Qurilish biror inshootni tayyorlash jarayoni, shuningdek shunday jarayon ketayotgan joydir. Qurilish murakkab jarayon boʻlib, unda bir necha vazifalar amalga oshiriladi. Qurilish



Yüklə 109,64 Kb.
səhifə4/15
tarix21.10.2023
ölçüsü109,64 Kb.
#158291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Qurilish

Oldingi tahrirga qarang.
7. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (B.I. Zakirov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
ikki oy muddatda yakka tartibdagi uy-joy qurilishi sohasidagi seysmik va yong‘in xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tiborni qaratgan holda, ushbu sohada huquqiy tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
2020-yil 1-dekabrgacha Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi vaqtincha nizom loyihasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilishini;
2021-yil 1-iyungacha birlamchi ruxsat berish hujjatlari, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ularni ekspertizadan o‘tkazishdan tortib obyektlarni foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan barcha qurilish jarayonlarini nazarda tutuvchi Yagona ma’muriy qurilish reglamenti ishlab chiqilishini;
2021-yil 1-iyungacha ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida loyiha-qidiruv va qurilish faoliyatiga sug‘urtalash tamoyillarini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
2021-yil 1-avgustgacha Qurilish vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens tizimining joriy etilishini, 2022-yil 1-yanvargacha esa ISO 37001 xalqaro standartiga (Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi) muvofiqlik sertifikati olinishini;
2021-yil 1-sentabrgacha fuqarolarga qurilayotgan obyektlar to‘g‘risida mustaqil ravishda axborot olish, noqonuniy qurilishlarni aniqlash, qurilish obyektlarida aniqlangan qoidabuzarliklarni qayd etish (foto va videomateriallar ko‘rinishida) va ularni qurilish sohasidagi nazorat bo‘yicha vakolatli organlarga yuborish imkonini beruvchi “Ogoh fuqaro” elektron tizimining yaratilishini;
2022-yil 1-martgacha Xalqaro ijtimoiy ta’minot assotsiatsiyasining (ISSA) konsepsiyasini joriy etishga asoslangan “Qurilish maydonchalarida jarohatlanishga barham berish” dasturining ishlab chiqilishini;
2022-yil 1-iyulgacha shahar muhiti elementlarining maqsadi, an’anaviy arxitektura va madaniyati, shuningdek, joyning tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda hududiy “dizayn-kod”ning ishlab chiqilishi va joriy etilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
2022-yildan boshlab, har yili 1-dekabrgacha joriy yil vazifalarining ijro etilishini chuqur tahlil qilgan holda kelgusi yilda ushbu Strategiya doirasida amalga oshirish ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar bo‘yicha reja-grafiklarning ishlab chiqilishi hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin.
(7-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
8. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) hamda Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Kamilov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-iyungacha muddatda Xalqaro mehnat tashkilotining Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi to‘g‘risidagi 167-son Konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi maqsadga muvofiqligini o‘rganib chiqsin va o‘rganish natijalariga ko‘ra Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritsin.
9. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I.I. Norqulov) har yili Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Strategiyani amalga oshirishga doir “Yo‘l xaritasi”da ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda yo‘nalishlar bo‘yicha zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi va Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi hamda ularning tuman bo‘limlari Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bo‘ysunuviga berilsin.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Qurilish vazirligi (B.I. Zakirov) ikki oy muddatda Toshkent shahri Qurilish bosh boshqarmasi va Toshkent shahri tumanlari qurilish bo‘limlarining vazifalari, funksiyalari va tashkiliy tuzilmalarini qayta ko‘rib chiqsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga:
Strategiya o‘z vaqtida va samarali ijro etilishi ustidan parlament nazoratini o‘rnatish;
vazirlik va idoralar, shuningdek, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining Strategiyani amalga oshirish doirasida qilingan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini har chorakda Senat va Qonunchilik palatasi majlislarida eshitib borish tavsiya etilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
13. Qurilish vazirligi (B.I. Zakirov) boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil etish maqsadida Bosh vazir o‘rinbosarlari (A.J. Ramatov, J.A. Qo‘chqorov, S.U. Umurzakov):
mutasaddi vazirlik va idoralarning ushbu Farmonda nazarda tutilgan ko‘rsatkichlarga to‘liq va o‘z vaqtida erishilishini ta’minlash bo‘yicha birinchi navbatdagi vazifalarini belgilasin hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirsin;
zarur mablag‘larning o‘z vaqtida ajratilishi, manzilli sarflanishi va to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlasin;
har oyda mas’ul shaxslarning qilingan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitib borsin;
zimmasiga yuklangan vazifalarning to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlamagan mansabdor shaxslarga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha bo‘lgan ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risida takliflar kiritib borsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri B.I. Zakirov:
(14-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
ikki hafta muddatda qurilish tarmog‘ini rivojlantirishning belgilab qo‘yilgan ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha idoralararo ishchi guruhlarini tuzsin;
ushbu Farmonda nazarda tutilgan ko‘rsatkichlarga erishish jarayonida vujudga keladigan joriy muammolarni joyida tezkor hal etish choralarini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Mazkur Farmonning ijrosini har chorakda muhokama qilish, ijro uchun mas’ul organlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.J. Ramatov hamda qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorak yakuni bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi to‘g‘risida axborot taqdim etilsin.

Yüklə 109,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin