Расчет на прочность и жесткость ступенчатого стержня при растяжении или сжатии



Yüklə 172,53 Kb.
səhifə1/2
tarix18.04.2023
ölçüsü172,53 Kb.
#99764
  1   2
HGI-№2 Abdullayev X


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH UNIVERSITETI

«Qurilish mexanikasi va inshootlar zilzilabardoshligi» kafedrasi

«BINO VA INShOOTLAR ZILZILABARDOShLIGI»


fanidan
BINONING ORAYoPMA VA TOM YoPMA SATHLARIGA TA’SIR ETUVCH SEYSMIK KUChLARNI ANIQLASh
mavzusidagi hisob-grafik ishini bajarishga doir
USLUBIY KO‘RSATMA

Toshkent – 2023


HISOBLAShGA DOIR KO‘RSATMALAR

Zilzilaviy hududlarda quriladigan karkas(sinch)li bino va inshootlarni loyihalashtirish ishlari quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:
a) karkas qismlarida doimiy va muvaqqat yuklar ta'sirida vujudga keladigan zo‘riqishlarni aniqlash;
b) karkas qismlarida seysmik kuchlar ta'sirida vujudga keladigan zo‘riqishlarni aniqlash;
v) karkas qismlarida qisqa muddatli yuklar ta'sirida vujudga keladigan zo‘riqishlarni aniqlash;
g) konstruksiyalarda hisobiy jamlama kuchlar ta'sirida vujudga keladigan zo‘riqishlarni aniqlash;
d) konstruksiya elementlarining hisobiy yuklar ta'siridagi mustahkamligi va yuk ko‘tarish qobiliyatini tekshirish.
Mazkur metodik ko‘rsatmalarda faqat seysmik kuchlar ta'sirida vujudga keladigan zo‘riqishlarni aniqlashga doir asosiy hisoblash qoidalari bayon etiladi.
Seysmik kuchlar ta'siriga hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) quriladigan joyning seysmikligi va binoning hisobiy seysmikligi aniqlanadi;
b) bino erkin tebranishlarining davr va shakllari hisoblanadi;
v) binoga ta'sir etadigan hisobiy seysmik kuch topiladi;
g) bino karkasi seysmik kuchlar ta'siriga hisoblanadi va hisobiy seysmik zo‘riqishlar aniqlanadi.

HISOBIY SEYSMIK KUChLARNI ANIQLASh

Hisobiy seysmik kuchlar deganda, zilzila jarayonida tebranayotgan binolarda vujudga keladigan gorizontal inersiya kuchlari tushuniladi. Ushbu kuchlar binoga statik ravishda qo‘yilgan deb qaraladi.


Odatda, binolarni seysmik kuchlar ta'siriga hisoblash ishlari yaxlit bino uchun bir yo‘la amalga oshiriladi. Bunda binolar bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘nalishlarda alohida hisoblanadi. Agar bino takrorlanuvchi bir xil qismlardan tashkil topgan bo‘lsa, binoning birgina qismi hisoblansa kifoya.

RASMIYLAShTIRISh TARTIBI
Hisob-grafik ishi A-IV formatdagi (297x210 mm) varaqlarga siyohda yoziladi yoki elektron Microsoft Word formatda rasmiylashtirlishi mumkin. Chizma va epyuralar qo’lda bajarilganda qalamda yoki komp’yuter grafika dasturlari(AutoCad)da chiziladi. Muqova(titul)da ishning nomi, fakul’tet, kurs, talabaning ismi-sharifi to‘liq ko‘rsatiladi.

VAZIFA
Ikki qavatli sanoat binosining karkasida (1-4 rasmlar) seysmik kuchlar ta'sirida vujudga keladigan zo‘riqishlar aniqlansin. Hisoblash uchun kerakli ma'lumotlar shifrga ko‘ra 1-jadvaldan olinsin. Binoning karkasi bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘nalishlarda bikir tugunli rama shaklida qabul qilinsin.
Rigellar tavr shakliga ega.
Devorlari keramzitbetondan ishlangan, tasmasimon oynali panellardan iborat.



Yüklə 172,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin