Reja: Geomexanika fani va uning mohiyati



Yüklə 63,5 Kb.
səhifə1/4
tarix20.11.2023
ölçüsü63,5 Kb.
#166377
  1   2   3   4
Geomexanika fanining predmeti va asosiy vazifalari


Geomexanika fanining predmeti va asosiy vazifalari.
Reja:
  1. Geomexanika fani va uning mohiyati.


  2. Geomexanikaning masalalari va asosiy yo‘nalishlari.


  3. Geomexenikada tadqiq qilishning umumiy usullari majmui (metodologiya) va ob’ekti.


  4. Geomexanika fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqalari.


Insoniyat rivojlanish davrining ilk qadamlaridanoq o‘ziga kyerakli maxsulot va matyeriallarni tevarak-atrofdan qidirgan va qazib chiqarib kundalik hayotiga kyerakli bo‘lgan qurol-yarog‘, uy anjomlarini yasagan, shu tariqa insoniyat faoliyatida konchilik sa’noati shakillanib borgan, bu esa kon ishlarini qadimiyligi va ko‘p asirli tarixga ega ekanligidan dalolat byeradi.



Kon qazib chiqarish ishlarining kundan-kunga yer qa’riga chuqurlashib borishi, kon ishlari hajmi ortishiga va yer ostida ish olib borish xavfi ortishiga olib kelmoqda.
Kon sharoitining noqulayligi, yer qa’rida hanuzgacha konchilarga ko‘plab mushkulliklar va kutilmagan xavfli hodisalarga duch kelishiga, shaxta va rudniklarda halokatlar va qurbonlar sodir bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.
Foydali qazilmalarni qazib olishda yuz byeradigan baxtsiz xodisalar, xavfli vaziyatlarni oldini olishning birgina yo‘li, kon ishlarini olib borish va qazish ishlari jarayonlari haqidagi asosiy qoidalar va usullar, ularni amalga oshirishning xavfsizligi va samaradorligini ta’minlash haqida kuchli bilimga ega bo‘lish va uni amalga tadbiq eta olishdir.
Aynan shu maqsadga ko‘ra «Geomexanika» konchilik sanoatida ish olib borish davomida tog‘ jinslari massividagi mexanik jarayonlarni o‘rganadi.

Geomexanika fani va uning mohiyati.
Geomexanika haqida gapirishdan oldin atrofimizdagi olam qonuniyatlari haqida, o‘ta keng qamroqli fikr yuritadigan fizika fanini eslab o‘tish lozim.
Fizika fani-tabiat hodisalarining umumiy konuniyatlari, matyeriyaning harakatlanish shakllari yoki o‘rganilayotgan jarayonlar nuqtai nazaridan mexanik harakatlar, issiqlik jarayonlarielektromagnit xodisalar, gravitatsion xodisalar va boshqalar farqlanadi. SHunga muvofiq fizika fani klassik mexanika va yaxlit muhit mexanikasi, tyermodinamika, elektrodinamika, tortishish qonuni nazariyasi, Kvant mexanikasi va maydonnning Kvant nazariyasi va boshqalarga bo‘linadi.
SHu bilan birga doimiy ravishda fanni tadqiq qilinishi nuqtai nazaridan yangi fanlar ajralib chiqadi.
Ma’lumki, «Geomexanikani» umumiy mexanikaning bir qismi singari, umumiy fizikaning “tog‘ jinslari va jarayonlari ” bo‘limi sifatida qarash kyerak.
SHunday qilib, geomexanika haqidagi alohida fan sifatida qabul qilingan. SHu munosabat bilan yer haqidagi boshqa bir qator fanlar: geografiya geodeziya, geologiya va boshqalar bilan yaqin aloqada bo‘ladi. Ta’kidlash joizki geomexanika asosan geologiya, yanada aniqrog‘i – muhandislik geologiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Geomexanikada boshqa muxim fanlarning keng miqyosdagi usullari va natijalaridan foydalaniladi, shu jumladan birinchi navbatda matematikadan:
aniq matematik taxlillar, amaliy matematika, matematik modellashtirish va boshqalar. Tabiiy tadqiqotlar o‘tkazishda fizika va kimyo fanlari qonuniyatlaridan keng foydalaniladi. Geomexanika (geo... yermexanikasi) (togʻ jinslari mexanikasi) — tabiiy va texnologik omillar taʼsiridan togʻ jinslarining fizik-mexanik xossalari, zoʻriqish holati, deformatsiyalanishi va yemirilishini oʻrganadigan fan. Taʼsir etuvchi omillarning asosiylari termik (Yerning sovishi va isishi) va mexanik (gravitatsiya, Yerning aylanishi natijasida hosil boʻladigan markazdan qochuvchi kuchlar, koinot jinslarining tortilishi) jarayonlar hisoblanadi. G.ning asosiy vazifasi Yer poʻsti ayrim uchastkalarining zoʻriqqan deformatsion holati (kattiq, suyuq va gaz holatidagi fazalari)ning oʻzgarishini tushuntirish va kelajakda boʻladigan oʻzgarishlarni bashorat qilishdan iborat. G. togʻ jinslari mexanik xususiyatlarining paydo boʻlish obyektiv qonuniyatlarini va Yerning maʼlum qismlarining siljishi, mustahkamlanishi va yemirilishi sabablarini oʻrganadi. G. 19- va 20-asrlar boʻsagʻasida geofizikanint bir boʻlimi sifatida geol. va mexanika fanlarining tutashgan sohasida vujudga kelgan. Muhandislik geol.si, yaxlit muhit mexanikasi, gidro va gaz-mexanika, termodinamika bilan ham aloqador. Bu fanlarning metodlari G. tadqiqotlarida keng ishlatiladiGeomexanikada tadqiq qilishning umumiy usullari majmui

Yüklə 63,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin