O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM S VAZIRLIGI TOSHKENT KIMYO TEXNOLOGIYA INSTITUTI
FAN
Sanoat oqova suvlarni tozalash texnologiyasi
REFERAT
Guruh : 7-19
Bajardi: Akramov M
Tekshirdi: Mavlonov E
Biokimyoviy usullar yordamida oqova suvlarini tozalash
REJA: Biokimyoviy tozalash usulining mohiyati
va faol loyqa tarkibi
Oqova suvni tabiiy sharoitda tozalash
Oqova suvni sun’iy tozalash inshootida tozalash
Oqova suvlarni biokimyoviy tozalashning
anaerob usuli
Biokimyoviy tozalash usullari maishiy-xo‘jalik va sanoat oqova
suvlarini erigan organik va anorganik moddalar (vodorod sulfid,
sulfidlar, ammiak, nitritlar) dan tozalashda qoilaniladi. Tozalash jarayoni mikroorganizmlarning ushbu moddalarni o‘z hayoti
faoliyatida ozuqa sifatida foydalanishiga asoslangan, chunki organik moddalar mikroorganizmlar uchun uglerod manbayi hisoblanadi.
Mikroorganizmlar organik moddalar bilan ta’sirlashib, ularni
qisman parchalaydi, suv, uglerod dioksidi, nitrit, sulfat ionlari
va boshqa moddalarga aylantiradi. Organik moddalarning qolgan
qismi biomassa hosil qilishga sarflanadi. Organik moddalarning parchalanishi biokimyoviy oksidlanish deb ataladi.