Rasulova Dilnozaning Zoologiya fanidan



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə6/13
tarix13.06.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#129609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
20-22 Sut emizuvchilar

Haqiqiy darrandalar (Theria) kenja sinfiga xaltali va y ldoshli
sutemizuvchilar kiradi. Ularning hammasi tirik tug'adi. Bu kenja sinf 2
ta infrasinfga: 1. Tuban darrandalar (Metatheria); 2.Yo’ldoshlilar, ya'ni
yuksak darrandalar (Eutheria)ga bo’linadi.
Tuban darrandalar infrasinfi Xaltalilar (Marsupialia) turkumini
o’z ichiga oladi. Xaltalilar sutemizuvchilarning qadimgi va primitiv
turkumi bo’lib, yo’ldoshining asosan bo’lmasligi, shu sababli tug'ilgan
bolasining nimjon bo’lishligi, bir juft qopchiq suyagi, urg'ochilarida
bir juft bachadon bo’lishi va gavda harorati yuqori darrandalarga nisbatan
pastligi bilan xarakterlanadi.
Xaltalilar Avstraliya, Yangi Gvineya, Tasmaniya, Janubiy
Amerikaning rmon, dasht va tog'larida tarqalgan. Xaltalilardan
daraxtlarda yashaydigan Amerika opossumi, Tasmaniya qopchiqli bo’risi,
qopchiqli ayiq yoki koala, qopchiqli olmaxon, qopchiqli kalamush,
vombat, qopchiqli sichqon, qopchiqli chumolixo’r, kenguru va
boshqalarni ko’rsatish mumkin. Xaltalilar turkumiga 270 dan ortiq tur
kiradi. Ularning tana harorati 34 dan 36°C gacha o’zgarib turadi.
Yuksak darrandalar infrasinfi yer yuzida keng tarqalgan sut emizuvchilarning asosiy turkumlarini ichiga oladi. Ularda hech qachon qopchiq suyagi bo’lmaydi, yo’ldoshi yaxshi rivojlangan. Yuksak darrandalar 18 turkumga b linadi. O’zbekistonda sutemizuvchilar sinfining 108 ta turi uchraydi.
Hasharotxo’rlar (Insectivora) yo’ldoshli sutemizuvchilarning eng
primitiv turkumi hisoblanadi. Miya yarim sharlari ancha kichik va yuzasi
silliq bo’ladi. Tishlari ixtisoslashmagan, bachadoni shoxli, tumshug'ining
uchida harakatchan xartumchasi bo’ladi. Ular mayda va o’rtacha
kattalikdagi hayvonlar bo’lib, tuproq ichida, yerda va daraxtlarda
yashaydi. Avstraliyadan tashqari barcha qit’alarda tarqalgan bo’lib 370
ta turni o’z ichiga oladi. Ularga tipratikanlar, tuproqda in qazib yashashga
moslashgan krotlar, barg va xaslar tagida yashovchi yerqazarlar (uzunligi
4 sm), suvda yashashga moslashgan va qimmatbaho mo’yna beradigan
vixuxol, Madagaskar orolida yashovchi tenereklar, Afrikada tarqalgan
uzun oyoqlilar va Janubiy Osiyo o’rmonlarida yashovchi tupaylar kiradi. O’zbekistonning cho’l mintaqasida tipratikan bilan yerqazarlar keng tarqalgan.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin