To’rtinchi bosqich – tuzilgan va baholangan ekonometrik model yordamida asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlar ‘rognoz davriga hisoblanadi.
Ekonometrik modelda fiktiv ко'rsatkichlar
Kichik kvadratlar usulini hisoblash metodikasi
Ekonometrik model tushunchasi, uning tuzish tamoyillari va ekonometrik modellarning asosiy turlari Asosiy ekonometrik usullarga quyidagi usullar kiradi: 1. Matematik statistika usullari. U quyidagi usullarga bo'linadi: a) dispersion tahlil; b) korrelyatsiya tahlili; v) regressiya tahlili; g) omilli tahlil; d) indekslar nazariyasi. 2. Ekonometrik usullar: a) iqtisodiy o'sish nazariyasi; b) ishlab chiqarish funksiyasi nazariyasi; v) talab va taklif tahlili.
Ekonometrik model - bu ehtimoliy-stoxastik modeldir. Bu model yordamida iqtisodiy ko'rsatkichlami o'zgarish qonuniyatlarini matematik ko'rinishida tenglamalar, tengsizliklar va tenglamalar tizimi ko'rinishda ifodalash mumkin. Umumiy ko'rinishida ekonometrik model quyidagicha yoziladi:
Y=f(x1,x2...xп)
Ekonometrik modelda Y - asosiy endogen ko'rsatkich, modelda Y o'zgarish qonuniyatlarini (х1,х2,....хп) yordamida o'rganish mumkin. (х1,х2,....хп) - t a ’sir etuvchi, ekzogen ко'rsatkichlar.
Ekonometrik modelda fiktiv ко'rsatkichlar qatnashishi mumkin. Fiktiv ко'rsatkichlar - bu sifatli ko'rsatkichlami miqdoriy ko'rsatkichlarga o'tkazilgan ко'rsatkichlar. Ekonometrik modellami ko'yidagi turlarini ko'rsatish mumkin: 1. Xususiy statik model. Ayrim korxonalarning xususiy dinamik modeli makonda iqtisodiy ко’rsatkichlar ma’lum nuqtasi vaqtli harakatini makonda mazkur obyektning ishlab chiqarish omillari bilan bog'laydi. Bunday model ko'pchilik hollarda korxona ichki tahlili, normallashtirish va boshqarish uchun qo'llaniladi.
2. Xususiy dinamik model. Xususiy dinamik model iqtisodiy ko'rsatkichlari xususiy fazoviy modeli korxonalar iqtisodiy ko'rsatkichlarining fazodagi turli holatini tushuntiradi. Odatda bu model korxonalar (sexlar) darajasi uchun tuziladi hamda yanada yuqoriroq darajada (vazirlikda) analitik maqsadlar uchun foydalaniladi.
3. Umumiy dinamik model. Obyektlar majmui iqtisodiy ko'rsatkichlar nazariyasining umumiy dinamik modellari ixtiyoriy o'zgaruvchan iqtisodiy ko'rsatkichlarga ishlab chiqarish omillarining ta’sirini baholaydi. Mazkur modellardan o'rganilayotgan obyektlar guruhini tahlil va prognoz qilish hamda qarorlar qabul qilishda foydalaniladi.
Iqtisodiy jarayonlar tarkibmi ekonometrik modellashtirishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
a) tuzilmani baholash va ularning qismlarini o'zaro taqqoslash;
b) bir xil turdagi turli tuzilmalami taqqoslash;
c) amaldagi tarkibni normallashtirilgan tuzilma bilan taqqoslash va chetlanish sabablarini aniqlash;
d) mazkur tuzilmaning eng muvofiq ekanligini baholash;
e) makon va vaqtning konkret sharoiti uchun eng qulay tuzilmani loyihalash.
Eng kichik kvadratlar usulini hisoblash metodikasi. Mezon - haqiqiy nukdorlarning tekislangan miqdorlardan farqining kvadratlari yig’indisi eng kam bo lishi zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Christopher Dougherty. Introduction to Econometrics. Oxford University Press, 2017. – 573 p.
2.Gujarati D.N. Basic Econometrics. McGraw-Hill, 5thedition, 2019. –922 p.
3.Абдуллаев О.М., Ходиев Б.Ю., Ишназаров А.И. Эконометрика. Учебник. –Т.: Fan va texnologiya. 2017. – 612 с.
4.Шодиев Т.Ш. ва бошқалар. Эконометрика. –Т.: ТДИУ, 2017. –270 б.
5.Абдуллаев О.М., Жамалов М.С. Эконометрическое моделирование. Учебник. –Т.: Fan va texnologiya. 2018. – 612 с.