5-Mavzu. Hisob siyosatining tahlili



Yüklə 24,64 Kb.
tarix28.03.2023
ölçüsü24,64 Kb.
#90639
5 Hisob siyosatining tahlili


5-Mavzu. Hisob siyosatining tahlili
Hisob siyosati deganda, korxonada, korxona rahbari tomonidan 0‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlami tuzish bo‘yicha qoidalariga mos ravishda ishlab chiqilgan usullami qo‘llash haqidagi tartib tushuniladi. Buxgalteriya hisobini yuritishning bunday usullariga, korxona xo‘jalik faoliyatida mavjud bo‘lgan asosiy vositalami va nomodiy aktivlami baholash, ularga amortizatsiya hisoblash, materiallami baholash, korxonada hujjat ayriboshlashni, inventarizatsiya o‘tkazishni tashkil etish, buxgalteriya hisobi schyotlarini qo‘llash, buxgalteriya hisobi ishlarini xodimlar orasida taqsimlash, hisobchilik shakllarini qo‘llash, axborotlami avtomatlashtirish va boshqa usullar kiradi. Hisob siyosatining mazmuniga bo‘lgan talab O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 1-sonli «Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot» milliy standard bilan belgilab qo‘yilgan. 0‘zbekistonda buxgalteriya hisobini tashkil etish tartibi 0‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonun, 0‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-apreldagi 159-son qarori bilan tasdiqlangan «Kichik korxonalar uchun soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qo‘llash tartibi»ning oltinchi bandiga muvofiq soddalashtirilgan tartibida hisob yuritish va hisobotlar tuzish, Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalami shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom hamda buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya hisobotlarini tuzish chog‘ida foydalaniladigan boshqa ko‘plab me’yoriy hujjatlar va uslubiy ko‘rsatmalar bilan belgilab qo‘yilgan. Iqtisodiyotning alohida tarmoqlarida ulaming ish hususiyatlaridan kelib chiqqan holda tashkillash talab etiladi. Bu alohida korxonalar bo‘yicha hisob yuritishda tarmoq nizomlarini ishlab chiqishni yoki bo‘lmasa, ulaming hisob siyosatlarida hisobga olishning variantlarini tanlab olishni taqoza etadi.
Korxona hisob siyosatining mazmuni va yo‘nalishi, uning moliyaviy natijalariga, investorlami jalb qiluvchanlikka, soliq idoralari bilan kelib chiqadigan kelishmovchiliklami bartaraf etishga ta’sir etadigan buxgalteriya hisobini tashkillashga imkoniyat yaratishi lozim. Iqtisodiy asoslangan hisob siyosati korxonaning moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlaydi. Hisob siyosatini ishlab chiqishda korxonaning mulkiy alohidalanganligini, uning faoliyatini davomiyligini va hisob siyosatini qo‘llash izchilligini va boshqa bir qancha omillarni to‘g‘ri belgilab olish kerak. Shuningdek, korxonani hisob siyosati buxgalteriya hisobining mukammallik, mazmunning shakldan ustunligi, o‘z vaqtidalik, ehtiyotkorlik, muvofiqlik va boshqa tamoyillar talabiga javob berishi lozim. Korxonalarda qabul qilinadigan hisob siyosati buxgalteriya hisobini tashkillash bo‘yicha, 0‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonun, 0‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlari, 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1998-yil 15-apreldagi 159-son qarori bilan tasdiqlangan “Kichik korxonalar uchun soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qo'llash tartibi” ning oltinchi bandiga muvofiq soddalashtirilgan tartibida hisob yuritish va hisobotlar tuzish, “Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalami shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom hamda buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya hisobotlarini tuzish chog‘ida foydalaniladigan boshqa ko‘plab me’yoriy hujjatlar va uslubiy ko‘rsatmalar talabiga javob berishi kerak. Hisob siyosatida buxgalteriya hisobining alohida obyektlarini, asosiy vositalami, nomoddiy aktivlami, moddiy qiymatliklami, kreditlar va qarzlami, ishlab chiqarish xarajatlarini va moliyaviy qo‘yilmalami hisobini tashkillash usullari (xususiyatlari), shuningdek moliyaviy hisobotlami tarkibi, ulami tuzish, taqdim etish tartibi hamda ularning elementlarini batafsil yoritilishi talab etiladi. Korxona hisob siyosati korxonaning bosh buxgalteri tomonidan shakllantiriladi va buyruq bilan rasmiylashtirilib, rahbar tomonidan tasdiqlanadi. Hisob siyosati haqidagi buyruqda buxgalteriya hisobini tashkillash bo‘yicha hisob siyosatida nazarda tutilgan barcha elementlar keltiriladi. Masalan: ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish usuli va obyekti, xarajatlami hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish moddalari tarkibi, kalkulyatsiya obyekti va birligi, egri xarajatlami taqsimlash uslubi va boshqalar. Hisob siyosatida ichki hisob va hisobot tizimini tashkillash rejasini batafsil yoritish buxgalteriya hisobini ratsional tashkillashga imkon beradi. Ichki hisob va hisobot tizimini tashkillash rejasi quyidagi elementlardan tashkil topadi:

  • buxgalteriya hisobini tashkil qilish shakli (qo‘lda, kompyuterda);

  • buxgalteriya hisobini shakllari;

  • korxonani ichki hisobotlarini taqdim etish rejasi;

  • sodir boladigan xo‘jalik operatsiyalari ustidan nazorat o‘rnatish tartibi;

  • hujjatlashtirish va hujjatlar aylanishi rejasi;

  • qayta ro‘yxatga olish rejasi;

  • schyotlar rejasi va schyotlar aloqasi;

  • buxgalteriya hisobi ishlarini xodimlar orasida taqsimlash rejasi.

  • Hujjatlar rejasida korxonada xo'jalik operatsiyalarini rasmiylashtirishda foydalaniladigan hujjatlar tartibi va ulami to‘ldirishga bo‘lgan talab ko‘rsatiladi. Korxona faoliyati uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar miqdori aniqlangandan keyin ular bosmaxonada ko‘paytiriladi yoki sotib olinadi. Markazlashgan ta’minot sharoitida esa zaruriy hujjatlar yuqori tashkilotdan olib kelinadi (byudjet tashkilotlarida).

  • Qayta ro‘yxatga olish rejasida rejali va rejasiz qayta ro‘yxatga olishni o‘tkazish tartibi, shakli va muddatlari ko‘rsatiladi. Qayta ro‘yxatga olish muddatlari moddiy javobgar shaxslardan sir saqlanadi. Schyotlar va schyotlar aloqasi rejasida korxona faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqib, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun talablari doirasida, buxgalteriya hisobining 21-milliy standartiga binoan korxonada foydalaniladigan ishchi schyotlar rejasi va schyotlar aloqasi keltiriladi.

  • Buxgalteriya hisobi ishlarini xodimlar orasida taqsimlash rejasida buxgalteriya apparatini tuzilishi, buxgalteriya xodimlarining shtatlari, har bir xodim ishini yo‘riqnomasi, ulami malaka oshirishlari bo‘yicha tadbirlar va hisob ishlarini bajarish jadvali ishlab chiqiladi.

  • Buxgalteriya apparati tarkibini, uning boshqa bo‘limlar bilan aloqasi va buxgalteriya ishlarini tashkillash variantidan (markazlashtirgan yoki markazlashtirilmagan) kelib chiqqan holda belgilash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Yüklə 24,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin