Reja: I. Kirish 1 Ta’lim to’g’risidagi qonun. Mavzuning maqsadi va vazifalari. II. Asosiy qism



Yüklə 280,99 Kb.
səhifə11/14
tarix26.12.2023
ölçüsü280,99 Kb.
#197687
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
4Р + 3KOH + 3Н2О → РН3 + 3KН2РО2
Qaytaruvchilik xususiyatlari
Kuchli oksidlovchi fosforni fosforat kislotaga aylantiradi:
3P + 5HNO3 + 2H2O → 3H3PO4 + 5NO
2P + 5H2SO4 → 2H3PO4 + 5SO2 + 2H2O
Fosforning qaytaruvchi xossasi gugurtning yonish vaqtida hom sodir bo’ladi:
6P + 5KClO3 → 5KCl + 3P2O5
Fosfor tirik hujayralarda orto- va pirofosforik kislotalar shaklida mavjud bo’lib, u nukleotidlar, nuklein kislotalar, fosfoproteidlar, fosfolipidlar, kofermentlar va fermentlarning bir qismidir. Inson suyaklari 3Ca3(PO4)· Ca(OH)2 gidroksilapatitdan iborat. Tish emalining tarkibi ftorrapatitdan hosil bo’lgan. Inson va hayvonlarda fosfor birikmalarining almashinuvlarda asosiy rolni jigar bajaradi. Fosforli birikmalar almashinuvi gormonlar va D vitamini bilan tartibga solinadi.
Fosforga bo’lgan kunlik talab:

  • kattalar uchun 1,0-2,0 g;

  • homilador va emizikli ayollar uchun 3-3,8 g;

  • bolalar va o’spirinlar uchun 1,5-2,5 g

  • Katta jismoniy kuch bilan ishlaganda fosforga bo’lgan ehtiyoj 1,5-2 baravar ko’payadi.

  • Fosforni kaltsiy bilan birga 3: 2 (P: Ca) nisbatida olishda assimilyatsiya yanada samarali bo’ladi.

Fosfor elementining toksikologiyasi
Qizil fosfor deyarli toksik emas. Qizil fosforning changlaari o’pka ichiga kirsa surunkali ta’sir ostida pnevmoniyaga olib keladi. Oq fosfor juda zaharli, u lipidlarda eriydi. Oq fosforning o’ldiradigan dozasi — 50-150 mg. Teriga tushsa og’ir kuyishlar beradi.
O’tkir fosfor zaharlanishi og’iz va oshqozonda achishi, bosh og’rig’i, zaiflik, qusish bilan namoyon bo’ladi. 2-3 kundan keyin sariqlik rivojlanadi. Surunkali shakllarda kaltsiy almashinuvining buzilishi, yurak-qon tomir va asab tizimlarining shikastlanishi bilan tavsiflanadi. O’tkir zaharlanishda birinchi tibbiy-yordam oshqozonni yuvish, vena ichiga glyukoza eritmasini jo’natish. Terining fosfor bilan kuyishida mis sulfat yoki soda eritmalari bilan davolash kerak.8



Yüklə 280,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin