Reja: Markaziy nevronning anatomik tuzilishi Markaziy nevronning funksiyasi. Pereferik nevronning anatomik tuzilishi Pereferik nevronning funksiyasi. Markaziy va periferik buzilishlar. Bolalar serebral falaji



Yüklə 142,25 Kb.
səhifə2/5
tarix22.10.2023
ölçüsü142,25 Kb.
#159754
1   2   3   4   5
Markaziy va periferik falajlar

Spastik diplegiya (Littl sindromi) bolalar serebral falajining ko‘proq uchraydigan ko‘rinishi bo‘lib, qo‘l va oyoqlar harakatlarining buzilishi bilan xarakterlanadi: bunda oyoqlar qo‘llarga qaraganda ko‘proq azob chekadi. Oyoqlardagi mushak tonusi keskin ko‘tarilgan: bola yarim buqilgan holatda o‘rta chiziqqa keltirilgan oyoqlarda turadi, yurganda oyoqlarning chalinib ketishi kuzatiladi. Yirik bo‘g‘im tuzilishining buzilishlari rivojlanadi. Paylar refleksi yuqori, oyoqlar klonuslari kuzatiladi.
Spastik gemiplegiyada buzilishlar ko‘pincha bir tomonda bo‘ladi Qo‘lda ko‘proq mushakning bukilish tonusi ko‘tarilgan, oyoqda esa tiklanish tonusi ko‘tarilgan. Shuning uchun qo‘l tirsak bo‘g‘imidan buqilgan bo‘lib, tanaga yaqinlashgan, barmoqlar esa mushtum qilib yig‘ilgan. Oyoqlar esa ichkariga buqilgan. Bola yurganda barmoqlariga tayanadi. Serebral falajning gemiparetik shaklsida bolada alalliya hisobiga nutq rivojlanishi kechikishii mumkin, ayniqsa chap yarim sharlari shikastlanganda katta yoshdagi bolalarda 50% giperkinezlar kuzatiladi. Ular mushak tonuslarining pasayishi me’yoriga qarab paydo bo‘ladi. Ruhiy rivojlanish sekinlashadi. Kechikishi darajasi yengildan murakkabgacha o‘zgarib turadi. Rivojlanishning kechikishiiga tez-tez takrorlanadigan epileptiform tutqanoqlar ta’sir ko‘rsatadi.
Ikkilamchi gemipligiya oyoq-qo‘llardagi harakatlaninshning buzilishi bilan xarakterlidir, biroq odatda qo‘llar oyoqlarga nisbatan ko‘proq aziyat chekadi. Qo‘llarning, yuz mushaklarning og‘ir jarohati nutq va psixikaning rivojlanishining kechikishiiga olib keladi. Bunday bolalar o‘tira olmaydilar, yura olmaydilar, o‘zlarini eplay olmaydilar. Maktabgacha yoshdagi bolalarda harakatlanish aktivligi ko‘proq namoyon bo‘lganda, ayrim bolalarda qo‘l va oyoqlarda distal bo‘limlarida giperkinezlar, shuningdek og‘iz sinkineziyalari paydo bo‘ladi. Ko‘pgina kasallarda psevdobulbar sindromi namoyon bo‘ladi. Paylar reflekslari yuqori, lekin yuqori tonus va qontrakturalar tufayli qiyinchilik bilan ishlatiladi .Bolalar serebral falajining bu shaklsi ko‘pincha mikrotsefaliya va kichik anomaliyalar rivojlanishi bilan uyg‘unlashib ketadi, bu esa ona qornidagi miya shikastlanishidan dalolat beradi. Ikkilamchi gemiplegiyada ko‘pincha epilep tiform tutqanoqlar kuzatiladi. Harakatning og‘ir buzilishlari tufayli qontraktura va deshaklsiyalar erta rivojlanadi.

Yüklə 142,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin