1 - bosqich. O‘quv mashg‘ulotiga kirish (15 daq.)
Mavzuning nomi, maqsad va kutilayotgan natijalarni yetkazadi. Mashg‘ulot muammoli shaklda borishini ma’lum qiladi.
1.2. Talabalar bilimini suhbat shaklida faollashtiradi (№ ilova). Bilimlarni faollashtirish jarayonida o‘quv muammosini yechish bo‘yicha izlanuvchilik faoliyatida faol ishtirok etishlari uchun talabalarning egallagan bilimlarini yetarliligini aniqlaydi
Tinglaydilar yozib oladilar
2 - bosqich. Asosiy
(55 daq.)
2.1. Talabalarga muammoli topshiriqlarni o‘qib beradi (№ ilova).
2.2. Muammoni yechish yo‘llarini izlashni tashkillashtirishga o‘tadi: birinchi kichik muammoni ifodalaydi, so‘ngra muammoli savollarni berib va ular javoblarini muhokama qilib, talabalarni uni yechish yo‘lini izlashga, ya’ni birinchi oraliq xulosaga olib keladi. Shu tarzda keyingi muammolarni yechish yo‘llarini izlashni tashkillashtiradi.
2.3. Talabalarni kichik guruhlarga bo‘ladi, muammoli topshiriqni yechish vazifasini beradi. O‘quv materiallari, baholash ko‘rsatkichlari va mezonlarini tarqatadi (№ ilova). Taqdimot uchun qog‘ozlarni, markerlarni tarqatadi, aqliy hujum qoidasini eslatadi. Guruhlarda ish boshlanganligini ma’lum qiladi.
2.4. Taqdimot boshlanganligini ma’lum qiladi, guruhlar chiqishlarini boshqaradi. Taqdimot vaqtida
javoblarga izoh beradi, to‘g‘ri yechimlarga e’tibor beradi, xatolarni ko‘rsatadi, talabalar bilan birgalikda javoblar to‘liqligini baholaydi, savollarga javob beradi.
2.5. Taqdimotni yakunlaydi, muammoni yechishda yuzaga kelgan qiyinchiliklarni ko‘rsatadi
Savollarga javob beradilar. Muammoni yechish bo‘yicha o‘z fikrlarini beradilar.
Kichik muammoni yechish bo‘yicha fikrlar bildiradilar, munozara qiladilar, tahlil qiladilar.
Xulosa chiqaradilar.
Guruh,vakillari taqdimot qiladilar, yakuniy xulosani beradilar.
Tinglaydilar.
1-topshiriq:
Mavzu yuzasidan savollar: O‘qitish metodlarining ta’lim jarayonidagi ahamiyati qanday?
Uslub va vosita nima? Ularning mohiyatini ochib bering.
O‘qitishning og‘zaki metodi qanday turlarga bo‘linadi?
O‘qitishning ko‘rgazmali metodlaridan foydalanishga quyiladigan talablar qanday?
O‘qitishning amaliy metodlariga nimalar kiradi?
O‘qitishning reproduktiv va muammoli izlanish metodlarini qaysi xollarda qo‘llash yaxshi samara beradi?
O‘qitishning induktiv va deduktiv metodlarini qo‘llashga doir misollar keltiring (Mutaxassislik faningizga oid).