Dt Kt
1)
40000
5.5-rasm. Murakkab buxgalteriya yozuvi(provodkasi). Buxgalteriya yozuvlari aks ettirilish usuliga ko‘ra formula, grafik,
struktura va matritsa ko‘rinishlarida bo‘ladi.
Formula ko‘rinishidagi buxgalteriya yozuvlari chiziqli ko‘rinishda
bo‘lib, unda korrespondensiyalanuvchi schot nomi bilan birga uning
shifri ham ko‘rsatiladi.
Misol. Tarqatilmagan ish haqi summasi kassadan bankka
topshirildi: debet – 5110-«Hisob-kitob schoti», kredit – 5010-«Milliy
valutadagi pul mablag‘lari schoti».
Grafik ko‘rinishidagi buxgalteriya yozuvlari korresponden-
siyalanadigan schotlarning bir tipga kiritilishini ochib beradi. Bundan
ularning tayinlanishi – avtomatlashtirilgan hisob dasturlarini ishlab
chiqishda foydalanilishi kelib chiqadi. Bunda har buxgalteriya yozuvi
muayyan xo‘jalik muomalasining algoritmi hisoblanadi.
Schotlar o‘rtasidagi bunday o‘zaro bog‘liklik grafik ko‘rinishida
setkali grafalarini ifodalaydi. Grafa ichida korrespondensiyalanuvchi
schot, grafaning chap va o‘ng tomonlari esa, strelka yo‘nalishi bo‘ylab
korrespondensiyalanuvchi schotning kodini ko‘rsatadi. Strelkaning
xo‘jalik muomalasi tartib raqami ko‘rsatilgan holdagi yo‘nalishi
kreditlanuvchi schotdan debetlanuvchiga tomon yo‘naltiriladi.
Misol. Faraz qilaylik, quyidagi xo‘jalik muomalalari sodir bo‘lgan
(5.10-jadval).
125
5.10-jadval №
t/r
Xo‘jalik muomalalari mazmuni
Debet
Kredit
1
Korxona xodimlariga oyning
birinchi yarmi uchun bo‘nak berildi
4210-«Mehnat
haqi bo‘yicha
berilgan
bo‘naklar»
schoti
5010-«Milliy
valutadagi pul
mablag‘lari»
schoti
2
Hisobot oyi uchun korxona
xodimlariga ish haqi hisoblandi:
a) asosiy ishlab chiqarish
ishchilariga
b) boshqaruv xodimlariga
2010-«Asosiy
ishlab
chiqarish»
schoti
9420-
«Ma’muriy
xarajatlar»
schoti
6710-
«Xodimlar bilan
mehnat haqi
bo‘yicha hisob-
kitoblar» schoti
3 Korxona xodimlari mehnat haqidan
daromad solig‘i ushlandi
6710-
«Xodimlar bilan
mehnat haqi
bo‘yicha hisob-
kitoblar» schoti
6410-«Budjetga
to‘lovlar
bo‘yicha qarz»
schoti
4
Hisoblangan ish haqidan avans
ushlab qolindi
6710-
«Xodimlar bilan
mehnat haqi
bo‘yicha hisob-
kitoblar» schoti
4210-«Mehnat
haqi bo‘yicha
berilgan
bo‘naklar»
schoti
5 Korxona xodimlariga mehnat haqi
berildi
6710-
«Xodimlar bilan
mehnat haqi
bo‘yicha hisob-
kitoblar» schoti
5010-«Milliy
valutadagi pul
mablag‘lari»
schoti
Yuqorida keltirilgan xo‘jalik muomalalarining iqtisodiy mohiyatini
va schotlar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni quyidagicha tasvirlfsh
mumkin (5.6-rasm).
Buxgalteriya hisobi schotlari faqat hisobga olinadigan mablag‘lar
yoki ularning manbalaridagi o‘zgarishlarni aks ettirish uchun tayin-
lanmasdan, balki ularda istalgan vaqtga qoldiq (saldo) ham chiqariladi.
126
Schotda yangi qoldiq chiqarish uchun avvalo uning debeti va
kreditidagi summalarni jamlash zarur. Debet bo‘yicha jami summa
(boshlang‘ich qoldig‘isiz) schotning