Qurilish biror inshootni tayyorlash jarayoni, shuningdek shunday jarayon ketayotgan joydir. Qurilish murakkab jarayon boʻlib, unda bir necha vazifalar amalga oshiriladi. Qurilish



Yüklə 109,64 Kb.
səhifə15/15
tarix21.10.2023
ölçüsü109,64 Kb.
#158291
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Qurilish

Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Ko‘rsatkich nomi

Joriy holat

Maqsad:

2021-yil

2023-yil

2025-yil

2.

2025-yilga borib milliy shaharsozlik normalari va qoidalarini xalqaro normativ va standartlar bilan uyg‘unlashtirishga erishish.

-

10%

30%

50%

3.

2025-yilga borib “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi doirasida qo‘shimcha to‘rtta elektron platforma yaratilishini ta’minlash.

-

1

2

4

4.

2025-yilga borib loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishning “hajm” uslubini joriy etish ulushini respublikadagi qurilish obyektlarining umumiy soniga nisbatan 50 foizgacha yetkazish.

-

-

25%

50%

5.

2025-yilga borib arxitektura va qurilish sohasidagi oliy ta’lim muassasalaridan birining xalqaro tan olingan tashkilotlar reytinglaridagi Osiyo mamlakatlarining eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga (TOP-1000) kirishi.

-

-

-

1

6.

2025-yilga borib shaharlarning barchasini bosh rejalar bilan qamrab olishga erishish.

95%

96%

98%

100%

7.

2025-yilga borib shahar posyolkalarining 25 foizini bosh rejalar bilan qamrab olishga erishish.

14%

18%

22%

25%

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son Farmoniga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-maydagi “Kapital qurilishda loyiha va qurilish ishlarini amalga oshirish tartibini optimallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5445-son Farmoni 1-bandining ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasining davlat rivojlanish dasturlariga kiritilgan” so‘zlari “budjet tizimi budjetlaridan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafilligi ostidagi qarzlar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni istisno etgan holda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-avgustdagi “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi PF-5515-son Farmonida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “Qurilish vazirligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 2-bandda:
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi-oltinchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi-beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-noyabrdagi “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5577-son Farmonida:
a) 1-bandning “b” kichik bandida:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 5-bandning “a” kichik bandida:
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi tegishlicha to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5624-son Farmoni 1-bandining “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga uni davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ etib belgilagan holda Agentlikning mazkur sohadagi vakolatlarini o‘tkazish. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi portalida qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha operator etib belgilansin”.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi “O‘zbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5963-son Farmoni 1-bandning “g” kichik bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qurilish sohasida o‘tkaziladigan davlat xaridlarida elektron reytinglarga kiritilgan va tegishli mezonlar (ish tajribasi, moliyaviy barqarorligi, shtatida ma’lumotlari “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritilgan malakali xodimlarning mavjudligi va boshqa mezonlar) bo‘yicha ijobiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan loyiha-qidiruv va qurilish pudrat tashkilotlarining ishtirok etishiga yo‘l qo‘yiladi”.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi “Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3550-son qarorining 2-ilovasi quyidagi mazmundagi 32-band bilan to‘ldirilsin:
“32. Binolar, inshootlar va muhandislik kommunikatsiyalarini kapital qurish va ta’mirlash bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridini amalga oshirish uchun tender (tanlov) hujjatlarini va texnik vazifalarni kompleks ekspertizadan o‘tkazishda tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmlarini va ularning narx parametrlarini baholash qismida ekspertiza o‘tkaziladi”.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3953-son qarorining ilovasi quyidagi mazmundagi 39-band bilan to‘ldirilsin:
“39. Texnik tartibga solish sohasidagi milliy normativ hujjatlar, davlat standartlarini ishlab chiqish va qayta ishlash, shuningdek, shaharsozlik faoliyati sohasidagi xorijiy normativ hujjatlarni moslashtirish”.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini berish hamda arxitektura-qurilish ishlarini amalga oshirish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4427-son qarorida:
2-bandning “a” kichik bandi beshinchi xatboshisidan “, arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqiladi. Bunda arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish xarajatlari yer uchastkasini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan tushadigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
2-bandning “a” kichik bandi oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-fevraldagi “Qurilish-montaj ishlari sifatini tubdan yaxshilash va qurilishni nazorat qilish tizimini takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi PQ-4586-son qarorida:
2-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qurilish sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillariga rioya qilinmagan hamda aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha kamida ikkita ko‘rsatma bajarilmagan taqdirda qurilish-montaj ishlarini to‘xtatib qo‘yish va demontaj ishlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi da’vo bilan sudga murojaat qilish”;
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2020-y., 06/20/6119/1570-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Markaz haqida
Sayt yangiliklari
Saytda reklama
RSS



© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi
Yüklə 109,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin