tez, ko‘p (oddiy daraja) — tezroq, ko‘proq (qiyosiy daraja) — eng tez, juda ko‘p (orttirma daraja) kabi;
- 2) o‘zgarmas bo‘lib, ko‘pincha feʼllarga bogʻlanib keladi: So‘rida qat-qat duxoba ko‘rpachalar ustma-ust to‘shalgan edi;
- 3) Ravish ayrim o‘rinlarda sifat va otga bogʻlanib kelishi ham mumkin. Bunday hollarda Ravish belgining belgisini yoki predmetning belgisini emas, o‘zi bogʻlanib kelgan sifat yoxud otdan anglashilgan harakatlarning belgisini bildiradi: Kecha havo juda sovuq edi. U hozir beqiyos va tasavvur qilib bo‘lmas baxtiyor edi;
- 4) Ravish yasovchi muxsus qo‘shimchalarga ega: cha, ona, larcha, lab va boshqa;
- 5) turlanmaydi va tuslanmaydi (otlashish hollari bundan mustasno).
darrov
hozir
ertalab
bugun
Ko`p
ichkarida
darhol
astoydil
Ravishning ma’no turlari
Dostları ilə paylaş: |