Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 48,35 Kb.
səhifə1/5
tarix21.05.2023
ölçüsü48,35 Kb.
#119088
  1   2   3   4   5
Materiallar hisobi


Reja:


I.Kirish
II.Asosiy qism
1.1 Materiallar harakatini hujjatlarda rasmiylashtirish
1.2 Materiallarning kirimini buxgalteriyada hisobga olish

1.3 Materiallar sarflanishini buxgalteriyada hisobga olish
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalarda ishlab chiqarish zahiralaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, ularning oqilona sarflanishiga rioya qilish, mahsulot tannarxida moddiy xarajatlarning salmog‘ini minimallashtirish masalalariga alohida e’tibor beriladi. Eng avvalo, materiallarni to‘g‘ri, tejamli sarflash korxona faoliyatini rivojlantirishda va bu orqali mamlakat iqtisodiyotini gullab-yashnashida, aholining moddiy farovonligini oshirishda muhim omil hisoblanadi.
Ishlab chiqarish zahiralarini hisobga olishning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Ishlab chiqarish zahiralari harakati bilan bog‘liq muomalalarni o‘z vaqtida tegishli hujjatlarda rasmiylashtirish;

  • Ishlab chiqarish zahiralarining to‘g‘ri saqlanishi ustidan nazorat olib borish;

  • Ishlab chiqarish zahiralarining ishlab chiqarishga to‘g‘ri sarflanishi hamda ularni sarflash me’yorlariga rioya qilish ustidan uzluksiz nazorat olib borish;

  • Mahsulot tannarxini hisoblashda sarflangan materiallarni kalkulyatsiya ob’ektlari o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlash.

  • Korxonada ishlab chiqarish zahiralarini hisobga olishni yengillashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida ularni turkumlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Ishlab chiqarish zahiralari ulardan foydalanishning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  • Xom-ashyo - mahsulotning moddiy asosini tashkil etadigan mehnat ashyolaridir. Masalan, paxta, ruda va boshqalar;

  • Materiallar - xom-ashyoga ta’sir etish uchun qo‘llaniladigan va mahsulotga ma’lum iste’mol xususiyatini berishda foydalaniladigan vositalardir. Ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotning asosini tashkil etadi, ya’ni gazlama, charm, metall va hokazolar;


  • Yüklə 48,35 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin