Xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qodirlik; topshirilgan ish uchun shaxsiy javobgarlikni his qilish, halollik, vijdonlilik;
Shaxsiy manfaatlarni jamoa manfaatlariga bo’ysundirishga qodirlik;
Kishilarga nisbatan mehribon va e'tiborli bo’lish; tashabbus va ilg’orlikni qo’llab-quvvatlash qobiliyati; printsipiallik; tanqidga chidamli bo’lish, o’z-o’zini tanqid qila bilish.
Bir noshud rahbarning beg’amligi yuzlab, minglab kishilar taqdirining bedaxl qirralariga ta'sir etishi mumkin. Boqibeg’am bu toifa rahbarlarning ish uslubi bilan murosa qilib bo’lmaydi.