Reja: Pedagogika fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishi



Yüklə 56,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix21.10.2023
ölçüsü56,85 Kb.
#158710
1   2   3
1-seminar. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fani, uning predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot metodlari. Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchisi rivojlanishining asosiy qonuniyatlari.

Pedagogika fanining vazifalari 
Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat 
taraqqiyotini ta’minlashga aloxida xissa qo‘shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining 
belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning xayotida 
etakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar moxiyatini muxim axamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar xamda xuquqiy jamiyatni barpo etish 
sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali 
kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol g‘oyasi asosida ta’lim va tarbiya 
nazariyasini ijodiy rivojlantirish vazifasini xal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni 
bajarishga e’tibor qaratiladi: 
Ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalashga 
yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning moxiyatini o‘rganish.
SHaxsni xar tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash.
Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan xolda rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim 
tizimi tajribasini o‘rganish asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish.
Ta’lim muassasalari xamda ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini 
asoslash.
Ilg‘or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish.
Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar xamda ta’lim-tarbiya usullari bilan 
qurollantirish.
Ta’lim-tarbiya birligi xamda ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni 
ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini O‘rganish.
O‘qitish xamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish.
Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik 
tavsiyalarni ishlab chiqish.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari 
Bizga yaxshi ma’lumki, xar bir fan o‘zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, 
qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu xolat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. 
Fanning moxiyatini ochibberuvchi eng muxim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya 
samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim 
kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, 
ko‘nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish.
SHaxs – psixologik jixatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan 
boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Tarbiya - muayyan, aniq maqsad xamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni xar 
tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Ta’lim –O‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, 
ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan 
jarayon.
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi 
borliq xaqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka –muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, xosil qilingan 
ko‘nikma va malakalar xamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.


Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va 
sifat o‘zgarishlar moxiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi 
Ijtimoiy tarbiya moxiyatini ilmiy jixatdan asoslash ma’lum pedagogik xodisaning muayyan 
vaziyatlarda namoyon bo‘lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik 
xodisa murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, uning umumiy moxiyatini to‘laqonli anglash uchun bir 
qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqati nazardan pedagogika fani bilan 
quyidagi fanlar o‘rtasida yaqin aloqadorlik mavjud: 
1. Falsafa – shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g‘oya, 
qarash xamda ta’limotlarning falsafiy jixatlari kabi masalalarni taxlil etishga imkon beradi.
2. Iqtisod – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘quv binolarini qurish, ta’lim-
tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan 
jixozlash kabi masalalarning iqtisodiy jixatlarini anglashga xizmat qiladi.
3. Sotsiologiya – ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida 
ma’lumotlarga ega bO‘lish asosida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro 
munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.
4. Etika- shaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va 
ma’naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muxim o‘rin tutuvchi nazariy g‘oyalarni pedagogik 
jarayonga tatbiq etishda aloxida o‘rin tutadi.
5. Estetika – shaxs tomonidan go‘zallikning xis etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda 
estetik didni tarbiyalashda muxim yo‘nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.
6. Fiziologiya- o‘quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarini 
inobatga olinishi uchun boshlang‘ich asoslarni beradi.
7. Gigiena – o‘quvchilarning salomatligini muxofazalash, ularning jinsiy jixatdan to‘g‘ri 
shakllantirishda nazariy va amaliy g‘oyalari bilan yordam beradi.
8. Psixologiya – shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruxiy-intellektual, xissiy-irodaviy sifatlarni tarkib 
toptirish uchun zamin yaratadi.
9. Tarix – pedagogika fani taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayonlarining dinamik, dialektik 
xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, xalq pedagogikasi g‘oyalarini kelgusi avlodga uzatish 
uchun yo‘naltiriladi.
10. Madaniyatshunoslik – o‘quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy 
madaniyat asoslari xaqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini 
tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.
11. Tibbiy fanlar – shaxsning fiziologik-anatomik jixatidan to‘g‘ri rivojlanishini ta’minlash, 
uning organizmida namoyon bo‘layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv, 
shuningdek, nuqsonli bolalarni O‘qitish xamda tarbiyalash muammolarini o‘rganishda 
ko‘maklashadi.

Yüklə 56,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin