Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-oktabrda qabul qilingan


-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga doir davlat kafolatlari



Yüklə 208,16 Kb.
səhifə4/13
tarix07.01.2024
ölçüsü208,16 Kb.
#201348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O‘RQ-595 16.12.2019

6-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga doir davlat kafolatlari
Har bir bola maktabgacha ta’lim va tarbiya olish huquqiga ega.
Davlat har bir bolaning umumiy o‘rta ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirishidan bir yil oldin davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tishga bo‘lgan huquqini kafolatlaydi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni 15-bandining ikkinchi xatboshisi.
Bolaning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishiga doir davlat kafolatlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari negizida maktabgacha ta’lim va tarbiya xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek ta’lim va tarbiya berishning muqobil shakllarini tashkil etish orqali ta’minlanadi.
2-bob. Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasini tartibga solish
[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha ta’lim va tarbiya]

7-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini amalga oshiruvchi organlar
Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini amalga oshiruvchi organlar quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Davlat inspeksiyasi deb yuritiladi);
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
o‘z tasarrufida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lgan boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
mahalliy davlat hokimiyati organlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilmagan organlar hamda tashkilotlar qonunchilikka muvofiq maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha ta’lim va tarbiya]

8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat dasturlari ishlab chiqilishini, tasdiqlanishini va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentabrdagi PQ-3261-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son qarori.
o‘z vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-iyundagi 475-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 944-sonli qarori.
maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlaydi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilaydi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning, shuningdek nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziyalarning (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) berilish tartibini belgilaydi;
maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]

9-modda. Davlat inspeksiyasining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari
Davlat inspeksiyasi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni sifati ustidan nazoratni va monitoringni amalga oshiradi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazadi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga malaka toifalari berilishini tashkil etadi;
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida litsenziyalar beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat inspeksiyasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish;

3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha ta’lim va tarbiya]

10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi:
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonunchilikning ijro etilishini ta’minlaydi;
(10-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
o‘z vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi hamda ularni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatiga uslubiy jihatdan rahbarlikni amalga oshiradi;
maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganadi, umumlashtiradi va ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘quv-uslubiy, didaktik materiallar, badiiy adabiyotlar, rivojlantiradigan o‘yinlar va o‘yinchoqlar bilan ta’minlanishini, shuningdek ularning moddiy-texnika bazasi jihozlanishini hamda mustahkamlanishini tashkil etadi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 746-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash va ekspertizadan o‘tkazish, ularni nashr qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining malakasiga doir talablarni belgilaydi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni hamda ularning malakasini oshirishni ta’minlaydi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi statistika ma’lumotlarining hisobi yuritilishini hamda tahlil qilinishini ta’minlaydi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi ilmiy-tadqiqot hamda ilmiy-uslubiy faoliyatni amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi;
bolaning qonuniy vakillariga uslubiy, maslahat yordami va boshqa yordam ko‘rsatadi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimiga investitsiyalar hamda grantlarni jalb etish choralarini ko‘radi, chet el investitsiyalari ishtirokidagi amaldagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini boshlaganligi yoki tugatganligi haqida xabarnomalarni qabul qiladi, ularning reyestrini yuritadi.
(10-modda birinchi qismining o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-martdagi O‘RQ-823-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 03/23/823/0150-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish;

3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha ta’lim va tarbiya;

4.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruv]

11-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga davlat tomonidan kafolatlangan hajm doirasida bepul malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘z vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonunchilikning ijro etilishini ta’minlaydi;
(11-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda bolaning yoshiga va fiziologik ehtiyojlariga mos keladigan, ratsional hamda mutanosib ovqatlanishi uchun maktabgacha ta’lim tashkilotidagi tabiiy mahsulotlar to‘plamini belgilaydi;
alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni sog‘lomlashtirishga qaratilgan davolash-sog‘lomlashtirish, reabilitatsiya, sanitariya-gigiyena va profilaktika tadbirlarini o‘tkazadi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilishini tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha ta’lim va tarbiya]

12-modda. O‘z tasarrufida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining vakolatlari
O‘z tasarrufida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari:
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonunchilikning ijro etilishini ta’minlaydi;
(12-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi tarmoq dasturlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuvga ko‘ra o‘z tasarrufidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qayta tashkil etadi va tugatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘z tasarrufida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha ta’lim va tarbiya]

13-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonunchilikning ijro etilishini ta’minlaydi;
(13-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
maktabgacha yoshdagi bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim va tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
o‘z vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat-xususiy sheriklik borasidagi faoliyatni amalga oshiradi;
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining va maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining ijtimoiy himoya qilinishini, hayoti, sog‘lig‘i muhofaza qilinishini, shuningdek huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga ko‘maklashadi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimiga investitsiyalar jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘radi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni beradi;
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuvga ko‘ra tegishli hududda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi, tugatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish;

3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha ta’lim va tarbiya]

14-modda. Fuqarolarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi tadbirlarda ishtirok etishi
Fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari:
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni hamda boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
aholi o‘rtasida fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tushuntirish ishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi.
Fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.

Yüklə 208,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin