Reja: asosiy qism 1-§. Ehtimollar nazariyasi tarixi 2



Yüklə 145 Kb.
səhifə1/13
tarix09.06.2023
ölçüsü145 Kb.
#127459
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” fanidan kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


Farg’ona davlat universiteti
Matematika kafedrasi

Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” fanidan


KURS ISHI


Mavzu: Ehtimollar nazariyasi va matematik statistikadan tarixi ma’lumotlar
REJA:
ASOSIY QISM
1-§. Ehtimollar nazariyasi tarixi
2-§. Gauss, Laplas, Poisson tajribalari
3-§. Matematik statistika
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Ehtimollar nazariyasi fanining dastlabki tushunchalari shakllangan davr XVIXVII asrlar bo’lib, Kardano, Gyuygens, Paskal, Ferma va Yakov Bernulli kabi olimlarning nomlari bilan bog’liqdir. Ehtimollar nazariyasining paydo bo’lishiga qimor o’yinlarining matematik modellarini va nazariyasini yaratish yo’lidagi izlanishlar turtki bo’ldi. Ehtimollar nazariyasining keyingi yutuqlari Muavr, Laplas, Puasson kabi olimlarning nomlari bilan bog’liq.
Ehtimollar nazariyasining yangi samarali rivoji Chebishev, Markov, Lyapunov kabi rus olimlarining ilmiy izlanishlari bilan bog’liq bo’ldi. Fanning mustaqil fan bo’lib uyg’unlashishida va keyingi rivojida Bernshteyn, Romanovskiy, Kolmogorov, Xinchin, Gnedenko, Smirnov va boshqalarning xizmatlari katta bo’ldi. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fanining rivojida S. X. Sirojiddinov, T. A. Sarimsoqov kabi zabardast o’zbek olimlarining ham munosib hissalari bor. Hozirgi kunda bu ikki olimning shogirdlari tomonidan O’zbekistonda ham ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fani bo’yicha ham nazariy, ham amaliy tadqiqotlar davom ettirilmoqda.
Ehtimollar nazariyasining dastlabki tushunchalari – tajriba, hodisa, elementar hodisa, ehtimollik, nisbiy chastota kabi tushunchalar bo’lib, ularni bayon qilishga o’tamiz. Tajriba hodisani ro’yobga keltiruvchi tayin shartlar to’plami S ning bajarilishidan iboratdir. Hodisani esa tajriba natijasi sifatida qaraymiz. Masalan, tajriba tangani muayyan sharoitda tashlashdan iborat bo’lsin.
Tanga va uni tashlash S shartlar to’plamini tashkil etsa, tajriba natijalari tanganing “gerb” yoki “raqam” tomonlari bilan tushishi hodisalaridir. Biz kuzatgan hodisalarni uch turga ajratish mumkin: muqarrar, ro’y bermaydigan va tasodifiy hodisalar.

Yüklə 145 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin