Qo`rg`oshinli oq bo`yoq


Zarg`aldoq – qizil kadmiy, yorqin qizil, to`q



Yüklə 167,5 Kb.
səhifə2/8
tarix29.11.2023
ölçüsü167,5 Kb.
#169845
1   2   3   4   5   6   7   8
bo\'yoqlar

Zarg`aldoq – qizil kadmiy, yorqin qizil, to`q
qizil, (krasnыy purpurnыy)
Pigment kerakli nisbatda olingan sulfid va selenid kadmiyning birikmasidan iborat.
Qizil kadmiyning rangi va tusi undagi selenid kadmiyning miqdoriga bog`liq. Unda selenid kadmiy qancha ko`p bo`lsa, bo`yoqdagi qizil tus shuncha to`yingan bo`ladi; bo`yoqlar juda katta rang to`yinganligiga, yorqinlik va tozalikka ega. Qizil kadmiyning rangi kinovar rangiga yaqin.
Bo`yoqlarning xarakterli xususiyatlari:
a) ular qurigandan so`ng rangini o`zgartirmaydi,to`q va yorqin holda qoladi.
b) mustaxqam qoplovchiliq xususiyatiga ega.
v) pinen va №2 suyultirgich aralashtirilsa rangi o`chadi.
Bo`yoqlar yorug`likka chidamli.
Zarg`aldoq va qizil kadmiy bo`yoqlar vodorod sulfid va sulfat gazlari ta'sirida rangini o`zgartirmaydi. Qizil kadmiy 1912 yildan buyon ishlatiladi.


Kobalt bo`yoqlar
Sovuq tusli yorqin yashil kobalt, to`q yashil kobalt, ko`k kobalt, yorqin siyohrang kobalt, to`q siyohrang kobalt, ko`k spektral kobalt va tseruleum.
Kobalt pigmentlarining kimyoviy tarkibi quyidagicha metall oqsidlarining birikmasidan iborat.
To`q kobalt- kobalt gidroksid, rux oqsidi va alyuminiy oqsididan tashkil topgan.
Sovuq tonli yorqin kobalt – shpinelidlarning qattiq eritmasidan tashkil topgan.
To`q yashil kobalt – sal pal ko`kishroq jilva beruvchi bo`yoq.
Yorqin yashil kobalt – shpinelsimon alyuminat kobaltning fosfat va rux tuzlarining aralashmasidan iborat.
Siyohrang yorqin kobalt – ortofosfor kislotasining ikkalasi ammoniy-kobalt tuzlaridan iborat.
Kobalt bo`yoqlarining rang va tuslari kobalt tuzlarining turli birikmalariga bog`liq bo`ladi. Masalan, yorqin siyohrang kobalt pushti siyohrangga ega, to`q siyohrang kobalt esa – to`q siyohrang bo`ladi. Spektral ko`k kobalt esa ultramarinni eslatadi, lekin juda jarangdor. Ko`k kobalt ikkita tusni bera oladi – yorqin va to`q tuslar . To`q yashil kobalt esa sovuq tusli kobaltlardan farq qiladi. TSeruleum – osmon rang bo`yoq.
Kobalt bo`yoqlarining xarakterli xususiyatlari:
a) lessirovkalik xususiyatiga ega.
b) tez quruvchan bo`yoq; sikkativ xususiyatiga ega, boshqa bo`yoqlar bilan ham aralashtirilsa, ularni ham tez quritadi.
v) qoplovchi bo`yoq;
g) tseruleum boshqa kobalt bo`yoqlaridan farq li ravishda sun'iy yorug`likda rangini o`zgartirmaydi.
d) kobalt bo`yoqlarning intensivligi o`rtacha.
Yorqin siyohrang kobaltdan tashqari barcha kobalt bo`yoqlar yorug`likka chidamli. Kobalt bo`yoqlar vodorod sulfid va sulfat gazlari ta'sirida rangini o`zgartirmaydi.
To`q rangli kobalt 1859 yildan buyon ma'lum;yorqin kobalt – 1880 yilda ; yashil kobalt 1870 yilda kashf qilingan. XIX asrdan buyon qo`llanilib kelinadi.



Yüklə 167,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin