Reja Iste’molchi ortiqchaligi 2 Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi


Xulosa: Bozor samaradorligi va bozor kamchiliklari



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə11/11
tarix05.04.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#54763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
4 - mavzu. Iste’molchilar, ishlab chiqaruvchilar va bozorlar samaradorligi.

Xulosa: Bozor samaradorligi va bozor kamchiliklari

Ushbu bob farovon iqtisodiyotning asosiy omili bo`lgan iste'molchi va ishlab


chiqaruvchi ortiqchaligini va ularni erkin bozor samaradorligini baholashda qo`llanilishi bilan tanishtirdi. Biz bu talab va taklif kuchlari resurslarni samarali taqsimlashini ko`rsatib o`tdik. Bu bozorda har bir xaridor va sotuvchi o`zini farovonligi haqida o`y bilan band bo`ladi, ular xaridorlar va sotuvchilarning umumiy foydasini maksimal-lashtiruvchi muvozanat ko`rinmas qo`l bilan birgalikda olib boriladi.

Xulosa qilib shuni aytish lozimki, bozor samaralidir. Biz bozorni qanday ishlashi hususida turli hil choralar ko`ramiz. Bu choralar ish bermagan vaqtda, bizning bozor muvozanati samarali degan xulosamiz ozgina to`g'ri bo`lmaydi. Ushbu bo`bni yakunlashdan avval ikkita muhim tahminni ko`rib chiqsak.

Birinchidan, bizning tahlillarimiz shuni ko`rsatdiki, bozor haqiqatda raqobatbar-dosh. Dunyoda shunday bo`lsa ham raqobat to`kislikdan yiroq. Ba'zi bozorlarda yagona xaridor va sotuvchi bozor narxini nazorat qila oladi. Bu narxga ta'sir qiluvchi qobiliyat bozor kuchi deb ataladi. Bozor kuchi bozorni samarasiz bo`lishiga sabab bo`lishi mumkin, chunki u narx va miqdorni talab va taklif tengligidan farq qildiradi.
Ikkinchidan, bizning tahlillarimiz bozor masalalari faqatgina bozordagi xaridor
va sotuvchi o`rtasidagi munosabat ekanligini isbotladi. Lekin dunyoda sotuvchi va
xaridor orasidagi qaror bozorda ishtirok etmayotgan insonlarga ta'sir qilishi mumkin. Ifloslanish an'anaviy misol bo`la oladi. Qishloq xo`jalik mahsulotlarini ishlatish faqatgina manufaktura egalariga va fermerlarga emas, balki tabiiy resurslardan foydalanayotganlarga ham tegishli. Bunday ta'sirlar tashqi omillar deb ataladi. Chunki bozordagi rivoj xaridor tomonidan qo`yilgan qiymat va sotuvchi tomonidan qilingan xarajatga bog'liq. Chunki, xaridor va sotuvchi qancha miqdorda mahsulotni ishlab chiqarish va uni iste'moli haqida munozara olib borganda, ushbu betaraflikni inobatga olmaydi, bozordagi muvozanat jamiyatni nuqtai nazarida samarasiz bo`lishi mumkin.
Umumiy hodisaga misol bo`luvchi bozordagi ichki va tashqi kuchlar bozor
muvaffaqiyatsizligi deb ataladi, ya’ni resurslarni samarali joylashtirishdagi boshqarib bo`lmaydigan bozorning kamchiliklaridir. Agarda bozor muvaffaqiyatsizlikka uchrasa davlat siyosati ushbu muammoni yechimini topadi va iqtisodiy samaradorlikni oshiradi. Mikroiqtisodchilar qachon bozor muvaffaqiyatsizlikkia uchrashi va uni to`g'irlash uchun qanday siyosatni olib borish kerakligini o`rganadilar.

Bozor muvaffaqiyatsizlik ehtimolidan tashqari, bozordagi ko`zga ko`rinmas


kuchlar ham muhimdir. Ko`pgina bozorda ushbu bobda biz tilga olgan tahminlar yaxshi ish berdi va bozor samaradorligi ustida olib borilgan xulosalar to`g'ri olib borildi. Shunday ekan, biz iqtisodiyotni rivojlantirish ustida olib borgan tahlillarimizni ishlata olamiz. Keyingi ikkita bobda ko`rib chiqilgan ikkita muhim siyosiy masalaga -soliq rivojlantirish sabablari va xalqaro savdoga murojat etamiz.
Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin