Reja: Inflatsiya riski tushunchasi va uning mazmun-mohiyati



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə1/6
tarix20.10.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#65578
  1   2   3   4   5   6
Risk 6


Reja:
  • Inflatsiya riski tushunchasi va uning mazmun-mohiyati.
  • Inflatsiya riskini baholash, inflatsiya darajasi va foiz stavkasining inflyatsiya darajasi bilan o’zaro bog’liqligi.
  • Inflyatsiya darajasini pasaytirish bo’yicha chora-tadbirlar.

6-mavzu: Inflatsiya riski (2-soat)
Inflyatsiya makroiqtisodiy beqarorlikning ko’rinishlaridan biri bo’lib, hozirgi davrda barcha mamlakatlar uchun umumiy bo’lgan holat hisoblanadi.
“Inflyatsiya” - atamasi (lotincha “inflation” – shishmoq, kengaymoq) ilk bora Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi fuqarolar urushi davrida qo’llanilib, muomalada qog’oz pullarning haddan ortiq ko’payib ketishini ifodalagan.
1. Inflatsiya riski tushunchasi va uning mazmun mazmun-mohiyati
Iqtisodiy adabiyotlarda esa bu atama XX asrda, birinchi jahon urushidan keyin keng tarqaldi. Inflyatsiya tushunchasi juda serqirra bo’lib, iqtisodiy adabiyotlarda uning ko’plab izohlari mavjud. Ma’lumki, inflyatsiya darajasiga asosan omonatchilar, xoh u yuridik shaxs bo’lsin, xoh u jismoniy shaxs bo’lsin, o’zlarining vaqtincha bo’sh pul mablag’larini tez sur’atlarda hamda katta daromad keltiradigan sohalarga yo’naltirish orqali ta`sir etadilar. Agarda mamlakatdagi inflyatsiya darajasi yuqori sur’atda bo’lsa omonatchilar o’z mablag’larini turar-joy, xorijiy valyuta, oltin, avtomobillar sotib olishga harakat qiladilar hamda ular tijorat banklarining xizmatidan voz kechadilar.
Inflyatsiya
pul massasining tovar aylanmasi ehtiyojlariga nisbatan ortib ketishi natijasida pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarining o`sishidir
Inflyatsiya riski - bu inflyatsiyaning o’sishi natijasida olinadigan pul shaklidagi daromadlarning qadrsizlanishidir
Bunda tadbirkorlar sezilarli darajada moliyaviy yo’qotishlarga duchor bo’ladilar. Inflyatsiya risklari tashqi risk hisoblanib, unga ta'sir qilish imkoniyatlari juda kichik bo'ladi
Inflyatsion risk moliyaviy risklarni tarkibiy qismi bo’lib, boshqa risklardan ajratilgan tartibda bo’lishiga qaramay investitsiya, kredit, valyuta va boshqa risklar bilan ham uzviy bog’liqdir

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin