9
Elektron murojaat belgilangan tartibda axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
vositasida berilgan, shu jumladan davlat organining,
tashkilotning
rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan murojaat,
real vaqt rejimida axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda berilgan og‘zaki murojaatlar
bundan mustasno.
Murojaatlar, ularning shakli va turidan qat’i nazar, bir xil ahamiyatga
ega bo‘lib, murojaat muallifiga yozma yoki elektron shaklda javob yuborilishi shart.
Shu bilan birga, davlat organi, tashkilotining rahbariga yoki vakolat berilgan
boshqa mansabdor shaxsiga ommaviy qabullar vaqtida tushgan va joyida hal etilgan
og‘zaki murojaatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish talab
qilinmaydi hamda bunday
murojaatlarga yozma yoki elektron shakldagi javob xati yuborish talab etilmaydi.
IV. Murojaatning mazmuni
Murojaatlarga qo‘yiladigan talablar
Murojaat “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi
Qonunning 6-moddasi talablariga javob berishi lozim.
Agar
jismoniy shaxs tomonidan murojaat yuborilgan bo‘lsa, u o‘z
ichiga
quyidagilarni olishi kerak:
murojaat qiluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi
;
yashash joyi haqida ma’lumot;
davlat organining,
tashkilotning aniq nomi,
murojaat yuborilayotgan
mansabdor shaxsning lavozimi va (yoki) familiyasi (ismi, otasining ismi)
ko‘rsatilishi;
murojaatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi;
murojaat etuvchi(lar)ning imzosi bilan tasdiqlanishi;
vakil tomonidan murojaat qilinayotganda – vakilning vakolatini tasdiqlovchi
hujjat
(ishonchnoma).
Agar
yuridik shaxs tomonidan murojaat yuborilgan bo‘lsa, u o‘z ichiga
quyidagilarni olishi kerak:
yuridik shaxsning to‘liq nomi;
uning joylashgan yeri (pochta manzili) haqida ma’lumot;
davlat organining, tashkilotning aniq nomi, murojaat yuborilayotgan
mansabdor shaxsning lavozimi va (yoki) familiyasi (ismi, otasining ismi)
ko‘rsatilishi;
murojaatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi;
yuridik shaxs nomidan murojaat qilayotgan vakolatli shaxsning imzosi;
10
vakil tomonidan murojaat qilinayotganda – uning vakolatini tasdiqlovchi
hujjat
(ishonchnoma).
Murojaatlar davlat va boshqa tillarda topshirilishi mumkin.
Shu bilan birga
murojaatga javoblar
mumkin qadar murojaat etilgan tilda bayon etiladi.
Dostları ilə paylaş: