Reja: Magnit oqimi


Induksion tokning hosil bo’lishi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə2/10
tarix09.09.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#142280
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Elektromagnit induksiya hodisasi

Induksion tokning hosil bo’lishi
Faradey qonuni. Tajribalarni tahlil qilsak, birinchi tajribada shu narsa xarakterlidirki, A solenoidda tok magnit unga yaqinlashayotgan yoki undan uzoqlashayotgan paytdagina, ya`ni solenoid yaqinida magnit maydon o`zgargan vaqtda yoki solenoidning o`zi magnit maydonida ko`chgan vaqtda paydo bo`ladi xolos. Magnitning solenoidga nisbatan harakati yoki solenoidning magnitga nisbatan xarakati to`xtashi bilan solenoid yaqinidagi magnit maydon o`zgarmas bo`lib qoladi va solenoiddan tok o`tmaydi. Ikkinchi tajribadagi hodisa ham birinchidagiga o`xshashdir - bunda o`zgaruvchan magnit maydonni S solenoidda hosil bo`lgan yoki yo`qolayotgan tok hosil qiladi. Ikkala holda ham o`tkazgich konturi yaqinidagi magnit maydonning kattaligi o`zgaradi, demak, kontur bilan chegaralangan sirt orqali o`tuvchi magnit induksiya oqimi ham o`zgaradi.
Peterburg universitetining professori Lens induksion tokning yo`nalishi uchun quyidagi qoidani topdi: berk konturda hosil bo`lgan tok shunday yo`nalganki, bu tok kontur bilan chegaralangan yuz orqali o`tuvchi va uning o`zini hosil qiluvchi magnit oqimi induksiyasining o`zgarishini kompensatsiyalovchi xususiy magnit induksiya oqimini yaratadi Birinchi tajribada solenoidga magnitning shimoliy qutbini yaqinlashtirganimizda soleniodda soat strelkasiga teskari yo`nalgan tok paydo bo`ladi. Bu holda magnit hosil qilayotgan induksiya oqimi soleniodning ichiga qarab yo`nalgan bo`lib, magnit yaqinlashgan sari orta boradi. Solenoiddagi induksion tokning magnit maydoni tashqi magnit maydonni o`sishini kompensatsiyalaydi.

Magnitning shimoliy qutbi uzoqlashtirilganda solenoidda soat strelkasi yo`nalishidagi tok paydo bo`ladi. Tashqi maydonda magnit induksiya oqimi kamaya boradi. Solenoiddagi induksion tokning magnit maydoni solenoid ichiga qarab yo`nalgan bo`ladi demak, magnit maydonni kamayishini kompensatsiyalaydi.


3 . Lens qoidasi Ma`lumki o`zgaruvchan magnit induksiya oqimi ochiq konturda o`zgaruvchan E.YU.K. hosil qiladi. E.YU.K kattaligi bilan magnit induksiya oqimining o`zgarish tezligi orasidagi bog’lanishni ener-giyaning saqlanish qonuniga asosan aniqlash mumkin.
Agar qo`zg’aluvchan AC qismga ega bo`lgan berk konturga E.YU.K. i  ga teng bo`lgan B galvanik element ulangan bo`lsa, bu manbani dt vaqt ichida bajargan ishi
A = Idt ga teng bo`ladi.
Agar kontur magnit maydondan tashqarida turgan bo`lsa, bajarilgan butun ish Joul - Lens issiqligiga sarflanadi.
A1 = Q = I2 Rdt
Agar kontur bir jinsli magnit maydoniga joylashtirilsa, konturni AC qismiga o`ng tomonga qarab unga tik yo`nalgan F kuch ta`sir etadi va uni AC holatga siljitadi. Bunda bajarilgan mexanik ish
A2 = I . dF bo`ladi.
dF - konturning shtrixlangan ACACqismi orqali o`tayotgan magnit induksiya oqimi, I esa kontur harakat qilgan vaqtda shu konturda oqadigan tokning kuchi. Energiyaning saqlanish qonuniga asosan B galvanik elementni bajargan ishi:
A = A1 + A2 yoki Idt = I2 Rdt + IdF
tenglikni har ikkala tomonini Idt ga bo`lamiz.
 = IR + dF/dt bu tenglikdan

dF/dt ifoda kontur yuzi (shtrixlangan) orqali o`tuvchi induksiya oqimining o`zgarishi tufayli hosil bo`lgan qo`shimcha E.YU.K. ni ifodalaydi.

Elektromagnit induksiya qonunini (Faradey qonuni) ifodalaydi. Bu tenglikdagi manfiy ishoraning ma`nosi quyidagicha: induksiya oqimining ortishi (dФ/dt>0) konturni aylanib chiqishdagi manfiy yo`nalish bo`ylab ta`sir etuvchi E.YU.K. ni, induksiya oqimining kamayishi (dФ/dt<0) esa konturni aylanib chiqishdagi musbat yo`nalish bo`ylab ta`sir etuvchi E.YU.K. ni hosil qiladi.
Induksiya E.YU.K. ning SI tizimidagi birligini ko`raylik:
Ei = - dФ/dt = Vb/S = Tl . M2/S,
lekin Tl=N.M/A.M2 = J/A.M2=A.VS/A.M2=V.S/M2.
Shuning uchun [Ei] = V. S/M2 . M2/S = V kelib chiqadi.
Demak, kontur yuzi orqali o`tuvchi magnit oqim 1 Vb/S tezlik
bilan o`zgarsa, konturda vujudga kelayotgan E.Yu.K. 1 V ga teng bo`ladi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin