Qirg’iziston – O’zbekiston o’rtasidagi o’zaro munosabatlar



Yüklə 30,38 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü30,38 Kb.
#211237
  1   2
Qirg\'iziston-O\'zbekiston Karimov Farrux 311



Qirg’iziston – O’zbekiston o’rtasidagi o’zaro munosabatlar
Karimov Farrux Farhodovich
Denov tadbirkorlik va pedagogika institute talabasi
Annontatsiya : Ushbu maqola orqali O’zbekistonning qo’shni Qirg’iziston davlati bilan siyosiy-iqtisodiy aloqalari haqida manba ulashish. Qirg’iziston – O’zbekiston davlatlari oʻrtasida diplomatiya munosabatlari 1993-yilda oʻrnatildi 2000-yil sentabrda Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimovning Bishkekka, 1996-yil dekabr va 1998-yil noyabrda Qirg’iziston Prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi boʻlib oʻtdi. 1996-yil 24-dekabrda ikki davlat oʻrtasida imzolangan "Abadiy doʻstlik toʻgʻrisida"gi shartnoma davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosi hisoblanadi.
Kalit so’zlar: «Qirg‘iziston», «Lola inqilobi», Oliy Kengash, BMT, “ Arnapis”, MDH.
Markaziy Osiyo respublikalari ichida eng kichigi — tog‘li Qirg‘iziston ittifoq markaziga bo‘ysundirilgan sanoatga ega bo'lib, markaz dotatsiyasi respublika budjetining 60 foizini qoplar edi. Aholining 53 foizdan kamrog‘i qirg‘izlar — 21 foiz, o'zbeklar — 13 foizni tashkil etar, boshqa turkiyzabon xalqlar, ukrainlar, nemislar istiqomat qilardi. Mamlakatda ko'pchilikni tashkil etgan shimoliy va janubiy qirg‘izlar o'rtasida raqiblik, shuningdek, janubda qirg‘izlar va o‘zbeklar o‘rtasida ham raqobat bor edi. Sanoatda rus mutaxassislari asosiy rol o‘ynardi. Rossiyaning markaziy shaharlarida o‘qish davomida Iiberalizmga moyillik orttirgan qirg‘iz mutaxassislarining ta’siri va saylovchilar Assotsiatsiyasi harakatlari tufayli SSSR Xalq deputatlari syezdiga yuborilgan delegatlar ichida sovet tuzumini saqlab qolish tarafdorlari qo‘shni respublikalardagiga nisbatan ko‘p emas edi. 1990-yilda esa Qirg‘iziston janubidagi o‘zbeklar va qirg'izlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarni bartaraf eta olmagani va milliy-liberal va milliy-demokratik ruhdagi o‘nlab partiya va guruhlaming paydo bo‘lishi sababli kommunistik partiya o‘z mavqeini yo‘qotdi. Yuz minglab kishilarni birlashtirgan «Qirg‘iziston» demokratik harakati mamlakat suvereniteti va bozor islohotlariga da’vat etdi. Uning ta’sirida Oliy Kengash 1990-yil dekabrida suverenitet deklaratsiyasini qabul qildi va SSSR ni konfederatsiyaga aylantirishga ovoz berdi. Moskvada g‘alaba qozongan Demokratik Rossiya bilan yakdil bo‘lgan milliy-liberal va demokratlar talabiga ko‘ra, Oliy Kengash Qirg‘izistonning siyosiy suverenitetini e’lon qilishga va, hatto, kompartiyani taqiqlashga majbur bo‘ldi [1].
1991-yil oktabrdagi umumxalq saylovlarida liberal-demokrat, akademik A. Akayev mamlakat prezidenti etib saylandi. U «o‘tmish bilan bahslashmasdan olg‘a yurish»ga da’vat etdi. Qirg‘izistonda davlatchilikning shakllanishi liberal-demokratik partiya va guruhlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, Akayevning o‘z «jamoa»si yo‘qligi ilgarigi «nomenklatura» va yaqinda tiklangan kompartiyaning islohotlarga shafqatsiz qarshilik ko‘rsatishi hamda urug‘-aymoqlar o‘rtasidagi raqiblik, hokimiyatning suiiste’mol qilinishi va korrupsiya sharoitida kuchaygan millatlararo mojarolar ta’sirida murakkablashgan edi. Ammo ba’zi respublikalar uchun an’anaviy bo‘lgan konformistik (loqaydlik, befarqlik) ruhdagi aholining ovoz berishi oqibatida 1992-yil kuzidagi Oliy Kengash saylovlarida islohot dushmanlari — sobiq sovet kommunist arboblar va turli urug‘larning rahbarlari ko'pchilik ovozga ega bo‘lishdi. Qayta tiklangan kompartiya qasd olishga harakat qildi. Ortga qaytish xavfi tug'ildi. Shunga qaramasdan, 1993-yil may oyida oldinga qadam qo‘yishga, ya’ni Oliy Kengash tomonidan yangi konstitutsiyaning qabul qilinishiga erishildi, erkinliklari e’tirof etildi, ammo xususiy mulk chekladi [2].
Qirg‘iziston umumxalq saylovida saylanadigan prezidentli va ikki palatali parlament — Jo‘qorg‘i Kengesi ega respublikaga aylandi. Prezident oldidajavobgar bo‘lgan hukumat parlamentga bo‘ysunadi. Mamlakat poytaxti nomi Bishkek deb o‘zgartirildi. 1994 va 1995-yillardagi referendumlarda konstitutsiyaga hokimiyat turli tarmoqlarining vazifalarini belgilash va ularning o‘zaro munosabatini belgilovchi tuzatishlar kiritildi. Hukumatda o‘z mansabini suiiste'mol qilish hollaridan xabar topgan raqiblarning tobora kuchayib borayotgan hujumlaridan o‘zini himoya qilish maqsadida A. Akayev 1994-yil boshida prezidentga ishonch to‘g‘risida referendum o'tkazdi va ko'pchilik tomonidan qo‘llab-quwatlandi. Kelasi yili yana prezident etib saylandi. 2000-yildagi parlament saylovlarida Akayevni qo‘llab-quvvatlayotganlar ko'pchilik o'ringa ega bo'lishdi va Prezidentga ancha xayrixoh bo‘lib qolgan kommunistlar muvaffaqiyatga erishishdi. Hukumat «Ar-Napis» demokratik harakatidagi Akayevni tanqid qiluvchilar faolligiga zarba berib, uning rahbarini hibsga oldi. Bu esa ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi va vaziyatni keskinlashtirdi. Ammo Akayev raqiblari kuchsizlashgan edi. 2000- yildagi prezident saylovlarida unga saylovchilarning 7 5 foizi ovoz berdi va u to‘rtinchi marta prezident etib saylandi. Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlami amalga oshirish qiyinroq kechdi [3].
1990- yildan boshlangan ishlab chiqarishning pasayishi, ittifoq markazining buyurtma va investitsiyalari to'xtagandan so‘ng, yanada tezlashdi. 1995- yilda mamlakatda ishlab chiqarish hajmi 1990-yildagiga nisbatan 39 foizni tashkil etdi. 1991—1993-yillarda Rossiya Federatsiyasi texnik kreditlar taqdim etgan bo‘lsa-da, dotatsiyalarning to'xtashi va daromadning qisqarishi budjetni parchaladi va yirik inflatsiyani yanada tezlashtirdi. Hukumatning narxlar o'sishini to‘xtatishga urinishlari zoye ketdi. Maorif, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot tizimi izdan chiqdi. Bu ijtimoiy va millatlararo munosabatlarning murakkablashishi, hokimiyatning suiiste'mol qilinishi va jinoyatchilikning o‘sishiga olib keldi. 1991-yildayoq hukumat XVF ishtirokida xo'jalikni davlat tasarrufidan chiqarish dasturini ishlab chiqqan edi. Narxlarni liberallashtirish boshlandi, 1993-yilda esa milliy valuta — som muomalaga kiritildi. Lekin, hatto, XVF yordami bilan ham inflatsiyani pasaytirish va uning barqarorlashishiga erishila olmadi,1998-yilga kelib davlat qo‘lida uning ilgarigi mulkining atigi 5,6 foizi qoldi. Bu mulkning katta qismi korxonalar xodimlari, menejerlar, xorijiy va mahalliy investorlar ixtiyoriga o‘tdi. Jahon banki ishtirokida ishlab chiqarishni moliyalash yo‘lga qo‘yildi va banklar tizimi yaratildi [4].
1996- yildan boshlab ishiab chiqarish o‘sa boshladi, 1997-yilda esa hukumat islohotlarning ikkinchi bosqichi, ya’ni korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish boshlanganini e'lon qildi. Ko‘pgina millatchilarga qarshi chiqib, 1991 -yildagi yer to‘g‘risidagi qonunda yer nafaqat qirg‘izlarga, balki barcha Qirg‘iziston fuqarolariga tegishli ekanligi haqida yozilishiga erishildi. Samarasiz foydalanilayotgan yerlar, ya’ni barcha haydalma yerlaming 50 foizi davlat fondiga aylandi. Bu yerlardan qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilar uchastkalarni egalik huquqlarini meros qoldirish huquqi bilan 50 yil muddatga ijara olishardi. Bu xususiy xo'jaliklar sonining oshishi va mustahkamlanishining boshlanishi bo‘ldi. Prezident farmoniga ko‘ra, 1996-yildan boshlab yerni ijaraga olish, sotish va garovga berish mumkin bo‘ldi. Bu yerga bozor munosabatlarining joriy etilishi edi. Ikki yildan so‘ng, 1998-yilda yerga xususiy mulkchilik to‘g‘risidagi qonun qabul qilingandan keyin, uning hajmini qisqartirish va egalari doirasini cheklashlar ishlab chiqildi. 90-yillarning ikkinchi yarmida oziq-ovqat ishlab chiqarishi jonlana boshladi, ammo ko'pchilik aholining turmush darajasi deyarli yaxshilanmadi. Mamlakat uchun nihoyatda zarur bo‘lgan rus mutaxassislari va yer egalarining ko‘chib ketishlarini to‘xtatish maqsadida Prezident rus tilining millatlararo so‘zlashuv tili deb tan olinishiga hamda, eng awalo, Rossiya madaniyati va fani yutuqlarini o‘rganish maqsadida Slavyan universitetining ochilishiga erishdi. Mamlakat barcha fuqarolarining yerga egalik qilish huquqining e'tirof etilishi uni ruslarga, o‘zbeklarga hamda boshqa millat vakillariga berishga va bu bilan ko'pgina mojarolarni bartaraf etishga imkon berdi. Millatchi ekstremistlar va islom aqidaparastlarining millatlararo nizolar urug‘ini sochishga bo‘lgan urinishlari bartaraf qilindi [5].
Mamlakatni xalqaro mojarochilardan himoya qilish maqsadida qurolli kuchlar barpo etildi. Ular tez-tez ro‘y berib turgan islom aqidaparastlari to‘dalari hujumlarini qaytarib turibdi. 2005-yilga kelib ahvol murakkablashdi. Hukumatga qarshi kuchlar «Lola inqilobi» o‘tkazdilar. A. Akayev hokimiyatdan voz kechdi. Hokimiyatga kelgan Kurmanbek Bakiyev kuch ishlatar tizim larga tayanib, jamiyatda shaxsiy hukmronligini mustahkamlashga, muxolifat ni butun lay tugatishga harakat qildi. Ammo bu harakat uzoqqa bormadi. 2010-yili «Aprel inqilobi» deb atalgan ommaviy hara kat natijasida K. Bakiyev hokimiyati ag‘darib tashlandi. U oila a’zolari bilan mamlakatdan qochib ketdi. Mamlakatda tartibni saqlash uchun Roza Otunbayeva boshchiligida muvaqqat hukumat tashkil qilindi. Biroq, hokimiyatning kuchsizligidan foydalangan millatchi va ekstre mistik kuchlar 2010-yil iyunda Janubiy Qirg‘izis tonning O‘sh va Jalolobod shaharlarida bu yerdagi o‘zbek jamoalariga qarshi fitna uyushtirdi. Almazbek Atambayev 2011-yil oktabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasi yetakchisi Almazbek Atambayev prezi dent etib saylandi. Mustaqillik yillarida Qirg‘iz Respublikasi og‘ir iqtisodiy inqirozni boshdan kechirdi. Bu davrda bozor iqtisodiga o‘tish uchun islohotlar o‘tkazilib, ular 2000-yillardan iqtisodiy o‘sishga olib keldi. Asosiy sanoat kor xonalari xususiy lashtirildi, yerga xususiy mulkchilik joriy qilindi. Oltin va simob Asqar Akayev qazib olish keskin oshirildi. Qirg‘iziston oltin qazib chiqarishda MDHda Rossiya va O‘zbekistondan keyin uchinchi o‘ringa chiqdi [6].
Qirg’iziston – O’zbekiston davlatlari oʻrtasida diplomatiya munosabatlari 1993-yilda oʻrnatildi. Davlatlar oʻrtasida gumanitar sohadagi hamkorlik mana shu shartnoma, 1994 yil 16 yanvarda imzolangan Madaniyat, sogʻliqni saqlash, fan, taʼlim, turizm va sport boʻyicha hamkorlikni chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim, 1996 yil 24 dekabrda imzolangan Madaniy hamkorlik toʻgʻrisidagi muassasalararo bitimga muvofiq amalga oshiriladi. 2005 yilgacha ikki davlat oʻrtasida ikki tomon uchun ahamiyatli boʻlgan 181 hujjat imzolangan. 2004 yil Oʻzbekiston Respublikasi bilan Q. oʻrtasidagi tovar aylanmasi 68,1 mln. AQSH dollarini, jumladan, eksport 43,6 mln. AQSH dollarini, import 24,5 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 2021-yil mart oyida Qirgʻiziston prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida qirgʻiz xalqiga oʻzbek xalqi nomidan 10 dan ortiq tez yordam mashinalari topshirildi. Ikki davlat rahbarlari va delegatsiyalari ishtirokidagi muzokaralarda kapitali 200 million AQSH dollari boʻlgan Oʻzbekiston–Qirgʻiziston investisiya jamgʻarmasi tashkil etilishi belgilangan hamda ikki mamlakat hukumatlariga uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriqlar berilgan. Oʻzbekiston–Qirgʻiziston sherikligining deyarli barcha yoʻnalishlarini qamrab olgan 22 ta hujjat imzolandi [7].
Ikki mamlakat oʻrtasida 2020-yil yakuni boʻyicha savdo aylanmasi 903,1 million dollarni tashkil etgan. Shundan eksport hajmi 756,6 million dollar, import hajmi 146,5 million dollarni tashkil etgan. 2021-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda qirgʻiz kapitali ishtirokida 183 korxona faoliyat yuritadi: 104 tasi qoʻshma korxona, 79 tasi 100 foiz xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar hisoblanadi. Sadir Japarovning Oʻzbekistonga davlat tashrifi hisobotlarida Oʻzbekiston Qirgʻiziston Mudofaa vazirligiga bitta vertolyot sovgʻa qilishi keltirib oʻtiligan. Mudofaa vazirligi orqali oʻzbek tomoni Qirgʻizistonga bitta vertolyotni bepul taqdim etadi va yana bittasini tiklab berishga tayyor. Biroq aynan qaysi vertolyot ekani aniq emas. Shuningdek, harbiy yoʻnalishda xodimlar tayyorlash masalasi, xususan, qurol-yarogʻ yoʻnalishi, uchuvchilar va aloqachilar tayyorlash masalalari ham koʻrib chiqilgan. Qirgʻiziston Oʻzbekistonda joylashgan anklav hudud — Soʻx bilan aviaqatnovlar va transport qatnovlarini yoʻlga qoʻyishga, Oʻzbekiston esa shu paytgacha „chegara hududlar aholisi oʻrtasida tortishuvlar va siyosiy ziddiyatlarga sabab boʻlib kelgan“ Unkar-Too hududini berish tayyor ekanligini maʼlum qilgan [8].
2017-yil sentabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga, A. Atambayevning shu yil oktabr da O‘zbekistonga tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning keskin yaxshilanishiga olib keldi. Qirg‘izistonda iqtisodiyotning o‘sishi jamiyatning ham barqarorlashuviga olib keldi. 2017-yil oktabrda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlari natijasiga ko‘ra, hukmron sotsial-demokratik partiya vakili Sooronbay Jeenbekov g‘alaba qozondi. U 2017-yil dekabrda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelib, bir qator shartnomalarni imzoladi.Yechilmagan muammolar ko‘p. Qirg‘iziston Rossiya Federatsiyasi va MDH ning boshqa mamlakatlari bilan hamkoriik bilangina cheklanmadi. Uning rahbariyati nafaqat Markaziy Osiyo davlatlari, shu jumladan 0 ‘zbekiston bilan, balki Xitoy bilan ham munosabatni mustahkamlashga urinmoqda. Mamlakat Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy integratsiyasi va Osiyoning 10 davlati iqtisodiy hamkorligida ishtirok etmoqda, yuqori darajada rivojlangan ko‘pgina mamlakatlar: AQSH, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi va boshqalar bilan moliyaviy-iqtisodiy va texnik hamkorlik hamda savdoni rivojlantirmoqda. Mamlakat xavfsizligini ta’minlashda qo‘shnilar bilan mos kejishuvlarga erishish hamda Shanxay Hamkorlik Tashkilotida ishtirok etish muhim ahamiyatga ega [9].
Oʻzbekiston–Qirgʻiziston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari boʻyicha har ikki tomon ham ushbu ishlarni keyingi uch oy ichida yakunlash kerakligi toʻgʻrisida kelishib olgan. 2021-yil 26-mart kuni Toshkentda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston delegasiyalari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv natijalarini Qirgʻiziston hukumati delegasiyasining rahbari Qamchibek Tashiyev ma’lum qildi. Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi raisi Qamchibek Tashiyevning ta’kidlashicha, qirgʻiz-oʻzbek chegaralarida bundan soʻng bahsli hududlar boʻlmaydi. Chegara masalalarini hal qilishda tomonlarning hech biri «yutmagan va yutqazmagan». tomonlar loyiha chizigʻining Kampir-Obod (Andijon) suv ombori hududida 900 gorizontal ostidan 312-raqamli chegara nuqtasidan 312/3-raqamli chegara nuqtasigacha oʻtishi toʻgʻrisida kelishib olgan. Kelishuv natijalariga koʻra, ayrim shartlar bajarilsa, toʻgʻon Oʻzbekiston hududida qolishi belgilangan. Demarkasiya jarayonida Oʻzbekiston Andijon viloyatining Oʻsh viloyati Uzgen tumani va Jalol-Obod viloyatining Soʻzak tumanlari bilan chegaradosh hududdagi 304- va 312-raqamli chegara nuqtalari oraligʻidagi 1000 gektar yerni tovon sifatida Qirgʻizistonga topshiradi. Shu munosabat bilan tomonlar Oʻzbekiston va Qirgʻiziston suv xoʻjaligi tashkilotlariga Kampir-Obod suv omborining suv resurslaridan birgalikda foydalanish va boshqarish boʻyicha hukumatlararo kelishuv loyihasini ishlab chiqish topshirigʻini bergan. Shuningdek, tomonlar Shahrixonsoy kanalining hududlarini (chap tomoni), 312 va 312/3 chegara nuqtalari hududidagi Andijon suv ombori toʻgʻonini, kanaldan toʻgʻon oʻrtasigacha, Oʻzbekistonga 50 gektar yerni qoldirib, xatlovdan oʻtkazishga kelishib olgan [10].

Yüklə 30,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin