Qon sistemasi fiziologiyasi


Qon yo’qotish oqibatida kelib chiqadigan kamqonlik



Yüklə 26,67 Kb.
səhifə2/4
tarix11.04.2023
ölçüsü26,67 Kb.
#96293
1   2   3   4
17.Qon sistemasi fiziologiyasi

Qon yo’qotish oqibatida kelib chiqadigan kamqonlik
Kamqonlikning bu xili nihoyatda ko’p uchraydi. Juda xilma-xil ixtisoslikdagi hamshiralar shu xildagi kamqonlikni kuzatishadi. Kamqonlikka olib keladigan qon oqishining eng ko’p uchraydigan sabablariga jarohatlanish, abort yoki tug’ish, bachadon raki yoki fibromasi, me’da, ichaklar raki, me’da yoki 12 barmoq ichak yarasi, bavosil, o’pka sili yoki to’qimaning zo’r berib parchalanishi bilan o’tadigan boshqa o’pka kasalliklari, gemorragik diatezning har xil turlari kiradi.
Qon oqqandan keyin kuzatiladigan kamqonlikning klinik manzarasi va o’tishiga qarab uni 2 turga ajratish kerak:

  1. O’tkir qon yo’qotish natijasida paydo bo’ladigan kamqonlik.

  2. Surunkali qon yo’qotishdan paydo bo’ladigan kamqonlik.

O’tkir qon ketishi qon ko’p yo’qotilgan taqdirdagina kamqonlikka olib keladi. O’tkir qon yo’qotishdan keyingi kamqonlikning umumiy belgilariga quvvatsizlik, quloq shang’illashi, bosh aylanashi, hushdan ketish kiradi. Odam hansirab, yuragi o’ynaydi, ko’zi xiralashadi; bemor oqarib ketadi, lekin sariqlikdan asar ham bo’lmaydi; ko’z skleralari och havorang tusga kiradi, lablari va boshqa shilliq pardalari qonsiz bo’lib ko’rinadi. Qon oqqandan keyin puls dastlab bo’sh, kuchsiz bo’ladi va tezlashib ketadi. Yurakni eshitish nuqtalarida sistolik shovqin eshitiladi. Arterial bosim pasayib ketadi. Kapillarlar turi rangsiz va siyrak bo’ladi. Bu xildagi kamqonlikda aylanib turgan qon miqdori umuman kam bo’ladi. Ba’zan aylanib turgan qon hajmi biroz ko’payib qoladi ham, chunki qon yo’qotish, odatda, suyuqlikning to’qimalardan qonga tez o’tishi bilan davom etadi. Bunda qon suyulgan — gidremik bo’lib qoladi. Og’ir hodisalarda komatoz holat boshlanib, odam qattiq hansiraydi, tana harorati 34—33° C gacha pasayib ketadi, yurak tonlari arang bilinadi, mushaklar tortishib sianoz paydo bo’ladi. Bu og’ir o’zgarishlarning kelib chiqishi bosh miya va yurak singari a’zolarga kislorod yetishmay qolishi bilan bog’liq.
Tez, takror (surunkali) qon oqishi hatto bir marta juda oz qon yo’qotilganda ham, ba’zan kamqonlikning avj olishiga olib keladi. Biroq ko’p yillargacha shu tariqa oz-ozdan qon oqib turishi kompensator o’zgarishlar natijasida kamqonlik belgilarining kelib chiqmasligiga olib keladi. Har yili necha martadan qon oqib ketishiga to’g’ri ichak venalarining varikoz kengayishidagi bavosildan qon oqishi misol bo’la oladi. Bunday bemorlar dastlabki yillarda qon ketgandan keyin o’z ahvolida o’zgarish sezmaydilar, ular qonining tarkibi esa uzoq vaqtgacha normal bo’ladi. Biroq asta-sekin yangidan yangi qon yo’qola borgani sayin ko’mikning ana shu giperfunksiyasi susaya boshlaydi va gipofunksiya holati bilan almashinadi. Qon tarkibida eritrotsitlar, gemoglobin kamaya boshlaydi. Rang ko’rsatkichi 0,6—0,5 gacha pasayadi. Kamqonlik, odatda, keskin gipoxrom xarakterga ega bo’ladi, bu temir yetishmovchiligiga bog’liq.

Yüklə 26,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin