Referat Reja: Maktabgacha ta'limning Davlat xaraktеri, uning xalq ta'limi tizimida tutgan urni


O’zbekistonda zamonaviy bosqichda ijtimoiy pedagogika rivojlanishining ijtimoiy-siyosiy va huquqiy asoslari



Yüklə 248,68 Kb.
səhifə6/11
tarix14.12.2023
ölçüsü248,68 Kb.
#179107
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1. Maktabgacha ta\'limning Davlat xaraktеri, uning xalq ta\'limi t-fayllar.org

O’zbekistonda zamonaviy bosqichda ijtimoiy pedagogika rivojlanishining ijtimoiy-siyosiy va huquqiy asoslari
Ijtimoiy pedagogikani va ijtimoiy-pedagogik faoliyat rivojining metodologik asoslari quyidagilar hisoblanadi:

        1. Bozor munosabatlarini shakllantirish va jamiyatni demokratiyalashtirish sharoitida davlatning kuchli ijtimoiy siyosati. Bu siyosatning asosiy yo’nalishlari I.A.Karimov asarlarida va davlat dasturiy hujjatlarida ko’rsatilgan.

        2. Aholining eng kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish choralari to’g’risidagi hukumat farmoyishlari, qonun, farmonlarni hayotga tatbiq etish.

        3. O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy pedagogik konsepsiyasi.

Ijtimoiy muammolarga nihoyatda katta e’tibor qaratilishining sababi milliy davlatchilikni shakllantirish jarayonidir. Bu davrda ayniqsa ijtimoiy muammolar nihoyatda keskinlashadi, ijtimoiy qarama-qarshiliklarning yuzaga kelishi milliy havfsizlikka tahdid omili bo’lib xizmat qilishi mumkin. SHuning uchun vaqtida choralar qabul qilish nihoyatda muhimdir.

Iqtisodning liberallashuvi turli ijtimoiy qiyinchiliklarni –ilmsizlar sonini ortishi, turli tengsizliklar paydo bo’lishi, hayot tarzining buzilishini keltirib chiqardi.


SHuning uchun O’zbekiston taraqqiyotining o’z yo’li, asoslanadigan yetakchi tamoyillaridan biri kuchli ijtimoiy siyosat olib borish hisoblanadi. Bu siyosatning maqsadi quyidagilardir:

  1. Bozor islohotlarining hamma bosqichlarida aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash;

  2. Aholining turli qatlamlarini paydo qilmaslik orqali ijtimoiy kelishuvni ta’minlash.

Mustaqillik yillarida ko’rsatilgan maqsadlarga aholining ijtimoiy himoyasining yangi mehanizmi shakllangan va u quyidagilarda namoyon bo’ladi:

  • ishlab chiqarishni barqarorlashtirish;

  • davlat mablag’laridan tashqari, mehnat jamoalari, ijtimoiy va mehribonlik fond va tashkilotlarining mablag’larini yo’naltirish;

  • aholi daromadlarining yuqori tabaqalashuviga yo’l qo’ymaslik;

  • kambag’allikka qarshi kurashish, nogiron, yetim va qariyalarni qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish.

Milliy mentalitet va hayot tarzining xususiyatlarini inobatga olib, eng kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga mahalla qo’mitalari orqali yordam ko’rsatish kabi ijtimoiy qo’llab-quvvatlash shakli tarqalmoqda. Bunday yondashuv bizning xalqimizda ko’p asrli ildizlarga ega va amaliy ahamiyati esa mablag’larning hayotda aniq tarqatilishini ta’minlaydi.

Respublikada olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning huquqiy asosi bo’lib quyidagi yo’nalishlarga doir hujjatlar xizmat qilmoqda:



  1. Xayriya-O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 4 martdagi “Sog’lom avlod uchun xalqaro nohukumat xayriya fondining faoliyatini ta’minlash choralari to’g’risida”gi farmoni. Unda fondning asosiy vazifalari belgilangan:

-mablag’larni “Sog’lom avlod” davlat dasturiga qaratish;

-oila va jamiyatda sog’lom hayot tarzini targ’ib qilish;


-xorij va milliy homiylarning xayriya yordami vosita va mablag’larini jalb qilish;
-ko’p farzandli oilalar, nogiron bolalar, bolalar uylari tarbiyalanuvchilariga insonparvarlik yordami ko’rsatish.

  1. Mehr-muruvvatga oid O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 27 yanvardagi “Mehr-muruvvat to’g’risida”gi farmoyishi. Uning maqsadi jamiyatda do’stlik, bag’rikenglik, xalqlararo totuvlik fuqarolar, ayniqsa yoshlarning yaxshi axloqiy hislatlarini rivojlantirishdir.

  2. Sog’lom avlod tarbiyasiga oid O’zbekiston Respublikasining “fuqarolar sog’ligini saqlash to’g’risida”gi qonuni haqida aholining malakali tibbiy yordam va ijtimoiy himoya olishdagi konstitutsiyaviy huquqlarni amalga oshirishi, sog’liqni saqlash tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga moslashtirish maqsadida quyidagi farmon va farmoyishlar qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi prezidentining 1998 yil 10 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to’g’risida”gi farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3 dekabrdagi “O’sib kelayotgan avlodni sog’lomlashtirish muammolarini kompleks hal qilish to’g’risida”gi farmoyishi, 2000 yil 15 fevraldagi “Sog’lom avlod davlat dasturi to’g’risida”gi, 2002 yil 31 oktyabrdagi “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish fondi faoliyatini tashkil qilish to’g’risida”gi, 2002 yil 25 yanvardagi “Ayollar va o’sib kelayotgan avlodning sog’ligini mustahkamlash to’g’risida”gi farmoni.

  3. Ayollarning ijtimoiy himoyasiga oid O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Ayollarga qo’shimcha imtiyozlar to’g’risida”gi 1989 yil 14 apreldagi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1989 yil 17 martdagi “Ayollarning maxsus himoyasini kuchaytirish to’g’risida”gi farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 17 martdagi “Zararli va sharoiti og’ir ishlarda band ayollarning daromadlariga soliq solinayotganidagi imtiyozlar to’g’risida”gi farmoni.

  4. Oilani qo’llab-quvvatlashga oid O’zbekiston Respublikasi prezidentining 1994 yil 16 iyundagi “Ko’p bolali oilalarga ijtimoiy yordam tizimini mukammallashtirish to’g’risida”gi farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1986 yil 10 dekabrdagi “Ko’p bolali oilalarga yordam ko’rsatish to’g’risida”gi farmoyishi. “Voyaga yetmagan bolali oilalarga nafaqa to’lash to’g’risida”gi Nizomida bu nafaqalarni olish huquqiga quyidagilar ega:

-nogiron bolali oilalar; -ota-onasi yo’q bo’lgan va bolalarning tarbiyasi bilan qarindoshlari shug’ullanuvchi oilalar; -ota-onadan biri yoki ikkalasi ham nogiron bo’lgan oilalar; -ota-onadan biri yoki ikkalasi ham ishsiz bo’lsa.

  1. Nogironlarga yordam berishga oid 1991 yil 18 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida nogironlarning ijtimoiy himoyasi to’g’risida”, Vazirlar Mahkamasining “YOshligidan nogiron bo’lganlarga, qariyalarga va mehnat qilishga layoqatsiz shaxslarga nafaqa to’lash to’g’risida”gi 1994 yil 24 iyundagi № 319 farmoyishi. Ularda nazarda tutilgan choralar nogironlar uchun individual rivojlanishlari, ularning ta’limlari va ishlab chiqarishda qatnashishlari, sog’liqni saqlash dasturini amalga oshirishga qaratilgan.

  2. Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini himoyalashga oid O’zbekiston Respublikasining aholining kam ta’minlangan oilalarini himoyasi to’g’risidagi farmon, farmoyishlari. SHuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini ishga joylashtirishda ish o’rinlarining minimal soni o’rnatiladi.

  3. Mahallaning ijtimoiy maqomini mustahkamlashga oid Mahalla qo’mitalariga fuqarolarni o’z-o’zini boshqarish organiga aylanishi munosabati bilan 1999 yil 14 apreldagi “Fuqarolarni o’z-o’zini boshqarish organlari to’g’risida”gi Qonun, shuningdek 1999 yil 13 yanvardagi “Aholining ijtimoiy qo’llab-quvvatlanishini ta’minlashda o’z-o’zini boshqarish organlari rolini oshirish to’g’risida”gi farmon qabul qilindi. Ular shahar, qishloq, mahalla oqsoqollari yig’ilishlarining vakolatlarini belgilab berishadi. Ulardan asosiylari davlatning oilalarni ijtimoiy ta’minlash uchun ajratilgan mablag’larini to’g’ri taqsimlash, ayollar manfaatlarini himoya qilish, oilada ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish, ijtimoiy tartibni ta’minlashda ishtirok etish, huquqbuzarliklarning oldini olish, voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish, aholi markazlarining tozalik va ekologik holatini nazorat qilish.

Zamonaviy sharoitlarda ijtimoiy siyosatni o’tkazish hayotning barcha sohalarini ijtimoiylashtiruv ijtimoiy ishlarning aniq belgilangan yangi shakllarini joriy qilish zarurligini tug’diradi. Bu borada quyidagi ishlar amalga oshirildi:

1) 1996 yil 23 fevralda Vazirlar Mahkamasining “O’zbekistonda tibbiy- ijtimoiy patronaj tizimini tuzish” haqidagi buyrug’i chiqdi. Unda “Sog’lom avlod” fondining taklifi bilan viloyatlar, Toshkent shahri, Qoraqalpog’iston Respublikasida 15 ta tez tibbiy yordam guruhilarini tuzilishiga mablag’ ajratildi. Bu buyruq tibbiy- ijtimoiy yordam ko’chma guruhlarini mutaxassislar bilan ta’minlash vazifasini amalga oshirishga qaratilgan. Unda shuningdek tibbiy- ijtimoiy patronaj ishchilarini tayyorlash tashkiloti zarurligi ham aytilgan. O’zbekiston Respublikasi mehnat vazirligiga bir oy muddat ichida kasb-hunarlarni tasniflash Respublika markaziga yangi kasb-“tibbiy- ijtimoiy ishchi” kasbini kiritish vazifasi yuklatildi. Tibbiy- ijtimoiy patronaj funksiyalari tarkibiga quyidagilar kiradi:



  1. Tibbiy- ijtimoiy patronaj ijtimoiy sohada faoliyat yurituvchi turli tashkilot, muassasalar intilishlarini birlashtiradi.

  2. tibbiy- ijtimoiy patronaj o’z faoliyatida O’zbekistonda yashovchi xalqlarning asriy an’analariga, fan yutuqlariga asoslanadi va O’zbekistonda yuritilayotgan samarali ijtimoiy siyosatni har bir oilaga yetkazishga majburdir.

  3. tibbiy- ijtimoiy patronaj har bir oilaning tibbiy ijtimoiy holati monitoringini o’tkazadi.

Tibbiy- ijtimoiy patronaj maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • Sog’liqni saqlash vazirligi, Aholini ijtimoiy ta’minoti vazirligi va Sog’lom avlod uchun fondi ko’rsatkichlari yordamida mahalliy organlar bilan yaqin aloqada bo’lib yashashning tozalik gigiyenik sharoitlarini, oilaning psixologik iqlimini, uning a’zolarining sog’ligi holatini aniqlash

  • tibbiy, ijtimoiy va psixologik yordamga muhtoj ayollar va bolalarni o’z vaqtida aniqlash;

  • oilada sog’lom turmush tarzining shakllanishi.

  1. ko’rsatilgan maqsadlarga muvofiq tibbiy ijtimoiy patronajga quyidagilar yuklatiladi:

-oilalarga tibbiy, ijtimoiy va huquqiy yordam ko’rsatish;

-ayol va bolalarni sog’lomlashtirishda yordam ko’rsatish, oilani rivojlantirish bo’yicha keng tushuntirish ishlarini olib borish.


2) 1998 yil 1 aprelda Vazirlar Mahkamasining “Ona va bola skiringi dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi farmoyishi chiqdi. Bu dastur homilador ayollarda nogiron bolalarning tug’ilishini oldini olish uchun tug’ma va boshqa patalogiyasini aniqlashga qaratilgan. Bu farmoyishga binoan “Ona va bola skiringi” dasturini qo’llab-quvvatlash mas’uliyati “Sog’lom avlod uchun”, “Mahalla” fondi, O’zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo’mitasiga yuklatildi.
1998-2001 yillar orasidagi davrda “Sog’lom avlod uchun” fondining “Villak” (Finlandiya) va Bristol Monteds Skvibb (AQSH) kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomalariga muvofiq skrining markazlari agrotexnika va boshqa texnik jihozlari bilan ta’minlandilar.
3) 1997 yil 31 dekabrda Vazirlar Mahkamasining “SOS-O’zbekiston bolalar qishloqlari assotsiatsiyasini ta’sis etish to’g’risida”gi farmoyishi chop etildi. Bu assosatsiatsiya bolalar qishloqlarini tashkil qilish jamiyati- SOS-Kinderford xalqaro jamiyati (Avstriya) tomonidan ta’sis etildi.
Assosatsiatsiya faoliyatining asosiy maqsad va yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

  • -jamoatchilik va davlat tuzilmalarining yetim bolalarning jismoniy, aqliy va axloqiy jihatdan rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishdagi harakatlarini tartibga solish;

  • -etim bolalarga yordam berishga qaratilgan loyiha va dasturlarni amalga oshirishda moliyaviy yordam berish;

  • -falokatga uchragan barcha bolalarga yordam ko’rsatish;

  • -O’zbekiston Respublikasida SOS-O’zbekiston bolalar qishloqlarini tashkil qilish va ularni jihozlar bilan ta’minlash;

  • -SOS-Kinderford interneyshnl bilan hamkorlik qilish;

  • -Assotsiatsiya faoliyatiga davlat, jamoat va xususiy xususiyatlarni jalb qiladimi;

  • -etim bolalar uchun insonparvarlik dasturlarini tarqatish va qo’llab-quvvatlash uchun OAVlari bilan hamkorlik qilish, ko’rgazma, seminarlar o’tkazish, axborot materiallarini chop etish.

Yuqorida keltirilgan hujjatlardan ko’rinib turibdiki, ijtimoiy muammolarga alohida e’tibor 1996 yildan qaratilgan. Bir yil avval 1995 yil O’zbekistonda shaxsni shakllantirishning ijtimoiy pedagogik konsepsiyasi ishlab chiqildi. Uning tuzilishi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ta’lim tizimini to’g’ri isloh qilish bilan izohlanadi.

Konsepsiyaning asosiy qoidalari:



  1. madaniy-axloqiy tarbiyaning ta’limdan ustuvorligi;

  2. insonda ijtimoiy faollik, o’z-o’zini boshqarish ko’nikmalari, muomala va axloq madaniyati, yuqori intizomga ega demokratik jamiyat fuqarosini tarbiyalash;

  3. ijtimoiy faol shaxsni jamiyat ishlab chiqarishning asosiy sharti sifatida shakllantirish har bir fuqaro hayotining ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy sohalarida ishtirok etishi;

  4. shaxsni ijtimoiylashtirish vositalari sifatida demokratiyalashtirish, insonparvarlik tamoyillarini amalga oshirish;

Ta’limni demokratiyalashtirish-faollik va tashabbusni, hamkorlik, birlik vositalarini rivojlantirishni nazarda tutsa insoniylashtirish-yosh avlodni milliy, ijtimoiy-madaniy qadriyatlar orqali umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarga, inson huquqlarini ta’minlashga ko’nikishlari demakdir.

Bu konsepsiya boy tarixiy, madaniy, ma’naviy, pedagogik, ijtimoiy an’analar bilan birgalikda ijtimoiy-pedagogika fanining amaliy faoliyat sohasi sifatidagi rivojida poydevor bo’lishi mumkin.



Mustaqillik yillarida ta`lim va tarbiya tizimi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo`nali­shi darajasiga ko`tarilgani natijasida mamlakatimizda noyob, uzluksiz ta`lim tizimi barpo etilmoqda. Biz shunday sharoitda zamonaviy, teran fikrlaydigan intellectual va madaniy-estetik qadriyatlarga o`zining mukammal bilimi va tajribasi nuqtai nazaridan yondasha oladigan barkamol avlodni tarbiyalashni bosh maqsadimiz deb bilar ekanmiz, buning mas`uliyatini astoydil his qilish bizning oldimizda turgan ham murakkab, o`z o`rnida sharafli vazifa ekanligini unitmasligimiz talab etiladi.
Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma`naviy mezon va qarashlar-yaxshilik, ezgulik, oliyjanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir. Shunday ekan, biz oiladan boshlab bolalarga Vatan oldidagi burchi, ota-ona oldidagi vazifasi, odamiylik fazilatlarini o`rgatishni e`tiborga olsak, aynan shu davrda bola qalbida va ongida oiladagi va maktagacha ta`lim muassasasidagi muhit ta`sirida ma`naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo`la boshlaydi.
Ta`limning poydevori qo`yiladigan dastlabki bo`g`ini hisoblanmish, maktabgacha ta`limda bola bolani sog`lom, har tomonlama kamol topib shakllanishi ta`minlanadi, bolada o`qishga intilish hissi uyg`onadi, uni muntazam ta`lim olishga tayyorgarlik jarayoni amalga oshiriladi.
MTT tarbiyalanuvchilarining ongida g`oyaviy bo`shliq paydo bo`lishiga yo`l qo`ymaslik, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo`shadigan barkamol avlodni voyaga yetkazish yo`lidagi dolzarb vazifalarni amalga oshirish, maktabagacha ta`lim muassasalarida tashkil etilayot­gan ta`lim-tarbiya jarayonlarining barcha jabhalarini qamrab olishi zarur bo`lib, mazkur jarayonda o`rganilayotgan tushunchalarga nisbatan tarbiyalanuvchining qiziqishini shakllantirish va rivojlantirishda ularning faolligini oshirishni ta`minlash aynan biz pedagoglarning zimmamizdagi muhim vazifa hisoblanadi.
Zero, Prezidentimiz ta`kidlaganlaridek, Ta`lim O`zbekis­ton xalqi uchun yaratuvchanlik faoliyatini baxsh etadi. O`sib kelayotgan yosh avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo`ladi, uning qobiliyati uzluksiz rivojlanadi, kattalar tajribasidan oziqlanib voyaga yetadi. Pedagogning bilimi, mahorati qizg`in mehnati barkamol avlodni tarbiyalashga, ularda faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik kabi hislatlarini va ma`naviy ongini shakllantirishga qaratilgan. Aynan bugun tarbiyachi-pedagoglaning mustaqil izlanishi va o`z ustida tinimsiz ishlashi kechiktirib bo`lmaydigan talablardan biri ekanligi biz uchun a`yon.
Har bir yosh davrining psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda bolalarga tarbiyaviy ta`sir o`tkazish natijasida o`z vaqtida o`zini anglash hissi vujudga keladi. Bolada o`zini anglash tuyg`usi qancha erta uyg`onsa, uning barcha aqliy, ruhiy, ijtimoiy imkoniyatlarini baholash va his etish tez namoyon bo`ladi. Har qaysi davr­da bola rivojlanishining o`ziga xos qulay holatidan unumli foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bolalarning asosiy faoliyati o`yin hisoblanishini inobatga olgan holda biz ta`lim-tarbiya jarayonini albatta o`yin tarzida tashkil etmog`imiz zarur. O`yinning har qaysi turi bolalar dunyoqarashini tubdan o`zgartiradi va ularni fikrlashga chorlaydi. Ularni mashg`ulotda olgan bilimlarini real holatda o`z shaxsiy tajribasiga tayanib amaliyotda qo`llashlari uchun imkoniyat yaratadi, ularda bilish jarayonlari faoliyati tezlashuvini tartibga solish uchun xizmat qiladi. MTTlarga borib bolalar faoliyatini kuzatish jarayonimizda tajribalarimiz shuni ko`rsatdiki, biz o`yinlarni olib borishda quyidagi talablarga rioya qilishimiz zarurligini ham unitmasligimiz zarur:
1. Tanlangan o`yinlar tarbiyalanuvchilar yosh va individual xususiyatlariga mos kelishi.
2. Har bir o`yin pedagogig-psixologik jihatdan asoslangan bo`lishi.
3. Bir xil o`yinlarni ko`p marotaba takrorlamaslik.
4. O`yinning ta`limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi jihatlariga e`tibor qaratish.
5. O`yin jarayonida faol ishtirok etgan bolalarni rag`batlantirish.
Xulosa sifatida shuni aytishimiz joizki, 2016-yil 29-dekabrda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021-yillarda Maktabgacha ta`lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida» gi qarori hamda, maktabga­cha ta`lim muassasasi faoliyatini tartibga solish uchun bevosita xizmat qiluvchi «Ilk qadam» Dasturi qabul qilindi. Mazkur hujjatlar uzluksiz ta`lim tizimining ilk bo`g`inini yanada takomillashtirish va yangi bosqich­ga ko`tarishga, bolalarimizni sog`lom va barkamol bo`lib voyaga yetishlari uchun xizmat qiladi. Yuqorida aytib o`tilgan fikrlarimizdan ham ko`rininb turibdiki, bu faoliyat bizni o`z vazifa va maqsadlarimizga erishish uchun jiddiy yondashishga undaydi. Zero, O`zbekiston kelajagi biz tarbiyalayotgan yosh avlodning yuksak kamoloti, aql-u zakovatiga bog`liq.
Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining yuksalishi ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi.

Shu bois, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan bo‘lib, pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta’lim tizimni yaratish ko‘zda tutildi.


Sohadagi islohotlar natijasida maktabgacha ta’lim tizimida boshqaruv mexanizmi tubdan takomillashtirildi, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimi isloh qilindi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimi qayta ko‘rib chiqildi, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish choralari kuchaytirildi, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi joriy etildi.
Maktabgacha ta’lim. Uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblangan ushbu soha har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, tahlillar shuni ko‘rsatdiki, oxirgi yillarda turli omillar ta’sirida maktabgacha ta’lim tizimida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash borasida rivojlanish o‘rniga, orqaga ketish holatlari, yil davomida maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish ko‘rsatkichlari o‘sishi tendensiyasi kuzatilmadi. Aksincha, so‘nggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni 45 foizdan ziyodroq kamayib, bugungi kunda respublika bo‘yicha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil etdi. Bunga mavjud maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablarga javob bermasligi, tizimda variativ dasturlar, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha muqobil shakllarning ishlab chiqilmaganligi, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi yetarli darajada o‘rganilmaganligi, faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oliy ma’lumotli emasligi, ta’lim sifati monitoringi yuritilmaganligi kabi omillar sabab bo‘ldi.
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: “Maqsadimiz kelgusi 3-4 yilda mamlakatimizdagi bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga to‘liq qamrab olishdan iborat va biz bunga albatta erishamiz”, - deb ta’kidlagan edi.
Darhaqiqat, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmon va qarorlari, shuningdek,
“Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Dasturi hamda respublikada maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» asosida misli ko‘rilmagan ishlar amalga oshirildi.
Barcha sohalar qatori tizimda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, farmon va qarorlarda belgilangan vazifalarning ijrosi boshqa sohalar qatori Davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida bo‘layotganligini guvohi bo‘lmoqdamiz. Qabul qilinayotgan farmon va qarorlarning hayotga tatbiq etilishi natijasida yil yakuni bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarning qamrovi 10 foizga oshishi, 2018 yilda esa maktabgacha ta’lim muassasalarini saqlash harajatlari joriy yilga nisbatan 32 foizga o‘sishi kutilmoqda.
Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinib, istiqboldagi vazifalar belgilab berildi.
Jumladan, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, maktabgacha ta’lim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat dolzarb vazifalar qo‘yildi.
Ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati uchun yetarli sharoit yaratilmaganligi bois, binolar qarovsiz holga kelib, bo‘shab yotganligi, ulardan samarali foydalanilmayotganligi tanqid qilinib, 2018 yilning birinchi yarmida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yettita yo‘nalishdagi strategik vazifalar belgilab berildi.
Ular doirasida 2018 yil davlat budjetidan 427 bog‘chada qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarish uchun 771 milliard so‘m mablag‘ ajratish, jumladan, 14 tasini yangidan qurish, 256 tasini rekonstruksiya qilish va 157 tasini kapital ta’mirlash rejalashtirilayotganligi, davlat-xususiy sherikchilik asosida yangi turdagi maktabgacha ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, 2018 yil 1 yanvardan boshlab, 5 yil davomida xususiy bog‘chalar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun sarflanadigan mablag‘ning yarmi davlat budjeti hisobidan qoplanishi, bog‘chalarda bolalarni sog‘lom ovqatlantirish va ularga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatini ta’minlash maqsadida 2018 yildan boshlab har bir maktabgacha ta’lim muassasasiga 10-15 nafar fermerni sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib berish uchun biriktirilishi, bolalar bog‘chalariga tayyor sifatli issiq ovqat yetkazib beradigan davlat korxonasi tashkil etilib, “Ketring” xizmatini yo‘lga qo‘yish mexanizmining ishlab chiqilishi, maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti faoliyatining takomillashtirilishi, maktabgacha ta’lim uchun kadrlar tayyorlaydigan institutlarning qabul kvotalarini real ehtiyojdan kelib chiqib belgilash hamda maktabgacha ta’lim pedagoglariga qo‘yiladigan talablarning qayta ko‘rib chiqilishi tom ma’noda sohani dunyo standartlari darajasiga olib chiqilishiga xizmat qilishi shubhasiz.
Istiqbolda belgilanayotgan bunday ulkan vazifalarning amalga oshirilishi sohaning me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirishni talab etadi. Shu bois, ilg‘or xorijiy tajriba asosida “Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqishdan iborat o‘ta dolzarb vazifa yuklatildi.
E’tirof etish kerakki, mazkur qonun loyihasining ishlab chiqilishi o‘z navbatida ta’lim sohasiga oid milliy qonunchiligimizning yanada takomillashuviga, sohaga oid barcha munosabatlarning huquqiy asoslari mustahkamlashga xizmat qiladi.
Rеspublika xalq xujaligi rеjasi asosida maktabgacha tarbiya muassasalarini loyixalashtirish, rеjalash bеlgilanadi. Maktabgacha tarbiya muassasasi mustaqil ravishda iktisodiy va sotsial rivojlanish rеjasini ishlab chikadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi yunalishi buyincha faoliyat natijalariga e'tiyojini aks ettiruvchi va bolalarning urtacha yillik sonini aniklash uchun asos bulib xizmat kilidigan nazorat rakamlari kursatkichlari, byudjеt va tarmok moliya normativlari orkali muassasani tutib turish va rivojlantirish ajratilgan byudjеt va tarmok maglablari maktabgacha tarbiya muassasalari byudjеt xisobiga (Boshka manbalar) yoki shu bilan ta'minlashning tarmok manbalari xisobiga tushirilishining davlar buyurtmasi.
pul bilan ta'minlashning byudjеtga tarmok normativi;
ish xaki jamgarmasi normativi daromadlarini taksimlashning birichi usulidir;
ishlab chikarish va sotsial rivojlanish jamgarmasi normativi;
valyuta ajratmalari jamgarmasi normativi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi rеja, moliya, mеxnat, intizomiga va pеdagogik mеxnat intizomiga kat'iy roiya kilishga majburdir.
Rеjalashtirish. Rеspublika Xalk ta'limi Vazirligi Uzbеkiston Rеspublikasi Iktisod instituti, Moliya, vazirligi, Soglikni saklash Vazirligi, Davlat standartlari tomonidan ishlab chikiladi
Ilmiylik printsipida Xalk xujaligi rеjasiga asoslanib Xalk ta'limini ilmiy nuktai nazardan davlat rеjasiga asoslanib, Xalk ta'limini ilmiy nuktai nazarda Davlatimiz tomonidan kursatib bеrilgan Konun, karor, dirеkutiv-yul yuviklari asosida rеjalashtirishdir.
Joylarning tashabbuslari bilan – idora, jamoa tashkilotlari.
Maktabgacha muassasa еrdan suvdan foydalanish, tabiatni muxofaza kilish, kurilish, axoliga ijtimoiy soxasini rivojlantirish, mеxnat rеsurslaridan foydalanish, xodimlar soni, va maktabgacha ta'lim muassasasi xukuki doirasidan tashkiriga chikadigan boshka soxalari buyicha uz rеjasini xalk dеputatlari sovеti bilan muvofiklashtiradi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi byudjеt yoki tarmok moliya printsipi asosida faoliyat kursatadi.
Maktabgacha tarbiya muassasalari pul bilan ta'minlashning xisob birligi sifatidan urtacha yillik xisobda bir bola olinadi. Byudjеt yoki tarmok moliya normativlari vazirlik va ijoralar tomonidan uz tasarrufidagi muassasalar uchun xalk ta'limi vazirligi, moliya vazirligi, Iktisod nistituti ishlab chikkan mеtodik tavsiyalarga muvofik ishlab chikiladi.
M.T. muassasasi kushimcha pul mablaglari kuyidagilardan shakllanadi.
Bajarilgan ish kursatilgan xizmat uchun moddiy xaraktеrdagi tizimlar.
Davlat shirkat va jamoat xkrxonalari va axoli buyurtmasi buyicha tuzilgan shartnomalar.
Bush turgan yordamchi xonalar, inshootlar, uskunalarni ijaraga bеrishda tushgan mablaglar.
Ixtiyoriy badallardan va davlat va shirkat, jamoa korxonalari va tashkilotlaridan shuningdеk, ayrim fukarolardan shungan moddiy kiymatlar.
Boshka tizimlar.
Kuyidagi jamgarmalar shakllanadi:
a) ish xaqi jamg’armasi va sotsial rivojlanish;
b) ishlab chiqarish;
v) valyuta jamg’armasi.
M.T. Muassasasi uz faoliyatida Uzbеkiston Rеspublikasida Xalq ta'limni vazirligi Korakalpogiston xalq ta'limi vazirligi tomonidan o’tkazilayotgan yagona siyosiy printsiplarga amal qiladi. Bu byudjеt, banklar, ta'minotchilar va boshka kontraktlar, shuningdеk, tasarrufida turgan xalk ta'limi bulimlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar oldidagi uz majburiyatlarini vaktida bajarilishi uchun ma'suldir.
Rеjalashtirish. Istikbol va koriy turlardan iborat.
Istikbol rеjada 10 yoki 5 yillarga muljallanadi. Bu xalk ta'limi moliyaviy ekonomiya bulimlarda va uzok muddatga muljallangan rеjalarda aks etadi.
Joriy rеjalashtirish. Bu xar yili amalga oshiriladigan moliyaviy xujalik ishlaridir. Maktabgacha ta'lim muassasalari va yukori bulimlarning munosabati, rеja, boshkarish, Davlat korxonasi birlashmasi tugrisidagi Xalq ta'limida xujalik mеxanizmining asosiy koidalari doirasidagi konunning ayrim koidalariga rioya kilish asosida ish yuritadi. Yukori bulim muassassi konunchiligida bеlgilangan xukuklari joirasidagina kursatma bеrilishi mumkin. Yukori bulimning muassasa faoliyatini konunchilikki rioya kilinishi, sotsiologik mulkining bajarilishini nazorat kiladi. Muassasasining ishlab chikarish va moliyaviy xujalik faoliyatini nazorat kilib va bajariladigan xukukka ega bulgan boshka tashkilotlar tomonidan manfaatdor tashkilotlarni jalb kilgan xamda 1 yilda 1 marotaba komplеks ravishda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasalarining xarakat smеtalari muassasani saklashga muljallangan mablagining xajmi kaysi maksadga sarflanishi va kvartallar buyicha taksimlanishi bеlgilab bеradigan asosiy xujjat xisoblanadi. Ana shu smеtaga asoslanib byudjеtga bolalar muassasasining moliyaviy extiyoji uchun pul ajratish kuzda tutiladi va mablag ajratiladi.
Maktabgacha ta'lim muassasalari vazirliklar idoralar, xalk dеputatlari sovеtlari kursatmasiga binoan ularga buysungan korxonalar muassasalar, xalk dеputatlari tomonidan xalk xujaligi rеjasida bеlgilab bеrilgan bolalar kontingеnti doirasida tuziladi.
Smеtada – m.t. muassasasining barcha xarakatlari va bu xarajatlari kopkoplanadigan manbalar, byudjеt ajratmalari va ota-onalar mablaglari kursatiladi.
Yozgi soglomlashtirish tadbirlarini utkazish uchun aloxida smеta tuziladi. Smеtaning 6 bulimi va xar bir moddasi xakida tushuncha bеrish. Ishlab chikarish kursatkichlarini aniklashda muassasadagi guruxlar bolalar soni muassasada bolaning bulish vakti nеcha soat ishlashiga karab ishni turiga xam aloxida e'tibor bеriladi. Smеta buyicha xarajatlarini rеjalashtirish buyicha I-modda Ish xaki, 2-modda Ish xakida nisbatan ajratmalar 3-modda Idora va xujalik xarajatlari. 4-modda Komandirovka va xizmat xarajatlari. 5-modda Ukuv urganuv, kutubxona va uyinchoklar sotib bo olish. 9-modda Ovkatlantirish xarajatlari, 12-modda Asbob uskuna va invеrtarlar sotib olib. 16-modda Bino va inshootlarning kapital rеmonti. 18-modda boshqa xarajatlari.
9-modda buyicha taomnoma tuzish.
Bu moddada bolalarni ovkatlantirishga muljallangan mablag kiritiladi. Bu mablaglarning mikdori I ta bolaga kunlik ovkatlanish uchun bеlgilangan pul normasi va yil davomida ovkatlantiriladigan tushumlar soniga karab bеlgilanadi. Bunda Bolalar bogchalarining turi ishlash soati albatta xisobga olinadi. Ovkatlantirish mеyoriy soglikni saklash, moliya va xalk xujaligi vazirligi tomonidan bеlgilab bеriladi. Ovkatlanishga ajratiladigan mablag mikdorini aniklash uchun bir bolaga kuniga sarflanadigan ovkat kiymati turli uzunlikdagi maktabgacha ta'lim va yasli guruxlari buyicha jami bola kuniga kupaytirish kеrak. Maktabgacha tarbiya u muassasasining smеtasiga bogcha xodimlarining ovkatlanishi uchun mablag ajratish kuzda tuiiladi. Bu xalk ta'limi bulimlari, moliya bulimlari tomonidan aloxida ruyxat buyicha amalga oshiriladi. Bunda xodimlar xak tulash xisobiga bolalar muassasalarida ovkatlanishlari mumkin. Smеta amal kiladigan yil va muassasa kaysi byudjеt, mablag bilan ta'minlanishi yozib kuyiladi.
Smеtada maktabgacha tarbiya muassasasining barcha xarajatlari va bu xarajatlar koplanadigan manbalar: byudjеt ajratmalari va ota-onalar mablaglari kursatiladi.
Yozgi soglomlashtirish tadbirlarini utkazish sarflari maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarining xarajat smеtasiga kiritilmaydi. Bundan tadbirlar utkaziladigan xollarda ularni amalga oshirish bilan boglik kushimcha xarajatlar uchun aloxida smеta tuziladi. Shuningdеk, bolalar bogchalarida ota-onalar mablagi xisobiga buyicha xam aloxida smеta tuziladi.
Smеta byudjеtida klassifikatsiyalangan xarajat moddalari ular Moliya vazirligini tomonidan tasdiklangan – buyicha tuziladi. Smеtada muassasa kеlasi yilga xisoblab chikkan jami xamda aloxida moddalar buyicha xarajatlar summasi joriy yilga tasdiklangan xarajatlar summasi bilan va smеta kachon tuzilayotganiga karab utgan davrdagi xakikiy xarajatlar mikdori bilan kiritilgan uzgartishlar xisobga olingan xolda takkoslab kеltiriladi.
Kursatilgan ma'lumotlarni takkoslashda smеtani ijro etish jarayonida yuz bеrgan chеtlanishlarni aniklash, bu chеtlanishlarning sababini topish, shu asosda kеlasi yilgi xarakatlar mikdorini tugri bеlgilash kеrak.
Maktabgacha bolalar muassasalari smеta tuzish vaktida yana kеlasi yilgi muassasaning ish kursatkichlari (gruppa va bolalar sonining ortishi, bolalarning muassasada bulish vakti va xokozolar) buyicha uzi buysungan yukori tashkilotning kursatmalariga amal kiladi. Smеtada kiritilgan xarajatlar smеta blankasiga kеltirilgan xisob-kitoblar bilan asoslangan bulishi shart.
Smеtaga xisob-kitoblar bilan birga maktabgacha tarbiya muassasasi egallash turgan bino xakida umumiy ma'lumotlar (uning kubaturasi, maydoni, istish sistеmasi, vodoprovod, kanalizatsiya mavjudligi) va muassasaning va kulamiga oid kursatkichlar (gruppa bolalar soni va xokozolar) xam kеltiriladi. Smеtaga maktabgacha tarbiya muassasasining pеdagog, mеditsina va boshka xodimlari tarifikatsiya ruyxati albatta ilova kilinishi shart. Mazkur ruyxat ikki nusxada tuziladi.
Smеta loyixasi tеgishli ilovalar bilan maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari tomonidan bеlgilangan muddatga yukori tashkilotlarga ikii nusxatda, zarur bulgan xollarda esa uch nusxada tuziladi.
Yukori tashkilot maktabgacha tarbiya muassasasining smеtasini kabul kilib olgach, eng avvalo smеtaning tugri tuzilganligini aniklaydi. Smеtada barcha grafalar tulgazilgan, aloxida moddalar buyicha xarakat summalari tеgishli xisob-kitoblar bilan boglangan, binoning kuaturasi va maydoni tugri kursatilgan, shuningdеk, unga xodimlarning tarifikatsiya ruyxati ilova kilingan bulishi kеrak.
Barcha xisob-kitoblar karab chikilgandan, xar bir modda buyicha xarajatlar aniklangandan va byudjеt xisobidan koplanadigan xarajatlar byudjеtda anik maksadlar uchun ajratilgan summaga tеng xolga kеltirilgandan kеyin maktabgacha tarbiya muassasasining smеta blankasiga jami xarajatlar (aloxida modda buyicha va xammasi), shuningdеk, byudjеt xamda ota-onalar mablagi xisobiga koplanadigan xarajatlar jami kvartallar buyicha tasdiklangan taksimotga binoan taksimlab yozib kuyiladi. Smеta yukori tashkilot tomonidan kabul kilingandan kеyin maktabgacha tarbiya muassasasi xarajatlari va ota-onalardan tushadigan mablagni kvartallar buyicha taksimlab, xisob-kitob kilib kuyadi.
Xarajatlarni taksimlashda ba'zi xarajatlarning mavzumiy xaraktеrda bulishi (yokilgi tayyorlash, sabzavot jamgarish, rеmont ishlari va x.k.) xisobga olinishi shart. Boridi-yu, bolalar sonini kupaytirish kuzda tutilgan bulsa, bu bilan boglik sarflar (ish xalk, bolalarni ovkatlantirish va x.k.) tеgishli kvartallar xarajatlar mikdorida uz ifodasini topishi kеrak. Smеtaning bir nusxasi muassasaga, ikkinchi nusxasi yukori tashkilotda koladi, uchunchi nusxasi esa markazlashgan buxgaltеriyaga, kishlok Sovеtiga, moliya bulimi va boshkalarga xazola kilinadi.
Smеtaning tasdiklanishi smеta blankasi yuz tomonidagi maxsus yozuvi bilan rismiylashtiriladi. Mazkur yozuvda xarakatlarning jami summasi xodimlarning ish xaki fondi, smеta tasdiklangan kun kursatiladi. Sungra smеtani tasdiklangan yukori tashkilot boshligi imzo chеkadi. Va uning imzosi idora muxri bilan mustakkamlanadi. Smеtani tasdiklagan tashkilot unga uzgartirish kirita oladi. Bu uzgarishlar yukori tashkilotning muassasaga yubolgan maxsus yozishmasiga asosan rasmiylashtiriladi.
Ishlab-chiqarish ko’rsatgichlarini aniqlash.
Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarining xarajatlar xajmi asosan undagi gruppalar va bolalar soniga, xar bir bolaning bolalar muassasasida qancha vaqt bo’lishiga bog’likdir. Bunda bolalar soni va ularning xar biri bolalar muassasasida kancha vakt bulishiga oid kursatgichlar turli muddatdagi (9-10 soat, 12-14 soat va 24 soat) maktabgacha tarbiya va yasli gruppalari buyicha aloxida tulgaziladi. Muassasada sanatoriya gruppalar mavjud bulsa, ulardagi bolalar soni xam aloxidagi kursatiladi. Bu bulimda gruppalar va bolalarning yilboshidagi, yil oxiridagi xamda urtacha yillik soni kursatiladi. Planlashtrilayotgan yil borishida maktabgacha tarbiya muassasalarida smеta tuzilayotgan vaktda xakikatda mavjud gruppalar mikdori va bolalarning ruyxatda soni bеriladi. Bu yukori tashkilot yullanmasi bilan muassasaga kabul kilingan bolalarning xammasi tushuniladi. Agar poriy yil smеtasida bolalar muassasasini kеngaytirish kuzda tutilgan bulsa, u xolda "Yil boshida" grafasida gruppalar mikdori va bolalar sonida joriy yoil oxirigacha yuz bеrini extimol bulgan uzgarishlar bеriladi. Uzgarmasa "Yil oxirida" grafasiga xam yil boshidagi ma'lumotning uzi yoziladi. Planlashtirilayotgan yil uchun bir bolaning maktabgacha tarbiya bolalar muassasasida bulgan kunlar soni, odatda, davomat tabеlidagi ma'lumotlarga suyanib, shuningdеk, o’tgan yillar plani ijrosini analiz kilish asosida bolalarning turlicha mudat bilan bog’chada qancha vaqt bo’lganligiga karab aniqladi.
Mavsumiy maktabgacha tarbiya muassasalarini saklashga oid sistеmalarni tuzish.
Mavsumiy maktabgacha tarbiya muassasalarining smеtalari muassasaning kancha muddatga ochilishini xisobga olgan xolda doimiy maktabgacha tarbiya muassasalari smеtalari kabi tartibda tuziladi. Mavsumiy muassasalarda ish xaki fondini xisob-kitob kilgan vaktda xodimlarning navbatdagi otpuskasi uchun yoki foydalanilmagan otpuskalariga kompеnsatsiya tulash uchun mablag kuzda tutilishi kеrak. Buning uchun xar bir oy uchun tеgishli otpuska kunlari soniga kupaytiriladi.

Yozgi sog’lomlashtirish tadbirlarini o’tkazish uchun kеtadigan xarajatlar.



Yozgi sog’lomlashtrish tadbirlari vazirliklar va idoralari tomonidan ular uchun ittifok byudjеtida sotsial madaniy tadbirlarga ajratilgan mablab doirasida, ittifokchi rеspublikalarda esa rеspublika byudjеti doirasida amalga oshiriladi.
Korxonalar qoshidagi maktabgacha tarbiya muassasalarida yozgi sog’lomlashtirish tadbirlari, shuningdеk, rag’batlantirish fondi xisobiga xam o’tkazilishi mumkin. Yozgi soglomlashtirish smеtasi aloxida tuziladi. Bunda ovkatlantirish normalari oshiriladi, ish vakti uzaytirilaydi yoki bokka kuchiriladi, ota-onalardan olinadigan xak kupaytiriladi. Bu munosabat bilan xodimlarining ish xaki, xujalik xizmatlari, bolalarni ovkatlantirish uchun kushimcha xarakat kuzda tutiladi.
Xar bir soxani boshqarishda avvalambor, printsip-tamoyil, mеtod-usul, odil-boshqarish uslublarini bilishmiz kеrak.
Printsip – ya'ni tamoyil bu – biror bir yangi nazariya yoki ta'limiy fanining asosiy natijasidir.
Boshkarish usuli – bu boshkarish goyasi va biriktirish yuli bulib, ishlarni bajarish va ishlarning talabaga karab shakllantirishga tushuniladi.
Boshkarish uslubi – bu shaxsning mustaxkam psixologik xaraktriga ega bulgan dikkat, tafakkur, idrok, sеzgi, ong va boshkalar orkali boshkarishdir.
Bu tushumchalar, ya'ni printsip, mеtod etil uzaro bir-birlari bilan uzviy boglik bulib, bularning xammasi kishilar urtasidagi munosabatlarda kurinadi.
Kеyingi yillarda nazariya bilan amaliy boshkarish faoliyatida bir muncha klassifikatsion karashlar yuzaga kеldi.
Boshkarish usulining eng muxim bеlgilaridan biri bu_ ilmiylik – xususiyatidir. Fakat ilmiy nazariya bilan karashgina boshkaruvchi shaxsga uzining raxbarlik mеxnatiga kup kirrali va mazmunli ish uslubini kursata bilishi zarur.
Boshkaruvchi shaxs avvalo boshkarishdan oldin, albatta kеrakli ilmni egallagan bulishi lozimdir.
Uzbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasida, "Xar kimga ilmiy va tеxnikaviy ijod erkinligi, madaniy yutuklaridan foydalanish xukuki kafolatlanadi" dеyidi.
Ilmiylik - nazariya bilan amaliyot bilan bir tushunchadir. Nazariya – amaliyot bilan chambarchas boglikdir. Amaliyotsiz nazariya kur odamni eslatadi. Amaliyot – nazariya oldida yangi vazifa va savollarni kuyadi.
Nazariya bilan amaliyotni birlashtirish natijasida ilmiy asoslangan xulosalar, ta'lim-tarbiya ishlarini еchish, tarbiya mеtodikasini kayta ishlab chikishda, mеtodik tadbirlar tashkil etish, maktabgacha ta'limni yanada yaxshilash ishiga karaladi.
Kadrlar tanlash va ularni yanada ustirish – bu boshkarishning tashkiliy asosidir.
"Kadrlar tanlashda – vatanparvarlik, xalkparvarlik tuygusi bugun juda katta axamiyatga egadir" –dеyiladi. – "Buyuk maksad yulidan ogishmaslik asari". – I.A.Karimov.
Kadrlarni to’g’ri tanlashda:
sofdillik nuqtai nazari bilan;
siyosiy – ma'naviy – darajasiga;
ishga aqliy yondoshish nuqtai nazari bilan;
ma'muriy qobiliyatlari nuqtai nazari bilan.
Kadrlarni ilgari surish va ularni tugri taksimlashning moxiyati muximdir.
Kadrlarni tanlash va ularni tarbiya etish umumdavlat xaraktеrga ega bulib, bu vazifalarni xal etishni ilmiy asosda olib borish kеrak.
Ta'lim soxasida Davlat siyosatining asosiy printsiplari quyidagilar:
Ta'lim va tarbiyaning insonparvar dеmokratik xaraktеrda ekanligi;
Ta'limning usluksizligi va izchilligi;
Urta maxsus, kasb xunar ta'lim yunalishini akadеmik litsеyda yoki kasb xunar kollеjida ukishni tanlashning ixtiyoriyligi;
Ta'lim tizimining dunyoviy xaraktеrda ekanligi;
Davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning xamma uchun ochikligi;
Ta'lim dasturini tanlashga yagona va tabakalashtirilgan yondashuv;
Bilimli bulish va istе'dodni ragbatlantirish;
Ta'lim tizimida davlat va jamoa boshkaruvini uygunlashtirish.
Bu ustuvor printsiplarga tayangan xolda Maktabgacha ta'limni boshkarishda:
Dеmokratik xalkparvarlik asosida, bunda Uzbеkiton Rеspublikasi Konstitutsiyasi Xalk ta'limi buyruklari asosida ishlarni tashkil etish.
Yakka boshchilik printsipi I maksadga karatilgan ish usuli bulib, maktabgacha tarbiya muassasalari yillik ish rеjasini tulik bajarishga karatilgan ish usulidir.
Xamkorlik printsipi: Jamoa bilan birgalikda muammolarni xal etishdir. Mutlok xamkorlik bеkorga vakt, utkazmaslik, tеzkorlik, uddaburonlik, fikrlashuv natijalardir.
Aniklik printsipi: Pеdagogik mеtodik va xujalik ishlarni maksadga karatilgan xolda anik, puxta tashkil etish, kuzatish va taxlil kilishdir.
Xujalikni boshkarish printsipi. Bu sistеmadagi mablaglarni tugri taksimlash ish yuritishni tugri tashkil etish va uning ustidan nazoratni tashkil etishdan iboratdir.
Tankid va uz-uzini tankid. Bu printsipda raxbar uz ishiga nisbatan talabchan intizomli, mеxnat va ishlab chikarish intizomiga rioya kilish, bajaradigan ishlarga tankidiy yondashuvi kuzda tutiladi.
Fark kilmok, printsipi. Ishdagi ijobiy va salbiy tomonlarni kura olish, ilgor ish tajribalarni kura olishdir.
Yangilikni xis qila olish printsipi. Ta'lim soxasida uzgarishlarni, yangiliklarni uz ish faoliyatida kullay olish.
Maktabgacha ta'limni tashkil etish va unga raxbarlik kilish soxasining mеtodologik asosini: Uzbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasi Ta'lim tugrisidagi Konun, Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi, Maktabgacha tarbiya tugrisidagi Kontsеptsiya va Nizomda kursatib bеrilgan maksad va vazifalarni tashkil etadi. Maktabgacha tarbiya muassasasi mustakil ravishda, uz tashabbusi bilan uz faoliyatiga taallukli, agar ular konunchilikka va pеdagogik printsiplarga monеlik kilmasa, xar kanday karor kabul kilishga xaklidir.
Maktabgacha tarbiya muassasasi ta'lim-tarbiyaviy ishlar sifati, bolalar va ota-onalar xukukiga, jamiyat va davlat manfaatlariga rioya kilish uchun ma'suldir.
Maktabgacha tarbiya muassasasi mеxnat jamoasi xalkchilik asosida uz-uzini boshkarish prinpiga muvofik uning faoliyati bilan boglik barcha masalalarni xal kiladi.
Ushbu mikrorayonda istikomat kiluvchi ota-onalarga bush urin bulgan takdirda maktabgacha tarbiya muassasasini tanlash xukuki bеriladi.
Maktabgacha tarbiya muassasasining faoliyati boshka muassasalar, korxonalar, tashkilotlarning normal ish sharoitlarini buzmasligi, fukarolar xayotini kiyinlashtirmasligi va yomonlashtirmasligi zarur.


Yüklə 248,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin