Reja: Bozor iqtisodiyotiing mazmuni va uning asosiy belgilari. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari Bozor tushunchasi, uning vazifalari va turlari. Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari



Yüklə 27,63 Kb.
səhifə4/7
tarix28.11.2023
ölçüsü27,63 Kb.
#168067
1   2   3   4   5   6   7
8.Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari.

Bozor iqtisodiyoti esa bozor va bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishining natijasi sifatida paydo bo’ladi va bozor qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat ko’rsatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi.
Bozor takror ishlab chiqarishning bitta fazasini, ya‘ni ayirboshlash fazasini o’z ichiga oladi.
Bozor iqtisodiyoti esa barcha fazalarni - ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va nihoyat iste‘mol jarayonlarini ham o’z ichiga oladi:
Bozorning asosiy belgilari:
sotuvchi va xaridorning o’zaro kelishuvi, ekvivalentlilik tamoyili asosidagi ayirboshlash;
sotuvchilarning xarajatlarni qoplashi;
foyda olish va pul to’loviga qodir bo’lish;
raqobatchilik muhitini yaratishdir.
Bozor ishlab chiqaruvchilar va iste‘molchilar, sotuvchilar va xaridorlar o’rtasidagi pul orqali ayirboshlash (oldi-sotdi) jarayonida bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir.
Bozor talab bilan taklifni moslashtirsa muvozanat hosil bo’ladi va aksincha bo’ladi.
Misol: tovarlar va xizmatlar miqdori ko’p taklif qilingan bo’lsa, narx pasayadi, sotuvchilar zarar ko’radi, talabga nisbatan kam tovarlar va xizmatlar bozorga chiqarilsa, narxlar oshib ketadi, sotuvchi ko’p daromad topadi, xaridorlar zarar ko’radi.
Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarni, iqtisodiy resurslarni iste‘molchilarga yetkazib berishdan iboratdir. Iste‘molchi bilan sotuvchi bozor ishlab chiqarish orqali bog’laydi. Ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi.
Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, raqobat va narxlar yordamida bajaradi. Talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi.
Bozor bajaradigan vazifalarni chizma orqali tasvirlash mumkin.


Yüklə 27,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin