Ijtimoiy tasavvurlar ijtimoiy psixologiyaning o`rganish ob’ektidir.
Ijtimoiy tasavvurlar shaxslararo munosabatlar tizimida shakllanib, ular shaxs
xulq-atvorini turli ijtimoiy vaziyatlarni boshqarib turuvchi muhim psixologik
mexanizmdir. Ular individual va ijtimoiy ong o`rtasidagi o`ziga xos psixologik
ko`prik bo`lib, bizning kundalik hayot tarzimiz, ob’ektiv borliqni tushunish va
anglashning muhim vositasidir.
Har bir shaxsdagi ijtimoiy tasavvurlarni bir necha kategoriyalarga bo`lish
mumkin:
turli ijtimoiy guruhlar haqidagi tasavvurlar, din
va boshqa konfessiyalar haqidagi tasavvurlar;
fan va ilmiy tushuncha haqidagi tasavvurlar;
shaxsni bevosita o`rab turgan ijtimoiy muhit - oila,
oilaviy rollar, xulq-atvor
normalari, etika haqidagi tasavvurlar; madaniyat va madaniy
qadriyatlar; nihoyat, shaxsning o`z "Meni" haqidagi
obrazlar tizimi.
Ijtimoiy psixolog qanday ilmiy tadqiqot olib bormasin, u albatta ijtimoiy
tasavvurlarning biror sohasiga murojaat qiladi.
Ijtimoiy tasavvurlarni o`rganish va tarixiga murojaat qilib, shuni ta’kidlash
mumkinki, bu konsepsiya Fransiya psixologik maktabiga taalluqlidir. Uning
asoschisi Emil Dyurkgeym bo`lib, u o`zining sotsiologik qarashlari tizimida ijtimoiy
tasavvurlarni"ijtimoiy fakt"eki obrazlar tarzida talkin etgan. Uning keyingi
izdoshlari bo`lgan Franzuz olimlari S. Moskovisi, D. Jadeli, Kodol, Arbik, V. Duaz,
M-J. Shombar de Lov va boshqa tasavvurlarning ijtimoiy tabiati, ularning hayotdagi
o`rni, ahamiyati, tuzilishi va o`zgarishi masalasida qator ilmiy tadqiqot ishlarni
amalga oshirib, ijtimoiy tasavvurlar haqida o`ziga xos nazariyalar yaratdilar.
Ularning asosiy tadqiqot usullariga anketa, kontent-analiz, suhbat metodlari kirib,
shu oddiy metodlar yordamida fransuzlarning shaxs haqidagi, freydizm haqidagi, din
haqidagi tasavvurlaridan tortib, katta - ijtimoiy guruhlar ayollar, erkaklar va bolalar
haqidagi tasavvurlarini tadqiq qiladilar. Oxirgi yillarda kognitivizm yunalishi
doirasida ushbu konsepsiyaning hayotiyligi isbotlanmoqda va butun dunyo
psixologlari bu nazariyani tan olmoqdalar.
Ajratilgan vazifalardan eng muhimi shuki, hozirgi davrda ijtimoiy psixologiya
o`zi bilan bevosita aloqador bo`lgan boshqa psixologiya tarmoqlari bilan
hamkorlikda keskin o`zgarishlar davrida har bir inson ongida nima sodir bo`ladi, u
bu o`zgarishlarni qanday idrok qilmoqda, uning hayotiy mavqeini qanday qilib
maqsadga muvofiq tarzda faollashtirish mumkin, degan savollarga ilmiy asoslangan
javob topib berishdir.
Ijtimoiy psixologiyaning dolzarb
masalalari
1.5-sxema.
Dostları ilə paylaş: |