Reja: Kirish O'yin texnikasini tasniflash O'qitish metodikasi va o'yinning individual usullarining ketma-ketligi


Texnikani takomillashtirishda ikkita yo‘nalish nazarda tutilishi kerak



Yüklə 77,19 Kb.
səhifə6/9
tarix27.12.2023
ölçüsü77,19 Kb.
#199910
1   2   3   4   5   6   7   8   9
futbol

Texnikani takomillashtirishda ikkita yo‘nalish nazarda tutilishi kerak:

· Samarali harakat dinamik stereotipni qisman takrorlash orqali rivojlantirish va bu bilan harakatni tejashni oshirish;


· O‘yindagi texnik turlarining belgilanganlarini foydalanish orqali har tomonlama o‘rnatilgan vazifalarga erishish, musobaqada harakat stereotiplarni o‘rgatishda o‘yin holatidagi ma’lumotlardan mos keladigan vaziyatlardan foydalaniladi.


Birinchi nuqtai nazardan texnik turlarni tejamkorlikka va mustahkamlanishga yo‘naltiriladi.
Ikkinchi nuqtai nazardan mashg‘ulot rejasini musobaqa talablariga asosan, har tomonlama reproduktiv o‘zgarishlar, texnikandan foydalanishda har tomonlama aniq harakatlarni barobar olib borishga yordam beradi.
Yuqori darajadagi o‘yin ko‘rsatishda o‘yinchilar tezkorlik bilan har bir vaziyatni idrok qilishi va harakat jarayonida ular bilan kelishishini o‘zida ko‘rsata olishi kerak. O‘yin tajribasida, shunday vaziyatlar paydo bo‘ladiki, bunda o‘yinchilar turli sabablarga ko‘ra, samarali aniq bajariladigan harakatlardan bosh tortishi, misol tariqasida, agar to‘p to‘g‘ri himoyachidan darvozaga yo‘naltirilgan bo‘lsa, oddiy bo‘lgan oyoq yuzasi ichki tomonidan emas, oyoq uchi bilan zarba beriladi. Biroq, shunday harakatlar “texnikani o‘zgarishi” istisno hisoblanib, harakatlarni to‘g‘ri egallashlari kerak va qoidaga ko‘ra, harakatlarni har tomonlama ketma-ketligida bajarilishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Keltirilgan o‘yin shaklidagi va mashg‘ulot turlari texnikani takomillashtirishga qaratilgan mashg‘ulotlar uchun takliflar sifatida mavjud bo‘lib, ko‘rsatilgan mashg‘ulot maqsadga erishishda foydalaniladi. Futbol texnikasi to‘p bilan va to‘psiz harakat shakllariga bo‘linadi.
To‘pni olib yurish harakatlari texnikani asosi hisoblanib, kichik yoshdan boshlab, malakali o‘yinchilarga qadar barcha o‘yinchilar foydalanishadi. Mashg‘ulotning maqsadi shundan iboratki, epchil oyoqlar yordamida tezda raqib qarshiligida to‘pni yugurgan holda olib yurish hamda bir vaqtni o‘zida o‘z o‘yin vaziyatini qo‘ldan chiqarmasdan harakat qilish tushuniladi. Bu esa, turli tezliklarda va katta bo‘lmagan masofadagi maydonlarda to‘pni olib yurish ishonchliligini yaxshilashdir. Eng kichik bo‘lgan olti yoshdagi o‘yinchilarga har to‘pni olib yurish turlari taklif etilmaydi. Ularga ko‘proq umumiy va muvozanatini saqlash tayyorgarligi beriladi.
Faqatgina o‘spirin yoshda futbol uchun maxsus mashg‘ulotlarni olib borish mumkin. Bu yer­da yoshlarga to‘pni olib yurishdaga ko‘p qirrali harakatlarda to‘pni egallab turuvchi maqsadlar qo‘­yi­ladi. O‘yin vazifalaridagi to‘pni olib yurish harakatlari orqali ular yugurishda qanday qilib to‘p­ni nazoratda ushlab turishlari uchun to‘pni his qilishni o‘rganishlari lozim. To‘pni olib yurishga qartilgan mashqlarni har bir mashg‘ulotda kirish qismida ko‘p marotaba teginishlar orqali rivojlantirish mumkin. 
Yosh futbolchilar o‘quv mashg‘ulotdagi badanni qizdirish mashg‘ulotlariga rejasiga to‘pni olib yurishni qo‘shgan holda olib borish imkoniyati bor bo‘lib, ko‘p marotaba to‘pga teginishlar orqali takomillashtirish hamda to‘pga his qilish qobiliyatini oshirish mumkin. To‘pni his qilish to‘pni zich olib yurishda, dastavval, to‘p bilan oldinga harakatlangan holda bosim ostida raqibni aldab o‘tishlarda ahamiyatga ega. To‘pni olib yurib aldamchi harakatlarni bajarishdagi mashg‘ulotlarda asosiy vazifalarni o‘rnatishda qarshilikka bardosh berish uchun to‘pni olib yurish muhimdir. Bir va ko‘pgina raqiblarga o‘z maqsadini amalga oshirish qobiliyati o‘yinning hujumkor taktikasiga asosdir. Har bir maydonning qismida 1x1 vaziyatda kurash olib borish mumkin. Shuning uchun mashg‘ulotlarda hujumlar orqali qarshiliklarni tegib chiqishga qaratilgan harakatlarni yaxshilash lozim.

2. To‘pni olib yurish


To‘pni olib yurish shakli asosida raqibni qarshiligida ma’lum belgilangan masofada to‘pni egallab turishni ta’minlash muhimdir. Bunda to‘pni egallab turgan o‘yinchi, to‘pni zich olib yurib tanasi bilan berkitgan holda himoya qilishi va aldamchi harakatlar orqali tezda yo‘nalishini o‘zgartirib to‘pni egallashini ta’minlashi lozim. Turli yo‘nalishlardagi yugurishlardan foydalangan holda to‘pni zich holatda ikki oyoqda kaftning ichki va tashqi qismlarida olib yurish. To‘pni himoya qilish uchun to‘pni bosib turishda foydalaniladigan oyoq kaftini tagi bilan orqaga tortish, raqib yaqinlashganda o‘girilgan holda himoya qilish kerak.

To‘pni olib yurish shiddati hujum uyushtirishdagi vosita hisoblanib, samarali foydalanish orqali raqib o‘yinchilarini oldinga o‘tishlari bilan erkin harakatlanishga imkon tug‘diradi. To‘pni yuqori tezlikda raqib darvozasi tomon bo‘sh joylarni qo‘lga kiritgan holda olib yurishadi. To‘pni nazoratga olib borishdan tashqari bor bo‘lgan maydondagi bo‘sh joylarning bog‘liq holda to‘pni oldinroqqa oshirib berish mumkin





Yüklə 77,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin