R e j a: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 56,87 Kb.
səhifə1/12
tarix05.12.2022
ölçüsü56,87 Kb.
#72372
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
O\'quv tarbiya jarayonida pedagogik muloqot jarayonini boshqarish uslublari


O'quv tarbiya jarayonida pedagogik muloqot jarayonini boshqarish uslublari


R E J A:


I. Kirish
II. Asosiy qism

  1. Ta’limda turli xildagi muloqotni tashkil etish va unda umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi

  2. SHarqona tarbiya va uning muloqaotga ta’siri.

  3. Muloqotga kirishda o’zbek urf odatlari, udumlar, ular haqida rivoyat, afsona, hikmatlardan foydalanish va kasbda tatbiq etish usullari.

  4. Pedagogik muloqot mohiyati, funksiyalari va tuzilishi.

  5. O’quv - tarbiya jarayonida pedagogik muloqotni boshqarish uslublari

III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
V. Ilovalar


I. Kirish

Psixologiyada rahbarlarning o’z jamosi a’zolari bilan munosabat texnikasi tahlil etilib, turli tipdagi ijtimoiy - psixologik portretlari ishlab chiqilgan. Rahbarlarning muloqotni boshqarish uslublari: avtoritar, demokratik, liberal uslub tarzida berilgan. Mana shu uslublarni pedagogik muloqotda o’qituvchi rahbarligi uslubi tarzida ko’rish mumkin.


Tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishga demokratik yondoshish, tarbiyaviy ishlar natijasini oshkora muhokama qilish va uni o’quvchilar bilan birgalikda baholab, kelgusi rejalarni tuzishni taqozo etadi. Bu uslub pedagog - o’qituvchi - o’quvchilar jamoasi shaxslararo munosabatlarni erkinlik, demokratik talablar asosida shakllantirib, o’quvchilarning tashabbuskorligi, o’z - o’zini tarbiyalash ishiga ijodiy yondashish orqali barcha psixologik - idividual imkoniyatlarini, qobiliyatini ro’yobga chiqarishga zamin yaratadi.
O’quvchilar bilan do’stona munosabat - pedagogik uslub. U o’quvchi shaxsini hurmat qilish va talabchanlik mezoni asosida qurilgan. Ushbu uslub asosida o’z faoliyatini tashkil etgan pedagog har o’quvchining kelajagiga umid bilan qarashi, unga individual yondoshishga harakat qilishi, jazo usullarini tartibsiz qo’llamasligi, o’quvchilar jamoasii oldiga istiqbolli tarbiyaviy maqsad qo’yishga intilishi lozim. Aslida bu uslub biz ko’rib o’tgan birinchi uslubga o’tishga zamin tayyorlashi, unga muqaddima bo’lishi mumkin. Aksincha, o’qituvchi ma’lum pedagogik mohiyatga ega bo’lishga intilmasa, o’z fanidan bilimi sayoz bo’lsa, shaxslararo munosabatlarga ijodiy yondoshmasa, kommunikativ qobiliyatini takomillashtirib bormasa o’quvchilar uni "katta birodar", "konsultant" sifatida asta - sekin tan olmay qo’yishadi. Pedagog o’zining tarbiyaviy ishlarini amalga oshirishdagi yetakchilik rolini yo’qotib, o’quvchilar hurmatini yengil yo’l bilan qozonmoqchi bo’lgan bachkana shaxsga aylanib qolishi mumkin.


Yüklə 56,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin