Reja: Kirish. Asosiy qism



Yüklə 110,85 Kb.
səhifə5/6
tarix13.05.2023
ölçüsü110,85 Kb.
#113029
1   2   3   4   5   6
thgnghjhgnhgjgjhjhjg

Shu kunlarda Hulkarning sevinchi ichiga sig‘maydi . (leksik ma’no)6
Hozirda ham so‘z birikmasi termini ostida qanday tushuncha ifoda etilishi haqida turlicha qarashlar mavjud. Masalan, A.I.Moiseyev soʻz birikmalarini juda keng maʼnoda tushunadi. Uning fikricha, har qanday soʻzlarning birikuvidan soʻz birikmasi paydo boʻladi. Frazeologizmlar, soʻz birikmasi formasidagi nominant birliklar – terminlar, toponimlar; ergash va teng birikmalar, mustaqil va yordamchi soʻzlarning qoʻshiluvidan paydo boʻlgan soʻz birikmalari7 deb ataydi.
Ma’lumki, so‘z birikmasi tarkibidagi soʻzlar o‘z leksik maʼno mustaqilligini saqlagan bo‘ladi. Ibora tarkibidagi soʻzlar esa oʻz leksik maʼnosi bilan qatnashmaydi, maʼnosini yoʻqotgan bo‘ladi. Misol uchun, ko‘nglidan o‘tkazmoq iborasidagi o‘tkazmoq so‘zi o‘z leksik ma’nosini yo‘qotgan, ko‘nglidan biror narsani, nimanidir o‘tkazish tushunilmaydi. Erkin bogʻlanish soʻz birikmasini, turgʻun bogʻlanish esa frazeologizmlarni oʻz ichiga oladi. Erkin bogʻlanish sintaksisning, turgʻun bogʻlanish frazeologiyaning tekshirish obyekti hisoblanadi. Solishtiring: 1) qozonning ichi qora, 2) Nazokatning ichi qora.
Sintaktik soʻz birikmalari frazeologik birikmalardan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi8 : 1) sintaktik soʻz birikmalari maʼlum soʻz birikmasi modeli asosida nutq jarayonida hosil boʻladi. Shuning uchun ham real sintaktik soʻz birikmalari nutq birliklari sanaladi. Frazeologik birliklar esa nutq jarayonigacha tayyor holda mavjud boʻladi. Nutqqa tayyor holda bir lugʻaviy birlik sifatida olib kiriladi; 2) sintaktik soʻz birikmalarida qismlarning sintaktik aloqasi erkin, frazeologik birikma kesimlari oʻrtasidagi sintaktik aloqa turgʻun boʻladi; 3) sintaktik soʻz birikmalari qismlari gap ichida alohida-alohida gap boʻlaklari boʻlib keladi. Frazeologik birikma qismlarining grammatik munosabati faqat shu birikma ichida amal qiladi. Frazeologik birikma bir butun sifatida gap ichida bir gap boʻlagi oʻrnida keladi: a) Amirxon qoqilib yiqildi va labini tishlab oldi. (so‘z birikmasi: labini – to‘ldiruvchi, tishlab oldi – kesim)
b) Malika do‘konga chiqib, xarid qildi-yu, hamyoni uyida qolganini sezib, labini tishladi.(ibora: labini tishladi-kesim)
Yuqoridagi misoldan ko‘rishimiz mumkinki, ibora va soʻz birikmasi omonim bo‘lib kelishi mumkin. Quyidagi gaplar tarkibida kelgan turg‘un va erkin birikmalarni qiyoslang:

  1. qoplar xonaning ichiga sig‘madi (so‘z birikmasi: ichiga-hol, sig‘madikesim);

  2. Gulmira sevinganidan ichiga sig‘madi (ibora: ichiga sig‘madi – kesim).

Iboraning so‘z birikmasidan yana bir farqi u so‘z birikmasi kabi har gal nutqning o‘zida yuzaga kelmaydi. Ibora xuddi so‘z kabi nutqqa tayyor holda kiradi. Shu sababli ham uning ikkinchi nomi turg‘un bog‘lama hamdir. Masalan, aravani quruq olib qochmoq, tirnoq ostidan kir qidirmoq, tomdan tarasha tushganday.
Qismlarining erkin yoki bogʻliqligiga koʻra soʻz birikmalari erkin va bogʻliq birikmalarga boʻlinadi. Erkin birikma qismlari oson boʻlinadi, bogʻliq soʻz birikmalari qismlari oʻzaro zich aloqaga kirishib, gapda bir gap boʻlagi oʻrnida keladi. Bunday birikmalar frazeologik birikmalarga yaqin keladi, lekin sintaktik aloqaning saqlanishi bilan frazeologizmlardan farqlanadi.
Solishtiring: 1) yoqimli musiqa, musiqani tinglamoq – erkin soʻz birikmalari;
2) ikki lola, bir qancha gul – bogʻlik soʻz birikmalari; 3) ko‘ngli ochiq, ogʻzi qulog‘ida – frazeologik birikmalardir.
Har bir soʻz birikmasi mazmuniy yaxlitlik va grammatik jihatdan shakllanish xususiyatiga ega. Soʻz birikmasidan farqli ravishda boshqa barcha birikuvlar soʻzning kengayishi hisoblanadi. Biz nutqimizda iboralardan tez-tez foydalanamiz. Misol uchun, ranjitmoq so‘zi o‘rniga arpasini xom oʻrmoq iborasi orqali va yana, xursand boʻlmoq so‘zi o‘rniga boshi osmonga yetmoq iborasini ishlatishimiz mumkin. Bu holda esa nutqiy taʼsirchanlik ortishi aniq. Biroq bu jarayonda mustaqil soʻz oʻrniga sintaktik qurilmadan foydalanamiz. Bu esa, oʻz navbatida, yagona soʻz bilan berilishi mumkin boʻlgan maʼno ifodasining bir necha soʻzning oʻzaro munosabatga kirishuvi orqali berilayotganini koʻrsatadi.
Soʻzning ifodaviy tomonini tovushlar tashkil etsa, iboraning ifoda tomonini esa so‘zlar tashkil etadi. Qiyoslang: Farzand – koʻzining oq-u qorasi, ulug‘lamoq – koʻkka koʻtarmoq.
Frazeologizmlarning eng asosiy belgilari sifatida quyidagilarni koʻrsatish mumkin: 1) frazemaning tarkibida ikki yoki undan ortiq leksema qatnashgan bo‘ladi;
2) frazema yaxlit bir lug‘aviy maʼnoni ifodalaydi; 3) frazemaning tarkibidagi soʻzlar o‘z leksik maʼnolarini yoʻqotgan boʻladi; 4) frazema turg‘un birikma sifatida erkin birikma bilan faqat omonimik holatda boʻladi; 5) frazemani faqat yaxlitligicha almashtirish mumkin; 6) frazema gapning tarkibida yaxlitligicha bir sintaktik vazifada keladi; 7) frazemani boshqa tilga soʻzma-soʻz tarjima qilib boʻlmaydi, yaxlitligicha tarjima qilinadi78 . Xulosa shuki, fanda so‘z birikmasi va iboraning farqli tomonlarini ko‘plab olimlarning ilmiy ishlaridan o‘qib bilishimiz mumkin. Quvonarlisi, ushbu mavzu bo‘yicha yosh tadqiqotchilar ham o‘z tadqiqotlarini olib borishmoqda.9
O‘quv loyihasining tuzilishi:
Loyihaning to‘liq nomi:

  • So‘z birikmalari va turg‘un bog‘lanishga doir o‘quv loyiha,

  • jamoviy tarzda o‘rganish ya’ni guruh bo‘lib,

  • auditorida tanlangan mavzularning dolzarbligini asoslash,

-erkin va turg‘un bog‘lamalarning aniq chegaralarini qo‘yish,
-ushbu mavzu bo‘yicha yetakchi g‘oyalar va yondashuvlar, me’yoriy manbalar, farmonlar, farmonlar, tadqiqot ishlarini o‘rganish.
Loyihaning maqsadi:
Talabalar mavzuni loyihalash jarayonida erkin va turg‘un bog‘lamaning asosiy farqli va o‘xshash jihatlarni bilish asosiy ko‘nikmalarni shakllantirish.
Loyihaning vazifalari:

  • tashkillashtirish: guruh bo‘lib,

  • sarflash: mavhum soat,

  • izlash: kutubxona va internetdan, - tayyorlamoq: auditorida.



Tahlil qilsh medodi

So‘z birikmasi va turg‘un bog‘lamalarni asosiy farqli jihatlarini tahlil qilish.

Mavzu bo‘yicha

Suhbat metodi

Mavzuni maqsad va vazifalarini aniqlash.
Iboralar va so‘z birikmalari: So‘z birikmasi doimo erkin holatda bog‘lanadi, lekin iboralar tilimizda hech qanday bo‘laklarga ajratilmaydi , turg‘un holatda bo‘ladi.

Amaliy

Erkin va turg‘un bog‘lamalar asosida amaliy mashq bajarish.

Mavzu bo‘yicha

Umumlashtirish

Xulosa chiqarish.
Mavzu doirasida talabalarning umumiy xulosasi e’lon qilinadi.

Mavzu bo‘yicha

Xulosa
So‘z birikmasi ya’ni erkin bog‘lama va turg‘un bog‘lamalarni o‘rganishni o‘quv loyihlari yordamida loyihalab ko‘rib chiqdik. Bundan shu narsa ayon bo‘ladiki, mavzuni chuqur o‘rganish, o‘zlashtirish rejalar va qoliblar va metodlar yordamida samarali bo‘ladi. Sababi uy qurishda ham dastlab uning loyihasi tuziladi va maketi yasaladi , ular bo‘lmasa uyning qanday qurilishini tasavvur qilavering, hamma narsa oddiydan murakkablik tomon boradi. Kurs ishida ham o‘quv loyihasi orqali mavzuni yaxshi yorita oldik deb o‘ylaymiz. Misol o‘rnida shuni ayta olamizki, bu sintaksis masalasi antik davrdan o‘rganilib kelinmoqda va hanuzgacha sintaksis masalalari dolzarb hisoblanadi. Sintaksis grammatika fanining bir bo‘lagi sifatida ko‘riladi. Ma’lumki, grammatika fani ikki qismdan, ya’ni morfologiya va sintaksis yo‘nalishlaridan iborat. Sintaksis ta’rifiga ingliz, rus va o‘zbek olimlari har tomonlama yondoshgan. Jumladan, rus olimi V. V. Vinogradov sintaksis so‘zning so‘z birikmasi va gap tarkibidagi birikish qoidalarni va usullarni hamda so‘z birikmalarini, ularning tuzilishini, funksiyasi, rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan deb hisoblaydi. Olimning ta’kidlashicha, sintaksisning xarakterli xususiyati shundaki, “uning har bir o‘rganish obyekti o‘zidan yuqoriroq bo‘lgan grammatik birlikning struktur elementi sifatida funksiyalashadi: so‘z va uning shakllari so‘z va gapning, so‘z birikmasi turli yoyiq gaplarning, gap doirasida esa, o‘z navbatida, sodda gap qo‘shma gapning struktur elementi sifatida xizmat qiladi”. Shunday qilib, sintaksisning o‘rganish obyekti gapligini tasdiqlaydi.


Shuningdek, so‘z birikmasi va turg‘un bog‘lama gapda ayni shaklda qo‘llanishi mumkin , biroq erkin birikma bo‘lganda tushunchani, turg‘un bog‘lanma bo‘lganda bitta lug‘aviy ma’no anglatar ekan.
So‘z birikmalari ikki xil bo‘ladi va ular bir-biridan farqlanadi: a) erkin so‘z birikmasi; b) turg‘un so‘z birikmasi. Bunday birliklarning ayrimlari nutq jarayonida tuzilsa, ayrimlari esa tilda tayyor birikma holida mavjud bo‘lar ekan. Turg‘un bog‘lama nutq jarayoniga tayyor holda kirib kelganligi bois ham bo‘laklarga ajralmaydi va nechta so‘zdan tarkib topishidan qatiy nazar bitta lug‘aviy ma’noni bildiradi. Erkin bog‘lamalar esa, ifodalaydigan tushuncha tarkibidagi so‘zlarning ma’nosi asosida yuzaga keladi: qiziqarli asar. Bunday bog‘lamalar tarkibidagi so‘zlar alohida-alohida so‘zlarga ajrala oladi, tarkibidagi so‘zlar boshqa so‘zlarga almasha oladi: qiziqarli asar- zerikarli asar, qiziqarli asar- qiziqarli film.


Yüklə 110,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin