Reja: Kirish. Asosiy qism


So‘z birikmalari va turg‘un bog‘lamalarni o‘rganishda o‘quv loyihasini loyihalash



Yüklə 110,85 Kb.
səhifə4/6
tarix13.05.2023
ölçüsü110,85 Kb.
#113029
1   2   3   4   5   6
thgnghjhgnhgjgjhjhjg

So‘z birikmalari va turg‘un bog‘lamalarni o‘rganishda o‘quv loyihasini loyihalash.
Nutqiy jarayonda fikrimizni bayon qilish uchun so'zlar yordamidagina emas, balki bir necha so'zlarning barqaror bog'lanishidan hosil bo'lgan birikmalardan ham foydalanamiz. Masalan, Toshkentdagi istiqlol davrida qurilgan inshootlarni ko'rib og'zim ochilib qoldi. Bu gapda og'zim ochilib qoldi birikmasi so'zlovchi tomonidan nutqqa tayyor holda olib kiritilgan. Og'zi ochilib qolmoq birikmasi nutq jarayoniga qadar ham tayyor holda barqaror birikma sifatida mavjud va mazmunan bir so'z hayron bo'lmoq so'zi ifodalagan ma'noga teng keladi. Yoki Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda, deydi xalqimiz, jumlasida deydi xalqimiz birikmasi tarkibidagi so'zlar o'zaro erkin bog'langan bo'lsa, undan oldingi so'zlar so'zlovchining nutqiga qadar xalqimiz tomonidan yaratilgan, tilimizda tayyor holda so'zlarning xuddi shunday tarkibini doimiy saqlagan holda mavjuddir. Ikki va undan ortiq so'zlarning o'zaro barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutq jarayoniga tayyor holda olib kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat sifatida mavjud bo'lgan til birliklari barqaror birikmalar deyiladi
tavsiriy ifodalar predmet, voqea va hodisalarning o'z nomi bilan emas, balki ularning xarakterli belgi xususiyatlarini tasviriy usul orqali ifodalash jarayonidir. Masalan, oq oltin – paxta, oq oltin ijodkorlari –paxtakorlar, kumush tola – pilla, zangori kema kapitanlari – mexanizator-lar va hokazo.Tasviriy ifodalar uslubiy vosita sifatida nutqqa ko'tarinkilik, obrazlidlik baxsh etadi, jamiyat taraqqiyoti talablaridan kelib chiqib, lug'at tarkibini boyitadi. Nutq jarayonida takrorlardan, qaytariqlardan, qochish imkonini beradi, notiqni so'zamollikka, tinglovchini esa falsafiy mushohada etishga undaydi. Shuningdek, tasviriy ifodalar faqat jozibadorlik va obrazlilik, nutqni boyitish, uning mazmunini kuchaytirish uchungina emas, balki jamiyatning olg'a qadam qo'yishiga to'sqinlik qilayotgan illatlarni fosh qilish, ulardan kulish va ulraga qarshi kurashga chaqirish maqsadida ham ishlatiladi. Binobarin, tasviriy ifodalar predmet, voqeahodisalarning o'z nomi orqali yuzaga chiqmagan muhim xususiyatlarini tasvirlab, bo'rttirib, izohlab va to'ldirib ko'rsatishda muhim nutqiy vosita hisoblanadi. Har bir tilning lug'at tarkibi ustida olib borilgan ishlar shuni ko'rsatadiki, so'z ma'nolarining o'zgarishi tasodifiy bir hol bo'lmay, balki jamiyat taraqqiyoti bilan chambarchas bog'liq qonuniy hodisadir. Jamiyat taraqqi-yoti natijasida vujudga kelgan yangi predmet, tushunchalar har doim ham yangi so'zlar orqaligina ifodalanmay, balki predmetning ma'lum belgi xususiyatlarini, o'ziga xos tomonlarini ochib beruvchi so'z ma'nolari orqali ham tasvirlanadi. Shunga ko'ra, so'z ma'nolari ko'chadi, kengayadi yoki torayadi.
Ma'lumki, so'z ma'nosining ko'chish yo'llari metafora, metonimiya, sinekdoxa va vazifadoshlikdir. Tasviriy ifodalar hosil bo'liishda ushbu usullarning ahamiyati katta. Masalan: oq oltin – paxta (metafora usulida), o'zbek romanchiligi maktabining asoschisi – Abdulla Qodiriy (metonimiya usulida), charm qo'lqop ustaci – bokschi (sinekdoxa usulida), fazogir – kosmonavt (vazifadoshlik usulida) kabilarda muayyan narsapredmetga xos belgining nomi boshqa narsapredmetdagi belgiga nom sifatida ko'chirilgan. Shunga ko'ra, tasviriy ifodalar hosil bo'lgan. Tasviriy ifodalar ko'proq ot va sifat turkumlariga mansub bo'ladi. Tasviriy ifodalar ba'zan ikki predmetga bitta tasviriy ifoda (aql gimnastikasi – matematika, shaxmat) yoki bitta predmetga ikkita tasviriy ifoda qo'llanishi (zangori ekran, oynai jahon – televizor) mumkin.
“Hozirgi o‘zbek tilining sintaktik qurilishini o‘rganish sintaktik qurilishda ishtirok etuvchi sintaktik figuralarni tadqiq qilish tilshunos olimlarning doimiy e’tiborida bo‘lib kelgan”3 . Gap ma’lum bir tilning qonun-qoidalariga ko‘ra shakllangan bo‘ladi. U fikr ifodalaydi. Insonlar muloqot jarayonida gapdan foydalanadi. Gap so‘z, so‘z birikmalari, iboralardan tashkil topadi: Anvar badiiy kitoblarni sevib mutolaa qiladi. Ushbu gap quyidagi so‘z birikmalaridan iborat: sevib mutolaa qiladi, kitoblarni mutolaa qiladi. Yana bir misol: Bayramda Mehribon, Nazokat, Noilalar qizil ko‘ylak kiydilar. Ega va kesimlar ajratiladi (Mehribon, Nazokat, Noilalar, kiydilar) , qolgani mustaqil so‘zlar sanaladi (3ta: bayramda, qizil, ko‘ylak) 3 ta so‘z birikmasi bor: ko‘ylak kiydilar, qizil ko‘ylak, bayramda kiydilar.4 So‘z birikmasi – gapning bir qismini tashkil etuvchi so‘zlar guruhi. Bir ibora to‘liq fikrni yoki boshqa ma’noni ifoda eta olmaydi, lekin gapning qismlari sifatida ishlatilishi mumkin. Ismli iboralar, fe’lli iboralar, sifatdoshli iboralar, ergash gapli iboralar va boshqalar kabi har xil turdagi iboralar mavjud5. Hozircha, ikki xil iborani ishlataylik. Bu otlar va fe’l iboralari. Ismli iborada jumlaning predmeti, masalan, qizaloq, o‘sha erkak va boshqalar mavjud. Fe’lli iborada predikat mavjud. Masalan, muzqaymoq yeydi. Agar siz diqqat bilan qarasangiz, ot yoki fe’l iborasi yakka holda to‘liq ma’no bera olmasligini ko‘rasiz. Buning sababi, o‘quvchiga to‘liq ma’noni tushunish uchun yetarli ma’lumot bera olmaydi. Gapda so‘z birikmalaridan tashqari iboralar ham qo‘llanadi. Lekin ularning farqli jihati iborada so‘zlar ma’noviy butunlik uchun birlashgan, yaxlitlangan bo‘ladi va bir leksik ma’noni anglatadi; so‘z birikmasida so‘zlar o‘zaro erkin bog‘langan bo‘ladi, ma’lum bir tushunchani ifodalaydi. Turg‘un bog‘lama (ibora)ga bir so‘z sifatida qaraladi, lug‘atlarda so‘zlar qatorida beriladi, ikki va undan ortiq soʻzlardan tarkib topgan lug‘aviy birlik hisoblanadi. Chunki ular ham so‘zlar kabi ma’no ifodalaydi. Masalan, Xamirdan qil sug‘urganday iborasi “osonlik bilan”, “qiyinchiliksiz” maʼnosini, koʻngil bermoq iborasi “sevmoq” maʼnosini, qoʻy og‘zidan choʻp olmagan iborasi “yuvosh”, ko‘zini yog‘ bosgan iborasi – “mag‘rurlangan”, yog‘ tushsa yalaguday iborasi – “toza”, to‘nini teskari kiyib olmoq iborasi – “qaysarlik qilmoq” ma’nolarini beradi. Iboraning ma’nosi so‘z kabi oddiy holda emas, obrazli umumlashma va koʻchma tarzda bo‘ladi.
So‘z birikmasidagi so‘zlarni, erkin bog‘langani uchun, boshqa so‘zlar bilan almashtirish mumkin, turg‘un bog‘lama (iboralar)dagi so‘zlarni almashtirib bo‘lmaydi, ular bir ma’no ifodalash qonuniyati asosida turg‘unlashgan, yaxlitlangan bo‘ladi: bo‘yniga qo‘ymoq (iqror qilmoq), ko‘nglidan o‘tkazmoq (o‘ylamoq), o‘pkasi yo‘q (hovliqma) kabi.
So‘z birikmasi va turg‘un bog‘lanma gapda o‘xshash shaklda uchrashi mumkin, lekin so‘z birikmasi tushuncha, turg‘un bog‘lanma leksik ma’no ifodalaydi.
Qiyoslaymiz: Bu yuk hozircha omborning ichiga sig‘maydi. (tushuncha)

Yüklə 110,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin