Qon aylanishining ahamiyati, yurakning tuzilishi slayd



Yüklə 8,59 Kb.
səhifə1/3
tarix05.12.2023
ölçüsü8,59 Kb.
#173577
  1   2   3
Yurak va qon aylanish tizimi

Mavzu:Yurak va qon aylanish tizimi


1. Qon aylanishining ahamiyati
2. Yurakning tuzilishi
3. Yurak avtomatiyasi
4. Yurak sikli
5. Yurak ishining nerv boshqarilishi
6. Yurak ishining gumoral boshqarilishi
REJA:

Qon aylanishining ahamiyati

  • Yurak va qon tomirlari qon aylanish sistemasi organlari hisoblanadi. Yurak muskullari qisqarib, organizmda qonning to'xtovsiz oqib turishini ta’minlaydi. Qonning tomirlar bo'ylab oqib turishi qon aylanishi deyiladi. Qon aylanishi tufayli to‘qima va hujayralarga oziq moddalar va kislorod to'xtovsiz kelib turadi, moddalar almashinuvi mahsulotlari organizmdan chiqarib turiladi.

Yurakning tuzilishi

  • Yurak qon aylanish sistemasining markaziy organi hisoblanadi. Yurak xaltaga o'xshash muskulli organ bo'lib, ko'krak qafasida, to‘sh suyagi orqasida joylashgan. Uning ko'proq qismi ko'krak qafasining chap qismida turadi. Yurakning kattaligi odam mushtidek keladi. Uning massasi erkaklarda 220-300 g, ayollarda 180-220 g bo'ladi.

Yurakning tuzilishi: a - tashqi ko'rinishi, b – ichki tuzilishi:
1 - aorta yoyi, 2- yuqori kovak vena, 3 - o‘pka arteriyasi,
4 - o'pka venasi,
5 - pastki kovak vena, 6- o'ng bo‘lmasi, 7 - chap bo'lmasi,
8 - tavaqali klapanlar, 9 - chap qorincha, 10- o'ng qorincha.

Yurakning tuzilishi

  • Yurak nasos singari qonni qon tomirlariga haydab chiqaradi. Tinch turgan odam yuragining yurak qorinchalari bir marta qisqarganda 65-70 ml qonni aortaga chiqaradi. Bu yurakning sistolik hajmi deb ataladi. Sistolik hajmni bir minutdagi qisqarishlar soniga ko‘paytirish orqali har bir yurak qorinchasining minutlik sistolik hajmini topish mumkin, ya’ni minutlik hajmi o'rtacha tinch holatda 5 litr (70x70 =4,9). Odam yuragi boshqa sutemizuvchilar singari to'rt kamerali bo'ladi. Yurak tashqi tomondan ikki qavat biriktiruvchi to‘qimadan iborat yupqa yurakoldi xaltasi bilan o‘ralgan. Bu qavatlar o'rtasidagi bo'shliqdagi suyuqlik yurak qisqarganida ishqalanishni kamaytiradi. Yurak devori uch qavatli bo‘ladi. Ichki qavati yurak bo‘lmalari va qorinchalari bo‘shlig‘ini qoplab turadigan yupqa epiteliydan iborat. Yurak devorining o‘rta qavati esa yurak muskullaridan iborat. Devorning tashqi qavati biriktiruvchi to‘qimadan iborat.

Yüklə 8,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin