Referat mavzu: Vazn oralig’ini rejalashtirish: rekursiv jarayonlarga doir algoritm va dastur tuzish



Yüklə 14,75 Kb.
səhifə1/2
tarix20.11.2023
ölçüsü14,75 Kb.
#165879
növüReferat
  1   2
Rekursiv va qayta yuklanuvchi funksiyalar-fayllar.org


Rekursiv va qayta yuklanuvchi funksiyalar

O'ZBЕKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI FARG`ONA FILIALI

“Algaritmlarni loyihalash” fanidan




REFERAT

Mavzu: Vazn oralig’ini rejalashtirish: rekursiv jarayonlarga doir algoritm va dastur tuzish.

Bajardi: 714-18 guruh

Xabilov Ikromjon
Tekshirdi: _________________
Farg`ona_2021
Mavzu: Vazn oralig’ini rejalashtirish: rekursiv jarayonlarga doir algoritm va dastur tuzish.


Reja:


  1. Rekursiv funksiyalar.


  2. Faktorial uchun funksiyalar.


  3. Qayta yuklanuvchi funksiyalar.


  4. Qayta yuklanuvchi funksiyalardan foydalanish.


  5. Takrorlanuvchi jarayonlar uchun algoritm blok-sxеmalar tuzish.


  6. Takrorlanuvchi jarayonlar uchun misollar ko`rish.



Rekursiv funksiyalar:[1(205-211), 3(69-72)] Yuqorida qayd qilingandek rekursiya deb funksiya tanasida shu funksiyaning o‘zini chaqirishiga aytiladi. Rekursiya ikki xil bo‘ladi:
  1. oddiy – agar funksiya o‘z tanasida o‘zini chaqirsa;


2)vositali – agar birinchi funksiya ikkinchi funksiyani chaqirsa, ikkinchisi esa o‘z navbatida birinchi funksiyani chaqirsa.


Odatda rekursiya matematikada keng qo‘llaniladi. Chunki aksariyat matematik formulalar rekursiv aniqlanadi. Misol tariqasida faktorialni hisoblash formulasini

va sonning butun darajasini hisoblashni ko‘rishimiz mumkin:


=
Ko’rinib turibdiki, navbatdagi qiymatni hisoblash uchun funksiyaning «oldingi qiymati» ma’lum bo‘lishi kerak. C++ tilida rekursiya matematikadagi rekursiyaga o‘xshash. Buni yuqoridagi misollar uchun tuzilgan fuiksiyalarda ko‘rish mumkin. Faktorial uchun:


Agar faktorial funksiyasiga n>0 qiymat berilsa, quyidagi holat ro’y beradi: shart operatorining else shoxidagi qiymati (n qiymati) stekda eslab qolinadi. Noma’lumlarni hisoblash uchun shu funksiyaning o’zi «oldingi» qiymat (n-1 qiymati) bilan bilan chaqiriladi. O‘z navbatida, bu qiymat ham eslab qolinadi (stekka joylanadi) va yana funksiya chaqiriladi va hakoza. Funksiya n=0 qiymat bilan chaqirilganida if operatorining sharti ()!n rost bo‘ladi va «return 1;» amali bajarilib, ayni shu chaqirish bo‘yicha 1 qiymati qaytariladi, Shundan keyin «teskari» jarayon boshlanadi - stekda saqlangan qiymatlar ketma-ket olinadi va ko‘paytiriladi: oxirgi qiymat aniqlangandan keyin (1), u undan oldingi saqlangan qiymatga 1 qiymatiga ko‘paytirib F(1) qiymati hisoblanadi, bu qiymat 2 qiymatiga ko‘paytirish bilan F(2) topiladi va hakoza. Jarayon F(n) qiymatini hisoblashgacha «ko‘tarilib» boradi. Bu jarayonni, n=4 uchun faktorial hisoblash sxemasini 5.2-rasmda ko‘rish mumkin:





F(4)=4*F(3)





F(4)=4*F(3)





F(4)=4*F(3)





F(4)=4*F(3)





F(4)=4*6





F(3)=3*F(2)





F(3)=3*F(2)





F(3)=3*F(2)





F(3)=3*2







F(2)=2*F(1)





F(2)=2*F(1)





F(2)=2*1







F(1)=1*F(0)





F(1)=1*1







F(0)=1



5.2-rasm. 4! Hisoblash sxemasi


Rekursiv funksiyalarni to‘g‘ri amal qilishi uchun rekursiv chaqirishlarning to‘xtash sharti bo‘lishi kerak. Aks holda rekursiya to‘xtamasligi va o‘z navbatida funksiya ishi tugamasligi mumkin. Faktorial hisoblashida rekursiv tushishlarning to‘xtash sharti funksiya parametri n=0 bo‘lishidir (shart operatorining rost shoxi).
Har bir rekursiv murojaat qo‘shimcha xotira talab qiladi – funksiyalarning lokal obyektlari (o‘zgaruvchilari) uchun har bir murojaatda stekdan yangidan joy ajratiladi. Masalan, rekursiv funksiyaga 100 marta murojaat bo‘lsa, jami 100 lokal obyektlarning majmuasi uchun joy ajratiladi. Ayrim hollarda, juda ko‘p rekursiya bo‘lganda, stek o‘lchami cheklanganligi sababli (real rejimda 64Kb o‘lchamgacha) u to‘lib ketishi mumkin va bu holatda programma o‘z ishini «Stek to‘lib ketdi» xabari bilan to‘xtadi.
Quyida, rekursiya bilan samarali yechiladigan «Xanoy minorasi» masalasini ko‘raylik.
Masala. Uchta A, B, C qoziq va n-ta har xil o‘lchamli xalqalar mavjud. Xalqalarni o‘lchamlari o‘sish tartibida 1 dan n gacha tartiblangan. Boshda barcha xalqalar A qoziqqa 5.3a –rasmdagidek joylashtirilgan. A qoziqdagi barcha xalqalarni B qoziqqa yordamchi C qoziqdan foydalangan holda, quyidagi qoidalarga amal qilgan holda o‘tkazish talab etiladi: xalqalarni bittadan ko‘chirish kerak va katta o‘lchamli xalqani kichik o‘lchamli xalqa ustiga qo‘yish mumkin emas.
Amallar ketma-ketligini chop etadigan («Xalqa q dan r ga o‘tkazilsin» ko‘rinishida, bunda q va r - 5.3-rasmdagi A,B yoki C xalqalar). Berilgan n ta xalqa uchun masalani yechilsin.
Ko’rsatma : xalqalarni A dan B ga to‘g‘ri o‘tkazishda 5.3b –rasmlardagi holat yuzaga keladi, ya’ni n xalqani A dan B o‘tkazish masalan n-1 halqasini A dan C ga o‘tkazish, hamda bitta xalqani A dan B o’tkazish masalasiga keladi. Undan keyin C qoziqdagi n-1 xalqali A qoziq yordamida B qoziqqa o‘tkazish masalasi yuzaga keladi va hakoza.
Xalqalar soni 3 bo‘lganda (Xalqalar_Soni=3) programma ekranga halqalarni
ko‘chirish bo‘yicha amallar ketma-ketligini chop etadi:
Xalqa A dan B ga o’tkazilsin
Xalqa A dan C ga o’tkazilsin
Xalqa B dan C ga o’tkazilsin
Xalqa A dan B ga o’tkazilsin
Xalqa C dan A ga o’tkazilsin
Xalqa C dan B ga o’tkazilsin
Xalqa A dan B ga o’tkazilsin
Rekursiya chiroyli, ixcham ko‘ringani bilan xotirani tejash va hisoblash vaqtini qisqartirish nuqtai-nazaridan imkon qadar uni taticri hisoblash bilan almashtirilgani ma’qul. Masalan, x haqiqiy sonining n-darajasini hisoblashning quyidagi yechim varianti nisbatan kam resurs talab qiladi (n- butun ishorasiz son):

Lekin shunday masalalar borki, ularni yechishda rekursiya juda samarali, hattoki, yagona usuldir. Xususan, grammatik tahlil masalalarida rekursiya juda ham o‘ng‘ay hisoblandi.





Yüklə 14,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin