Refarat mavzu: Ishlab chiqarish jarayoniga yangi, samarali texnologiyalarni tatbiq etish zarurati va istiqbollari. Bajardi: Xayitov D



Yüklə 158,98 Kb.
səhifə5/9
tarix27.12.2023
ölçüsü158,98 Kb.
#200168
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ismoilov a (2)

Q = f (K, L, M)
Q-maksimal ishlab chiqarish miqdori, K-kapital, L-mehnat, M-materiallar.
Agar ishlab chiqarish funksiyasi ikkita omilga bog‘liq bo‘lsa, unda ishlab chiqarish funksiyasi quyidagicha bo‘ladi.
Q = f (K, L)
Ishlab chiqarish funksiyasi faqat sarflangan mehnatga bog‘liq bo‘lsa, u holda, ishlab chiqarish funksiyasi quyidagicha bo‘ladi.
Q = f ( L)
Ishlab chiqarishda faqat ikkita omil – mehnat va kapitaldan foyda­laniladigan ishlab chiqarishni ko‘rib chiqamiz. Masalan, mebel ishlab chi­qarish sexida mavjud texnologiya asosida sarflanadigan kapital va meh­natning ma’lum nisbatlari kombinatsiyasida stul ishlab chiqarilmoqda.






Kapital sarfi

















Mehnat sarfi, (soatlarda)





1


2


3


4


5



1

30

50

60

70

80

2

40

65

80

85

100

3



60


80


100

110

115

4

65

85

110

115

120

5

80

100

120

125



130


Izokvanta – bu bir xil hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarishni ta’minlaydigan ishlab chiqarish omillari sarflari kombinatsiyalarini ifodalovchi egri chiziqdir.
Izokvanta – buyurtma berilgan ishlab chiqarish hajmini ta’minlab beruvchi ishlab chiqarish omillarining barchasining yalpi kombinat­siya­sini ko‘rsatadi.
Izokvanta kartasi o‘zida firmaga mos keladigan ishlab chiqarish hajmini ta’minlab beruvchi texnologik mumkin bo‘lgan yalpi resurslar kombinatsiyasini mujassam etadi.
Izokosta
7-rasm. IQ – Izokvantalar va Izokosta chizig‘i
Izokvantalar firmalarda mahsulot ishlab chiqarishning variantlari ko‘pligini ko‘rsatadi.
Izokosta chizig‘i – bu ishlab chiqarish xarajatlarini ifodalovchi chiziq bo‘lib, u umumiy qiymati bir xil bo‘lgan ikkita ishlab chiqarish omillari sarflarining barcha kombinatsiyalarini ifodalovchi nuqtalarni o‘z ichiga oladi.
2. Firmaning qisqa va uzoq muddatli ishlab chiqarish
davrdagi faoliyati

Firma tomonidan ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan ishlab chiqarish omillari shartli ravishda ikki guruhga bo‘linadi: doi­miy va o‘zgaruvchan.
Doimiy resurslar ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan va ko‘rib o‘tilayotgan davr mobaynida o‘zgarmas holatda qoladigan re­surslardir. Ularga ishlab chiqarish maydonlari (bino yoki inshoat o‘l­chami), yuqori malakali mutaxassislarning mehnati va o‘ziga xos bilimi misol bo‘la oladi.
Ishlab chiqarish hajmiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq resurslar o‘z­ga­ruvchan resurslardir. Ularga misol qilib elektroenergiya, xom-ashyo va materiallar, transport xizmatlari, ishchilar va muhandis-tex­niklarning mehnatini keltirish mumkin.
Ishlab chiqarish omillarini doimiy va o‘zgaruvchanlarga bo‘lish firma faoliyatini qisqa va uzoq muddatli davrlarga ajratishga imkon beradi.

Yüklə 158,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin