Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish


Ratsionning energetik qiymati



Yüklə 283 Kb.
səhifə14/57
tarix10.03.2023
ölçüsü283 Kb.
#87299
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57
Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish (2)

Ratsionning energetik qiymati. Ovqat ratsionining to‘yimliligi ovqatga baho berishda muhim miqdoriy ko‘rsatkich hisoblanadi. Organizm hayot faoliyati uchun sarflangan quvvatga ovqatning kaloriyasi muvofiq kelishi kerak. Oziq-ovqat mahsulotlarining energiya qiymati ulardagi yog‘, uglevod va oqsil miqdoriga qarab aniqlanadi. 2 g oqsilning o‘rtacha kaloriyali qiymati — 4 kkal ga, uglevodniki — 3,7 kkal ga, yog‘niki — 9,0 kkal ga teng. Ratsionning energetik qiymati organizmning hayot faoliyati uchun sarflanadi, ya’ni: miya qobiliyatiga, ichki a’zo va mushaklar harakatiga, yurak-qon tomirlar va nafas olish sistemalariga, ovqat hazm qilish sistemasiga va jismoniy mashqlar uchun. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, energetik qiymatining 50-60% organizmning hayot faoliyatiga; 10-15% ovqat hazm qilishga; 30­40% jismoniy mashqlarga va harakatga; 3-5% dam olishga sarflanar ekan (26- rasm).

  • Organizmning to‘g‘ri rivojlanishi uchun ovqat mahsulotlari tarkibida oqsil, yog‘, uglevodlardan va mineral tuzlardan tashqari, hayotiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan vitaminlar deb ataluvchi past molekulali organik birikmalar bo‘lishi kerak.

  • Organizmda vitaminlarning yetishmasligi oqibatida modda almashi- nuvining buzilishi, ya’ni gipovitaminoz va avitaminoz kasalliklari kelib chiqishi mumkin

  • Oqilona ovqatlanishning asosiy shartlaridan biri muvozanatlangan ovqatlanishdir.

  • Muvozanatlangan ovqatlanish — bunda asosiy oziq-ovqat mahsu- lotlari: oqsil, yog‘, uglevod, vitamin va mineral moddalarning miqdor hamda sifat jihatidan maqbul nisbatda bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Rat- sionda ayrim ovqat moddalarning yetishmasligi yoki ularning noto‘g‘ri nisbatda bo‘lishi (muvozanatlanmagan ovqatlanish) ovqatning to‘yim- liligi hatto yetarli bo‘lganida ham sog‘hqqa salbiy ta’sir qiladi. Chunki har bir oziq moddaning (oqsil, yog‘, uglevod) organizmda o‘ziga yarasha vazifasi bor. Ovqat hazm qilish a’zolarining bir me’yorda ishlashi va oziq moddalarining yaxshi singishi uchun to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga rioya qilish zarur (2- jadval).

  • Ortiqcha ovqat iste’mol qilish yoki kam ovqat yeyish organizmga salbiy ta’sir qiladi. Bular asosan semirib yoki ozib ketishga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga bu yurak-tomir sistemasining ishiga yomon ta’sir qilib, moddalar almashuvining buzilishiga sabab bo‘ladi. Organizmni yog‘ bosishi natijasida ateroskleroz, gipertoniya, miokard infarkti va boshqa yurak-tomir sistemasi kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkin. Statistika bo‘yicha organizmni yog‘ bosishi oqibatida, odamning umri 7-10 yilga qisqarishi mumkin ekan, ular gipertoniya kasaliga 6 marta ko‘proq duchor bo‘lishar ekan.


  • Yüklə 283 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin