Reja Kirish Asosiy qism Avtobuslar harakati tezligini o’rganish Avtobuslar harakatini me’yorlash Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar kirish



Yüklə 29,78 Kb.
səhifə3/3
tarix25.04.2023
ölçüsü29,78 Kb.
#102226
1   2   3
isommi fani noziniki

Avtobuslar harakatini me’yorlash
Avtomobillarda yo‘lovchilarni tashishda uning harakat tezligini tavsiflovchi texnik, ekspluatatsion va aloqa tezliklari asosiy texnikekspluatatsion ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Lekin avtomobilning harakat tezligini tavsiflovchi quyidagi tezliklarni ham qayd etish lozim. Hisobiy tezlik – yakka avtomobillarning (xavfsizlik va ustuvorlik sharti bo‘yicha) ob-havoning muqim sharoitida, avtomobil shinasining yo‘l qatnov qismi yuzasi bilan me’yoriy tishlashish holatida, yo‘lning eng noqulay ruxsat etilgan elementlariga ega bo‘laklarida mumkin bo‘lgan eng katta tezlikdagi harakatiga aytiladi. Bu tezlik bo‘yicha yo‘lning rejadagi, bo‘ylama va ko’ndalang kesimdagi barcha geometrik elementlari loyihalanadi. Hisobiy tezlik avtomobil yo‘llarining darajasiga qarab ShNQ 2.05.02-07 ko’rsatmalariga asosan belgilanadi [17]. Oniy tezlik – aniq kichik masofadagi real yo‘l sharoitidagi haqiqiy tezlik. U yakka avtomobillarning yoki transport oqimining u yoki bu belgilangan qisqa masofadagi (odatda masofa 50, 100, 150, 200 metr belgilanadi) tezligini bildiradi. Bu tezlikdan ma’lum yo‘l bo‘laklarida harakatni tashkil qilishda keng ko’lamda foydalaniladi [17]. Avtomobilning konstruktiv tezligi – ma’lum konstruksiyali avtomobilning maksimal tezligi, u asosan avtomobilning turiga bog’liq ravishda o’zgaradi, masalan, o’rta va kichik litrajli yengil avtomobillar 200÷260 km/soat; kichik litrajli yengil avtomobillar 150÷200 km/soat; 40 kichik yuk ko’taruvchi avtomobillar 100÷120 km/soat va h.k.ni tashkil etadi . Yo‘nalishlarda avtobuslar harakatini tashkil etish tizimi Yo‘nalishlarda avtobuslar harakatini tashkil etishning u yoki bu tizimini qo‘llash butun yo‘nalish uzunligi bo‘yicha yo‘lovchilar yig‘iluvchi va tarqaluvchi bekatlarda yo‘lovchilar oqimining o‘zgarishi bilan bog‘liq. Bu tizimlar oddiy, yarim ekspress, ekspress va qisqartirilgan turlarga bo‘linadi. Avtobuslar harakatining oddiy tizimi butun yo‘nalish uzunligi bo‘yicha yo‘lovchilar oqimining keskin o‘zgarishi kuzatilmaganda qo‘llaniladi. Avtobuslar butun yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib, har bir bekatlarda to‘xtab o‘tadi. Avtobuslar harakatining yarim ekspress tizimi yo‘nalish uzunligi bo‘yicha bekatlarda yo‘lovchilar oqimi notekis taqsimlanganda qo‘llaniladi. Bunda avtobuslar yo‘lovchilar ko‘p almashadigan bekatlarda to‘xtab o‘tadi. Avtobuslar harakatining bunday tashkil etilishi ular qatnov vaqtini kamaytirish va aloqa tezligini oshirishga xizmat qiladi. Avtobuslar harakatining ekspress tizimi yo‘lovchilarni bosh bekatdan so‘nggi bekatga tashilishi bilan tavsiflanadi. Bunda avtobuslar butun yo‘nalish uzunligi bo‘ylab oraliq bekatlarda to‘xtamasdan harakatlanadi. Avtobuslar harakatining qisqartirilgan tizimi yo‘nalishning ma’lum uchastkasida yo‘lovchilar oqimi ko‘paygan vaqtda qo‘llaniladi. Bunda ko‘p sonli yo‘lovchilar almashinuvi faqat qisqartirilgan uchastkadagi oraliq bekatlarda sodir bo‘lishi bilan tavsiflanadi

Xulosa

Bugungi kunda jamoat transporti oldida turgan muammolarni hal etishda, shuningdek, mamlakat transport tizimini yanada takomillashtirishda transport sohasida jahon talablariga mos, yangicha fikrlaydigan, chuqur bilim va ko‘nikmaga ega kadrlar tayyorlash zarur. Mazkur darslik jamoat transporti ishini rivojlangan davlatlar darajasida tashkil eta oladigan kadrlar tayyorlashga ma’lum darajada xizmat qiladi


FOYDALANILGAN ADABIYOТLAR RO‘YХAТI

1. O‘zbekiston Respublikasining “Transport to‘g‘risida”gi qonuni, 19.05.2021 y.


2. O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti to‘g‘risidagi” qonuni, 29.08.1998 y.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Shahar yo‘lovchi transporti to’g’risida”gi qonunni, 25.04.1997 y.
Yüklə 29,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin