R. H. Ayupov va G. R. Boltaboeva



Yüklə 431,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/37
tarix26.12.2023
ölçüsü431,88 Kb.
#198545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Blokcheyn
– bu butun dunyo bo‘ylab ishlayotgan komp’yuterlarda 
joylashgan katta buxgalteriya kitobi yoki jurnal (
grossbux
) bo‘lib, unga har bir 
inson yozuvlar qo‘shishi va uni istalgan vaqtda o’qishi mumkin. 
Blokcheyn
– bu markaziy boshqaruv organiga ega bo‘lmagan xolda 
ma’lumotlarni internetda himoyalangan va shaffof tarzda saqlash va o‘zgartirish 
imkonini beradigan dasturiy mahsulotdir. 
Blokcheyn
– tranzaksiyalar, kontraktlar, mulkdorlik hujjatlari, san’at asarlari 
va boshqalar haqidagi turli ko‘rinishdagi ma’lumotlar saqlanadigan bloklar 
zanjirini (
raqamli konveerni
) anglatadi. 
Blokcheyn
– bu jamoaviy kelishuv va taqsimlangan buxgalteriya kitobi yoki 
jurnal algoritmi vositasida barcha ishtirokchilar orasida ishonch, javobgarlik va 
shaffoflikni ta’minlab beradigan texnologiya bo‘lib, tranzaksion dasturlarning 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
yangi avlodini ishlatadi. 
Blokcheyn
– bu ma’lumotlar bazasini tashkil etish texnologiyasi bo‘lib, 
internet tizimiga tayanadi va uning barcha afzalliklaridan, shu jumladan, ochiq 
protokoldan, shifrlashdan va hisoblash imkoniyalaridan to‘liq foydalanadi. Ushbu 
taqsimlangan ma’lumotlar bazasini har bir tranzaksiya bundan oldingisini 
o‘zgartirib yoki yo‘qotib yubormasdan, undan keyingisi yoziladigan elektron 
buxgalteriya kitobi bilan tenglashtirish mumkin. Bu elektron kitob aktiv, 
xronologik tartibda yozilgan, taqsimlangan, tekshiriluvchan va tizim ishtirokchilari 
(
tugunlar
) orasidagi o‘zaro ishonch (
konsensus
) asosida ma’lumotlarni 
falsifikatsiya qilishdan himoyalangan.
Blokcheyn
– bu tranzaksiyalarning taqsimlangan ma’lumotlar bazasi bo‘lib, 
uni juda katta va markazlashmagan «
grossbux
» bilan solishtirish mumkin. Unda 
internetning imkoniyatlari tufayli, ma’lumotlar va kattaliklar shaffof xolda 
himoyalanganlar va avtonom ravishda saqlanadilar. Ammo bu jarayonlarni nazorat 
qiladigan markaziy organ mavjud emas. Ma’lumotlar saqlanadigan kitob esa aktiv, 
xronologik tartibda tuzilgan, taqsimlangan, tekshiriluvchan va taqsimlangan 
ishonch (
konsensus
) asosida falsifikatsiyadan himoyalangan. Tarmoqning har bir 
ishtirokchisi kvazireal muhitda «
grossbuk
»ning aktual nushasiga ega bo‘ladi va 
uning tarkibidagi ma’lumotlar vaqt davomida doimiy ravishda tarmoqdagi barcha 
ishtirokchilararo sinxronizatsiya qilinadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, 
blokcheyn texnologiyasi quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi deb hulosa 
chiqarishimiz mumkin: 

Uchinchi tomonni jalb etmasdan turib, tranzaksiyalarni avtomatlashtirishga 
imkon beradi. 

Blokcheyn ishonch va konsensusga asoslangan tizimdir. 

Blokcheyn haqiqiylik va notarizatsiyani ta’minlab beruvchi infratuzilmadir. 
Blokcheyn tizimi asosida yotuvchi asosiy tamoillarga quyidagilarni misol 
qilib keltira olamiz: 

Barcha ishtirokchilar orasida taqsimlangan hisob-kitob jurnali
tamoilida tashkil qilingan taqsimlangan grossbux yoki 2.0 registr 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
bo’ladi. 

Markazlashmaganlik va vositachilardan voz kechish
– blokcheyn hech 
qanday markazlashgan organ tomonidan nazorat qilinmaydi va ikki 
ishtirokchi orasidagi ishonch tizimida boshqa uchinchi shaxslarga o‘rin 
qolmaydi. 

Konsensus
: Tranzaksiyalarni qabul qilish yoki undan voz kechish fakti 
taqsimlangan konsusning natijasi bo‘lib, u qandaydir markazlashgan 
tashkilotning qarori emas. 

O‘zgarmaslik va doimiylik
: Yozuvlarni o‘zgartirish yoki yo‘qotish 
mumkin emas. 

Taqsimlangan ishonch va shaffoflilik
: ma’lumotlar, amallar va 
konsensus bir-biridan ajratilgan. 
Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, blokcheyn kollektiv konsensus asosida 
ishlash, juda katta va ochiq hisob-kitob jurnali bilan ishlash, markazlashmaganlik 
va taqsimlanganlik kabi hususiytlarga ega bo’lib, tizimdagi ishonchni, shaffoflikni 
va umumiylikni ta’minlab beradi. Shuni ham aytish kerakki, blokcheyn faqatgina 
bitkoin va efirium tizimlari blokcheynlaridangina iborat emas va qandaydir 
bittagina blokcheyn tizimi ham mavjud emas. Jahonda bir biriga bog’liq bo‘lmagan 
juda ko‘pchilik blokcheynlar bo‘lib, ular o‘zaro aloqada ham bo‘lishlari mumkin. 
Shunday qilib, blokcheynda u yoki bu amaliy dasturlar bilan ishlash bilan bog’liq 
bo‘lgan texnik xususiyatlar ham yuzaga kelishi mumkin. Blokcheyn texnologiyasi 
xozirgi markazlashgan boshqaruvdan farqli o‘laroq, taqsimlangan algoritmik 
ishonch infratuzilmasini yaratadi. Shunday qilib, blokcheyn o‘zida taqsimlangan 
algoritmik ishonch infratuzilmasini yoki talab bo‘yicha konsensusni qamrab oladi. 
Ana xuddi shunday xususiyatlari tufayli, ko‘pchilik mutaxassislar blokcheynni 
internet bilan solishtiradilar va natijada blokcheynning internetdan afzalligini 
ta’kidlashadi. Quyida ikkala tizimni solishtirish natijalari keltirilgan: 

Internet 
aloqalarni 
(
aloqa o‘rnatishni va munosabatlarni ham

avtomatlashtirishga 
imkon 
beradi, 
blokcheyn 
esa 
tranzaksiyalarni 
avtomatlashtirib, uchinchi shaxslarni muomaladan chiqaradi. 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

Internet markazlashmagan nashr tizimi, blokcheyn esa taqsimlangan ishonch 
tizimi. 

Internet nashr infratuzilmasi, blokcheyn esa tizimga kirish xuquqlarini 
tasdiqlash infratuzilmasidir. 
Internet va blokcheynning rivojlanish davrlari 1994-2015 yillarni o‘z ichiga 
olgani uchun, bu davrning natijalarini quyidagi misollarda ko‘rsatishimiz mumkin: 
1994 yil, Internet: 

Shaxslararo muloqot 

Avtomatik nashr 

Elektron tijorat 

Ijtimoiy tarmoqlar 
2015 yil, blokcheyn: 

Markazlashmaganlik 

Ishonch 

Qiymatga ega bo‘lgan narsalar bilan vositachilarsiz oldi-sotti qilish 
Shunday qilib, Internet va blokcheyn o‘rtasida hech qanday qarama-qarshilik 
yo‘k, bu yerda faqat texnologiyalar rivojlanishidagi farq mavjud, 
xolos.Blokcheynni yaratish va ishlatish uchun reestr (
bloklar qatori, masalan, 
bitkoin
), himoya uchun esa kalitlar vositasida shifrlash, konsensus asosidagi 
algoritm va bir rangli 

Yüklə 431,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin