Reja Iste’molchi ortiqchaligi 2 Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi


Qanday qilib past narx iste’molchi ortiqchaligini oshiradi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə3/11
tarix05.04.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#54763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
4 - mavzu. Iste’molchilar, ishlab chiqaruvchilar va bozorlar samaradorligi.

Qanday qilib past narx iste’molchi ortiqchaligini oshiradi
Xaridorlar o`zlari sotib olayotgan tovar uchun har doim ham past narx to`lashni xohlashganliklari sababli past narxlar xaridorlarning turmush darajasini yaxshilaydi. Le-kin past narx turmush darajasini qanchalik yaxshilaydi? Bu savolga aniq javob topish uchun biz iste’molchi ortiqchaligi tushunchasidan foydalanamiz.
3-chizma oddiy talab egri chizig’ini ko`rsatadi. Oldingi ikki chizmadagidan farqli siz bu yerda talab egri chizig’ini asta sekin tushishini kuzatasiz. Ko`p xaridorlarga ega bozorda xaridorlar orasidagi tushish shunchalik kam maydonni tashkil qiladiki, natijada talab ancha tekis bo`ladi. Bu talab har xil ko`rinishga ega bo`lishiga qaramay biz qilgan xulosa hali ham bir xil.

Istemolchi ortiqchaligi narxdan balanda va talab egri chizig’idan pastda bo`ladi. (a) chizmadagi P1 narxdagi iste’molchi ortiqchaligi ABC burchagida aks etgan. (b) chizma-da ko`rsatilganidek narxni P1 dan P2 ga tushishini kuzatamiz. Iste’molchi ortiqchaligi ADF maydoniga teng. Iste’molchi ortiqchaligidagi o`sish past narxda BCFD maydonga to`g’ri keladi. Iste’molchi ortiqchaligidagi bu o`sish ikki qismdan iborat. Birinchidan, Q1da yuqori P1narxda tovar sotib olayotgan xaridorlar turmush tarzi yaxshiroq, chunki endi ular kamroq narx to`lashadi. Mavjud xaridorlarning iste’molchi ortiqchaligini oshi-shi ular to`layotgan narxni qisqarishidir. Bu BCFD maydonga teng. Ikkinchidan, past narxlarda tovar sotib olishni xohlovchi yangi xaridorlar paydo bo`lishi. Natijada bozor-dagi talab miqdori Q1dan Q2ga o`sadi. Yangi xaridorlar oladigan iste’molchi ortiqchali-gi CEF maydonida yotadi.



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin