Referat mavzu: Milliy g’oya tushunchasi,uning tuzulishi va namoyon bo’lish xususiyati talaba: nazarova dinara guruh: 317



Yüklə 11,3 Kb.
tarix08.05.2020
ölçüsü11,3 Kb.
#31101
növüReferat
Nazarova Dinara 317 guruh

Samarqand Davlat Chet tillar Instituti Ingliz tili 2 Fakulteti

REFERAT


MAVZU: Milliy g’oya tushunchasi,uning tuzulishi va namoyon bo’lish xususiyati

TALABA: NAZAROVA DINARA

GURUH:317

“G`oya tushunchasi ma`lumki , inson o`zining aql zakovati iymon- e`tiqodi va ijodiy mehnati bilan boshqa barcha tirik jonzotlardan farq qiladi . Falsafaning azaliy qoidalaridan biri – til va tafakkur birligidir – Tilning eng birlamchi mahsuli so`z bo`lgani kabi , tafakkurning dastlabki shakli tushunchasidir .

Mafkura esa muayyan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad va muddaolari, orzu intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o`zida mujassam etadigan g`oyalar tuzilishidir.

Ilmiy adabiyotda “g`oya” , “mafkura”, “idea” va “ideologiya” tushunchalari ishlatilmoqda. Idea va ideologiya ko`proq G`arb davlatlarida hamda rus tilidagi manbalarda uchraydi. Idea iborasi on yunon tilidagi idea so`zidan olingan,

Ideologiya so`zining o`zagi bo`lib hisoblanadi va tushuncha yoxud fikr ma`nosini anglatadi.

Ideologiya (Idea – g`oya, tushuncha, logia – talimot) atamasi esa g`oyalar to`g`risidagi talimotni anglatadi va ikki xil ma`noda ishlatiladi

-G`oyalarning mohiyat-mazmuni shakillanishi, ahamyati to`g`risidagi bilimlarni ifodalaydi va ilmiy soha bo`lib hisoblanadi;

-Muayyan g`oyani amalga oshirish, maqsadga yetish usullari, vositalari, omillari tizimini anglatadi.

G`oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki ular garchi tafakkur paydo bo`lsada, inson ruhiyatiga, xatto tub qatlamlariga ham singib boradi. G`oya shunday harakatga keltiruvchi maqsad sari yetaklovchi ruhiy- aqliy kuchga aylanadi.

Tafakkurning mahsuli sifatida g`oya tevarak olamni o`rganish, bilig jarayonida vujudga keladi. Ijtimoiy ongning barcha shakllar – ilm-fan, din, falsafa, san`at va badiiy adabiyot, axloq, siyosat va huquq – muayyan bir g`oyalarni yaratadi, ularga tayanadi va ularni rivojlantiradi. Ma`lum ma`noda aytish mumkinki, har bir ong sohasining o`z g`oyalari mavjud bo`ladi.

Mazmuni va namoyon bo`lish shakliga qarab, g`oyalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin.

-Ilmiy g`oyalar;

-Falsafiy g`oyalar;

-Diniy g`oyalar;

-Badiiy g`oyalar;

-Ijtimoiy-siyosiy g`oyalar;

-Milliy g`oyalar;

-Umuminsoniy g`oyalar va hokazo.

Milliy g`oya. Milliy istiqlol g`oyasi O`zbekistonda yashovchi barcha millat va elat vakillarining tub manfaatlarini, xalqimizning asrlar mobaynida intilib kelgan orzu-ideallarini, olijanob maqsad muddaolarini o`zida mujassam etadi.

Milliy g`oya – millatning o`tmishi, buguni va istiqbolini o`zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g`oya hisoblanadi.

Milliy g`oya o`z mohiyatiga ko`ra, xalq millat taqdiriga daxldor bo`lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak.

Har qanday mafkura muayan maqsadlarga xizmat qiladi, bu yo`lda xilma-xil vazifalarni bajaradi. Malumki, mafkuraning asosiy maqsadi va vazifalari quydagilarda namoyon bo`ladi :

-odamlarni muayan g`oyaga ishontirish;

-shu g`oyani atrofida uyushtirish;

-kishilarni ma`naviy- ruxiy jihatdan rag`batlantirish;

-g`oyaviy tarbiyalash;

-harakat dasturi bo`lish.

Milliy mafkura jamiyatdagi barcha sotsial qatlamlar va guruhlarning umumiy harakat dasturi,ularni faollikka davat etuvchi vosita hisoblanadi. Mafkuraviy maqsad- g`oyaviy faoliyatni amalga oshirishdan qutiladigan ideal natijasidir. Maqsadni aniq ravshan idrok etish inson faoliyatiga izchillik va faollik bag`ishlaydi.



Foydalinilgan adabiyotlar :

  1. Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar.T.: “O`zbekiston”,2000.4-bet

  2. Karimov I.A Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. “Fidokor”. 2000 yil 8- iyun

Yüklə 11,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin