Reja: Nefron haqida



Yüklə 16,78 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü16,78 Kb.
#36346
NEFRONNING TUZLISHI VA FUNKSIYASI


NEFRONNING TUZLISHI VA FUNKSIYASI

Reja:

  1. Nefron haqida

  2. Nefronning tuzilishi


Nefron-buyraklarning funksional birligi hisoblanadi. Vazni 150 g bo’lgan odam buyragida 1-1,2 mln funksional birlik nefron bor.

Nefron devori ikki qavat bo’lib, har bir nefron qo’sh devorli tovoqcha shakldagi kichik kapsula Shumlyanskiy –Boumen(capsula- glomerulus) kapsulasidan boshlanadi.

Bu kapsula ichida kapillarlar kalavasi (Malpigiy koptokchasi) bor. Malpigiy koptokchasi kapillarlarining endoteliy hujayralarida diametri 0,1 mk keladigan teshiklar bor.

Shumlyanskiy kapsulasi bo’shlig’idan avvalgi buralgan siydik kanalchasibirinchi tartibdadgi burma kanalcha boshlanadi. Bu kanalcha po’stloq va mag’iz qavatlari orasidagi chegaraga yetgach torayadi va to’g’rilanadi.

Kanalcha buyrakning mag’iz qavatida Genli qovuzlog’ini hosil qiladi va buyrakning po’stloq qavatiga qaytadi. Shunday qilib, Genle qovuzlog’I tushuvchi,yoki proksimal qism bilan ko’tariluvchi, yoki distal qismdan iborat.

Kanalcha buyrakning po’stloq qavatida yoki po’stloq bilan mag’iz qavati chegarasida yana burama shaklga kirib,ikkinchi tartibdagi burama kanalchani hosil qiladi. Bu kanalcha chiqaruvchi yo’l-yig’uvchi naychaga quyiladi. Bunday yig’uvchi naychalarning bir qanchasi qo’shilib umumiy chiqaruvchi yo’llarni hosil qiladi,bu yo’llar buyraning mag’iz qavatidan o’tib,buyrak jomi bo’shlig’iga turtib chiqib turuvchi so’rg’ichlarning uchiga ochiladi.

Har bir Shumlyanskiy-Boumen kapsulasining diametric qariyb 0-2 mm,bir nefron kanalchalarining umumiy uzunligi esa 35-50 mm ga yetadi. Odam buyragidanefronlarning miqdori o’rtacha 1 mln ga teng.

Rasm . Buyrak nefroninig ko’rinishi

Shunday qilib,nefron uzun kanal bo’lib,proksimal bo’limi koptokchalar arteriya va kapillarlarini,distal bo’limi esa yig’uvchi naychalarni o’rab oladi.

Nefronda quyidagi bo’limlar mavjud:

1)buyrak(Malpigiy) koptokchasi,Shumlyanskiy-Boumen kapsulasi;

2)birinchi tartibdagi burma kanalcha (proksimal segmenti), to’g’ri tushuvchi bo’lim-nefron qovuzloq(Genle);

3)nefron qovuzlog’ining yupqa segmenti;

4)nefron qovuzlog’ining ko’tariluvchi yo’g’on bo’limi va ikinchi tartibdagi burama kanalcha. Distal burama kanalcha yig’uvchi naychaga quyiladi.

2. 2 Buyraklarning funksiyasi

Buyraklar organizmda moddalar almashinuvi(metabolizmi)natijasida hosil bo’laigan turli moddalarni,tashqi muhitdan kirgan yot va zaharli moddalarni organizmdan chiqarib yuboradi,shu bilan bir qatorda yana quyidagi funksiyalarni bajarishda ishtirok etadi:


  1. qon va boshqa ichki muhit suyuqliklarining hajm barqarorligini saqlashda;

  2. bu suyuqliklarning ionlar barqarorligini saqlashda(izoosmiya)

  3. bu suyuqlarning ionlar barqarorligini ta’minlashda(izoioniya).

  4. kislota-asos muvozanatini saqlashda;

  5. qonda miqdori ortib ketgan organik moddalarning ortiqchasini chiqarib tashlashda;

  6. oqsil,yog’ va karbonsuvlar almashinuvida;

  7. qon bosimi,eritrotsitlarning hosil bo’lishi,qonning ivishini boshqarishda;

  8. fermentlar va boshqa fiziologik faol moddalarni sintezlab,qonga ajralishida.

Bu funksiyalar buyraklar tomonidan filtirlanish,reabsorbsiya(qayta so’rilish),sekretsiya moddalarini sintezlash jarayonlari asosida amalga oshadi.

Buyrakning eng asosiy funksiyasi esa siydik hosil bo’lishi, birlamchi va ikkilamchi siydikning hosil bo’lishida va ikkilamchi siydikning organizmdan ajratib chiqarishdan iborat.

Siydik hosil bo’lishi

Siydik hosil bo’lishida buyraklarning qon bilan ta’minlanishi katta ahamiyatga ega. Buyrak arteriyalari aortaning qorin qismidan chiqib,u yerda qon bosimi yuqori bo’lishini ta’minlaydi. Kalta buyrak arteriyalari bir necha marta bo’linib,koptokchalarga qon olib keluvchi tomir(vas afferens)shaklida kirib boradi. Bu tomir 20-40 dona kapillarlarga bo’linib,Malpigiy koptokchasini hosil qiladi. Kapillarlar yig’indisi-vas efferens qonni koptokchadan olib ketadi.

Odamning ikkila buyragi arteriyasidan 1 daqiqada 1200 ml qon yoki organizmdagi hamma qonning 20-25 % oqib o’tadi. Buyraklar massasi tana massasining faqat 0,43% tashkil qilishini eslasak,qon bilan ta’minlanishining naqadar katta ekanligi yaqqol bilinadi.

Buyraklarning qon bilan ta’minlanishidagi yana bir muhum xususiyati shundaki,a’zo tomirlarining o’z-o’zini boshqarish qobiliyati juda mukammal:umumiy arterial qon bosimi 90-190 mm c. u da o’zgarganda xam buyrak arteriyalaridan oqib o’tuvchi qon miqdori o’zgarmaydi. Koptokchadan sal uzoqlashib,qonni olib ketuvchi tomir yana kapillarlarga bo’linadi va proksimal va distal burama kanalchalar atrofida qalin kapillarlar to’rini hosil qiladi. Demak,buyraklarda qonning ko’p qismi kapillarlardan ikki marta,avval koptokchalarda,keyin kanalchalar atrofida o’tadi.

Yukstamedullalar nefronlarning qonni olib ketuvchi tomiri kapillarlarga bo’linmaydi,bu tomir bevosita mag’iz moddaga o’tadi.

Siydik hosil bo’lishida nefronning hamma qismi ishtirok etadi. Bu jarayon koptokchalarda filtirlanish yo’li bilan birlamchi siydik hosil bo’lishidan boshlanadi. Buyrak kanalchalari va yig’uvchi naylarda o’tayotganida siydik tarkibi o’zgaradi:suv va ba’zi moddalar naylar devori orqali qonga qayta so’riladi,ba’zi moddalar esa bu suyuqlikka ajratiladi. Bu jarayon kanalchalardagi reabsorbsiya va sekretsiya deb ataladi.

Shunday qilib,tashqariga chiqarilgan oxirgi siydik tarkibini uch jarayon belgilaydi. -koptokchalardagi filtrlanish,kanalchalardagi reabsorbsiya va kanalchalardagi sekretsiya.

Koptokchalardagi filtratsiya.

1844 yildayoq K. Ludvig o’z tadqiqotlariga asoslanib,siydik hosil bo’lish jarayoni koptokchalarning kapillarlari devori orqali ro’y beradigan filtratsiyadan va kanalchalarda ro’y beradigan reabsorbsiya(ya’ni qayt so’rilish)dan iborat deb faraz qilgan. Keyinchalik A. Keshich bu taxminni rivojlantirib,siydik hosil bo’lishining filtratsiya-reabsorbsiya nazariyasini ta’riflab bergan. Bu nazariya hozirga tasavvurlarga asos bo’ldi va ko’p eksperementlarda tasdiqlandi.

Hozirgi nazariyalarga ko’ra, odam buyraklari qon tomirlari orqali odam buyraklari qon tomirlari orqali bir daqiqada 1200 ml qon,ya’ni yurakning aortaga tashlaydigan qonning 20-25 % o’tadi. Odam buyraklarining umumiy massasi 0,43 % ni tashkil etib,buyraklar po’stlog’I qavati orqali 91-93% qon o’tib,qolgan qismi esa uning mag’iz qavatidan o’tadi. Qon plazmasidan Shumlanski-Boumen kapsulasiga suv va plazmada erigan barcha moddalar(yuqori molekulali birikmalardan tashqari) filtrlanib o’tadi. Koptokchalardagi filtratsiya endoteliydagi teshiklar,membrane va kapsulaning ichki devoridagi epiteliy hujayralari orasidagi yoriqlar orqali ro’yobga chiqadi. Bu filtr diametri 100 angestermagacha bo’lgan molekulalarni o’tkazadi.



Molekulyar og’irligi 70 000 dan ortiq bo’lgan kattagina molekulalar bu filtrdan o’tmaydiShuning uchun globulinlar(molekulyar og’irligi 160 000 dan ortiq)kabi oqsillar filtratdan o’tmaydi. Molekulyar og’irligi uncha katta bo’lmagan ba’zi yot oqsillar(tuxum oqsli,jelatina va boshqalar)buyrak filtridan o’tib,siydik bilan chiqib ketadi. Qon plazmasining albuminlari(molekular og’irligi 70 000) filtratga juda oz o’tadi.
Yüklə 16,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin