Reja kirish I bob. XVI-XVIII asrlarda Xiva xonligining Rossiya bilan iqtisodiy diplomatik munosabatlari



Yüklə 104,63 Kb.
səhifə2/7
tarix13.07.2023
ölçüsü104,63 Kb.
#136477
1   2   3   4   5   6   7
Reja kirish I bob. XVI-XVIII asrlarda Xiva xonligining Rossiya b-hozir.org

Mavzuning ob’ekti va predmeti
. Mazkur ishning asosiy ob’ekti Xiva
xoligining turli davrlarda Rossiya bilan olib borgan diplomatik aloqalari va ularning
mohiyati, sabablari, oqibatlari bo’lsa, uning predmeti esa shu diplomatik aloqalar
haqida ma’lumot beruvchi rus - evropa, fors, arab va turkiy tillardagi yozma meros
va undagi ma’lumotlarning tahlilidir.
Mavzuning maqsadi va vazifalari
. Kurs ishining asosiy maqsadi Xiva
xonligi va Rossiya davlati o’rtasidagi turli davrlarda olib borilgan diplomatik
aloqalarni manbalar, adabiyotlar, maqolalar, shu mavzuga yondosh ilmiy ishlar
asosida chuqur taxlil qilish, taqqoslash, tanqidiy o’rganib, mavzuni to’liq yoritib
berishdir. Tadqiqotning vazifasi esa ikkala davlat o’rtasidagi aloqalar jarayonida yuz
bergan voqea va hodisalarning yutuqlari va kamchiliklarini taxlil qilish asosida
bugungi kun diplomatiyasi rivojlanishiga hissa qo’shishdir.
Mavzuning asosiy masalalari.
Kurs ishining asosiy masalalar bu- XVI-XX
asrlarda Xiva xonliginig ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli, Rossiya davlati bilan
demoqratik aloqalari, Xiva xonligining Rossiya podsholigi tamonidan taziqqa
olinishi va bosib olish jarayonlari tashkil qiladi.
Mavzuning amaliy ahamiyati
. O’zbek xonliklari tashqi aloqalari tarixi
O’zbekiston tarixi fanining muhim va o’ta dolzarb ilmiy yo’nalishlar doirasiga
kiradi. Mazkur ishda Xorazm va umuman O’rta Osiyo va xorij yozma merosida XVI
- XX asrlar Xiva xonligi tashqi aloqalari tarixi, uning turli jihatlari har tamonlama
o’rganildi va nazariy xulosalar, ilmiy natijalar olindi. Tadqiqotda keltirilgan faktlar,
ilmiy umumlashma va xulosalardan Respublika oliy o’quv yurtlarining tarix
mutaxassislarini tayyorlash uchun O’zbekiston tarixining so’nggi o’rta asrlar davri
tarixi, manbashunoslik, tarixshunoslik fanlarini o’qitish jarayonida, amaliy
mashg’ulotlarda, Xiva xonligi tarixiga oid qo’llanmalar, darsliklar yozishda hamda
o’lkashunoslik to’garaklarida maxsus kurslar olib borishda foydalanish mumkin.


4


Yüklə 104,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin