Reja: Davlat statistika hisoboti turlari


Statistik kuzatish xatolari va ularni aniqlash yo‘llari



Yüklə 41,4 Kb.
səhifə2/6
tarix14.04.2023
ölçüsü41,4 Kb.
#98007
1   2   3   4   5   6
Reja Davlat statistika hisoboti turlari

2. Statistik kuzatish xatolari va ularni aniqlash yo‘llari

Kuzatish xatolari-bu ma’lumotlarni to‘plash jarayoniga xos xatolardir


Har qanday kuzatish, qanchalik yaxshi tashkil etilib amalga oshirilmasin, xatolardan xoli bo‘lmaydi. Ma’lumotlarni to‘plash jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolar kuzatish xatolari deb ataladi. Juda katta aniqlikka ega bo‘lgan o‘lchov vositalari yordamida bajariladigan bir predmetli kuzatishlarda ham xatolar bo‘ladi. 2.7-tarhda statistik kuzatish xatolari turlarga ajratib tasvirlangan.


Statistik kuzatish xatolari o’z navbatida ikkiga bo’linadi:


  1. Qayd qilish xatolari


  2. Reprezentativ xatolar


Qayd qilish xatolari o’z navbatida tasodifiy va muntazam xatolarga bo’linadi.



Tasodifiy xatolar deganda nima tushuniladi? Tasodifiy xatolar deganda yozuvdan tushirib qoldirilgan,sanashda xatolikka yo’l qo’yilgan,kuzatuvchining charchashi natijasida yuzaga kelgan xatolar tushuniladi.

Muntazam xatolar deganda nima tushuniladi? Muntazam xatolar deganda bila turib va bilmasdan turib yo’l qo’yilgan xatolar tushuniladi.

Reprezentativ xatolar deganda nima tushuniladi? Reprezentativ xatolar deganda bosh to’plam bilan tanlama to’plam orasidagi tafovut tushuniladi. Bu xato faqat tanlama to’plamga xosdir.
Statistik kuzatishda qo’yilgan xatolarni tekshirish quyidagi ikki xil usul bilan amalga oshiriladi :
1.Arifmetik tekshirish
2. Mantiqiy tekshirish


Arifmetik tekshirish deganda malumotlarni jami bo’yicha arifmetik hisoblash orqali,jadvallarning ustunlari va qatorlaridagi malumotlarni dastlabki hisob va buxgalteriya hisobi malumotlari bilan solishtirib tekshirish tushuniladi.

Mantiqiy tekshirish deganda o’zaro bog’liq bo’lgan u yoki bu malumotlarni haqiqiy malumotlar bilan, reja bilan solishtirib tekshirish tushuniladi
Nazorat savol va topshiriqlar:
1.Statistik kuzatish deganda nima tushiniladi?
2.Statistik kuzatish shakllarini tushintiring
3. Tasodifiy xatolar deganda nima tushuniladi?
4. Muntazam xatolar deganda nima tushuniladi?
5. Statistik kuzatishda qo’yilgan xatolarni tekshirish usullarini bayoni

Yüklə 41,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin