Reja: O‘simliklar sistematikasi nimani o‘rgatadi



Yüklə 28,09 Kb.
səhifə2/3
tarix15.09.2023
ölçüsü28,09 Kb.
#143973
1   2   3
rahmatillayeva muxlisa

Oq tut - Morus alba
Qora tut - Morus nigra
Qizil tut - Morus rubra
K.Linney sistemasi sun’iy sistema hisoblanadi. Chunki Linney o‘simliklarning kelib chiqishini, bir-biriga yaqinligini va rivojlanishini hisobga olmagan. Linney idealist olim bo‘lgan. Uning fikricha o‘simlik-lar va xayvonlar o‘zgarmaydi, ular bir vaqtda yaratilgan. Biz turni shunday tushunamizki,tur bir qancha individlardan iborat bo‘lib, tashqi sharoit ta’sirida, odam vositasida, ichki protsesslar natijasida o‘zgarib rivojlanib turadi. Tur o‘zgarishi mumkin. K.Linneyning o‘simliklarni gruppaga bo‘lib tekshirishga hozir o‘zgartirish kiritilgan:
1.Tur – vid - Specis eng kichik -Sub species
2.Avlod – rod - genus
3.Oila – simeystvo - amilia
4.Tartib – poryadok - Ordo
5.Sinf – klass - clasis
6.Tip – tip - tipus
7.Bo‘lim – otdel - divisio
Ba’zan tur yana kichik turlarga bo‘linadi. Kichik turni - Sub species deyiladi. Tabiiy sistemani 1- marta 1841 yil Peterburg akademiyasining professori Goryaninov tuzgan. Bu o‘simliklarni 4 gruppaga bo‘lgan. 1 - gruppasida sporali o‘simliklar, lishayniklar, moxlar, qirqquloqsimonlar va boshqalar. 2 gruppasiga "soxta urug‘-lilar"-igna barglilar, qarag‘ay, archa. 3-gruppasiga "g‘alla donli o‘simliklar, ya’ni bir pallali o‘simliklar. 4 - gruppasiga - "haqiqiy urug‘li o‘simliklar"- 2 pallalilar gruppasi.
Suv o‘tlari, zamburug‘larni esa, hayvonot va o‘simliklar dunyosi oralig‘idagi organizm deb hisoblaydi. Tabiiy filogenetik sistemani o‘simliklarning rivojlanishiga asoslanib, rus olimlaridan Varshava Universitetining professorlaridan Belyayev, Moskva Universitetining professori Gorojankinlar tuzgan. Ular sistemani tuzishda urug‘li o‘simliklar sporali o‘simliklardan paydo bo‘lishiga asolanganlar. Ular o‘z sistemasini buyuk ingliz olimi Charlz Darvin nazariyasiga asoslanib tuzganlar. Darvinning 1859 yilda "Turlarning tabiiy saralanish natijasida kelib chiqishi"degan asari bosilib chiqadi. Bu asarida Darvin o‘simlik va hayvon turlarining yer yuzida paydo bo‘lishi va rivojlanishini ko‘rsatadi. Darvin materialist olim bo‘lgan. Darvin 3 faktorga asos-lanadi:
1.IRSIYAT-nasledstvennost
2.O‘ZGARUVCHANLIK-izmenchivost
3.Tabiiy saralanish yestetstvennыy stbor.
1897 yilda Gorojankinning tuzgan "tabiiy filogenetik sistemasi bo‘yicha o‘simliklar sistemasini 3 ta bo‘lim,7 ta sinfga bo‘lgan.
1-bo‘lim. -Tuban sporali o‘simliklar - Oodoniata
Bu bo‘limga 2 ta sinf kiradi
a) Aldae - suv o‘tlari
b) Fungi - zamburug‘lar - Mucophita
2-bo‘lim-Yuqori sporali o‘simliklar - Archimycetes
Bu bo‘limga 3 ta sinf kiradi a)Moxlar - Bryophyta
b) Qirqquloqsimonlar- Polyhodyophyta
v) Ochiq urug‘lilar - pinophyta
3-bo‘lim yopiq urug‘li o‘simliklar - Angiospermae
Bu bo‘limga 2 ta sinf kiradi
a) Bir pallalilar - Monocotyledoneae
b) Ikki pallalilar - Dicotyledoneae
Bundan keyin ham o‘simliklar sitemasi o‘zgartirilib, mukammallashtirilgan. Xozirgi sistema nemis olimi Engler sistemasiga asoslangan.
Yer yuzidagi hamma o‘simliklar 2 ta gruppaga bo‘linadi:
1.SPORALILAR - Sporophyta
2.URUFLILAR - Spermatophyta
a) Sporalilar 2 ta otdelga bo‘linadi:
1) Tuban sporali o‘simliklar-Oogoniatae
2) Yuqori sporali o‘simliklar- Archegoniatae
TUBAN SPORALILARGA:
Suv o‘tlari - Algae, Bakteriyalar - Bacteriophyta, Zamburug‘-lar-Fungi Lishayniklar Lichenophyta kiradi.

YUQORI SPORALI O‘SIMLIKLARGA:
Moxlar- Bryophyta, qirqquloqsimonlar- Pteridophyta ki-radi.
b) URUFLILARGA
1.Ochiq urug‘li o‘simliklar - gymnospermae yoki Pinophyta
2.Yopiq urug‘li o‘simliklar - Angiospermea Mognoliophyta

Yüklə 28,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin