Muddatidan avval qayta sotib
olish imkoniyati
Bu xususiyat emitentga o‘z
obligatsiyalarini uni qaytarishning
oxirgi muddati tugashidan oldin
sotib olish huquqini beradi.
Bunday obligatsiya qayta sotib
olish huquqiga ega obligatsiya
deyiladi.
Konvertatsiyalanuvchanlik
Bu xususiyat obligatsiya egasiga uni
mazkur obligatsiyalarni chiqargan
kompaniyaning oldindan belgilangan
aksiyalar miqdoriga ayirboshlash
huquqini beradi. Bunday o‘ziga xos
xususiyatga ega bo‘lgan obligatsiya
konvertatsiyalanuvchan obligatsiya
deb ataladi.
Ta’bir joiz bo‘lsa, obligatsiyani emitent uchun yanada
jozibador qiluvchi har qanday xususiyat uning narxi pasayishiga
olib keladi, mos ravishda, investor nazdida obligatsiyalar
qiymatini oshiruvchi xususiyatlar narx oshishiga olib keladi.
Jumladan:
muddatidan avval qayta sotib olishni amalga oshirish
imkoniyati
bunday
obligatsiyalar
narxi
pasayishiga
(va
qaytarishda uning daromadliligi ortishiga) olib keladi;
konvertatsiyani
amalga
oshirish
imkoniyati
esa
obligatsiyalar
narxi
oshishiga
va
qaytarishda
uning
daromadliligi pasayishiga sabab bo‘ladi.
3. Aktivlar qiymatini maksimallashtirish
Ko‘p hollarda shaxsiy mablag‘lardan foydalanish sohasida moliyaviy
qarorlar individual afzal ko‘rishlar yoki risk darajasi tahlilidan qat’i
nazar,
mulk
qiymati
ortishiga
olib
keluvchi
variantni
tanlashga
asoslangan bo‘lishi mumkin. Oddiy misol sifatida A variantni tanlab
bugun 100 sh.b. olish va B variantni tanlab bugun 95 sh.b. olish
variantlari o‘rtasida tanlov qilish zarur bo‘lgan vaziyatni ko‘rib chiqaylik.
Aytaylik, nimani afzal ko‘rishi va kutishlari qandayligi sizga
noma’lum bo‘lgan odam ushbu variantlardan qay birini tanlanishini
taxmin qilish zarur bo‘lsin. Agar boshqa har qanday jihatdan bu ikki
variant teng sanalsa, A variant afzalroq ekanligi shubhasiz. Va bu tabiiy
hol, chunki pul qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi.
Faqat kam sonli moliyaviy qarorlar shunchaki oddiy va shartsiz qabul
qilinadi. Faraz qilaylik, endi o‘ta riskli aksiyalar va mutlaqo xavfsiz
obligatsiyalar o‘rtasida tanlov qilish kerak. Bizning mijozimiz riskli
qarorlar qabul qilishni yoqtirmaydi, buning ustiga, aksiyalarning kelgusi
kursiga nisbatan pessimistik munosabatda. Misolimizda, aksiyalarning
joriy bozor narxi 100 sh.b., obligatsiyalarning bozor narxi esa 95 sh.b.ni
tashkil etadi.
Mijoz barcha holatlarda risklarni qabul qilmaslikka harakat qilishi va
aksiyalarning kelajakdagi kursi dinamikasiga nisbatan pessimistik
munosabatda ekanligini nazarda tutsak, u obligatsiyalarni tanlashini
taxmin qilish mumkin. Ammo u kafolatlangan xavfsiz obligatsiyalarga
o‘z pullarini investitsiya qilishni afzal ko‘rsada, u baribir aksiyalarni
xarid qilishi ham mumkin. Qachon? Nima uchun?
Bunga shunday javob berish mumkin: mijoz aksiyalarni 100 sh.b.dan
sotishi va 95 sh.b. narxda obligatsiyalar xarid qilishi mumkin. Broker
uchun to‘lov va ushbu qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan bog‘liq
boshqa xarajatlar narxlar farqidagi 5 sh.b.dan oshib ketmaguncha mijoz
aksiyalarni tanlash orqali afzallikka ega bo‘ladi.
Ushbu oddiy misol ikkita muhim holatni aks ettiradi.
1. Risk darajasi va boshqa shaxsiy afzalliklarga bog‘liq nuqtai
nazarlarga
qaramay,
moliyaviy
qarorlar
aktivlar
qiymatini
maksimallashtirishga intilish istagi asosida qabul qilingan taqdirda ham
oqilona hisoblanadi.
2. Moliyaviy aktivlar bozori moliyaviy qarorlarning muqobil
variantlarini baholash uchun zarur axborotlarni taqdim etadi.
Firmalar aktivlarning qiymat bahosini maksimallashtirish
mezonlari asosida moliyaviy qarorlar qabul qilishadi. Ochiq
aksiyadorlik
jamiyatlarining
rahbarlari
moliyalashtirish,
investitsiyalarni rejalashtirish, risklarni boshqarish masalalariga
to‘qnash kelishadi. Ular aksiyadorlar tomonidan yollangani
Dostları ilə paylaş: |