Qazib oluvchi kombaynlar asosiy qismlari Reja: shaxta tirqish va o’yiq o’tish kombaynlari



Yüklə 19,33 Kb.
səhifə3/4
tarix25.12.2023
ölçüsü19,33 Kb.
#195516
1   2   3   4
qanot

Sinflari va ishlatilish ko’lami
qatlam yotiqlik qiyaligiga bog’liq ravishda tor qamrovchi kombaynlar farqlanadi: qalin va qiya (350 gacha) qatlamlarni qazishga mo’ljallangan (qachonki qazib olingan ko’mirni tashish lozim bo’lganda); 350 dan oshiq yotiqlikdagi qatlamlarni qazishga mo’ljallangan (ko’mirni tashish lozim bo’lmaganda, ya’ni qazib olingan yuk o’z og’irligi bilan harakatlansa).
qatlam qalinligiga bog’liq ravishda 0,6-5m qalinlikdagi qatlamlarni qazib olishga mo’ljallangan kombaynlar farqlanadi: qatlam qalinligi 0,8 m va undan yuqori bo’lsa, kombayn zaboyda yonida joylashgan suriluvchi kurakli konveyer ramasida xarakatlanib qazib oladi. Xuddi mana shu asosiy texnologmk sxema bo’yicha ko’plab tor qamrovchi kombaynlar 5 m gacha qalinlikdagi qatlamlarni qazib oladi .
Zamonaviy qazish kombaynlari konstruktsiyasida shnekli ishchi organlar eng ko’p tarqalgandir. Bular 2K52M, 1K101, 1GSH68, KSH1KG, KSHZM, K102, K120, K128P kombaynlaridir. Shneklarning asosiy ishlatish afzalliklari qatlamni butun qalinligi bo’yicha qazib olish, qatlam gipsometrik o’lchamlarida ishchi organlarning qazish qalinliklarini oson o’zgartirish, yuqori unumdorlik, frontal burg’ulash imkoniyatlarining mavjudligidir. Ishlab chiqarilayotgan shnekli kombaynlar kesishga qarshiligi 220—300 kN/m bo’lgan qatlamlarda samarali ishlatilmoqda.
Ish bajaruvchi organlarning qamrash kengligini quyidagicha qabul qilish tavsiya etiladi
1,2—2,5 m qalinlikdagi qatlamlar uchun 0,63 m
1,2 m dan kichik qalinlikdagi qatlamlar uchun 0,8 m
2,5 m dan oshiq qalinlikdagi qatlamlar uchun qamrash kenligi 0,5 m
Ko’mir sanoatida eng ko’p tarqalgan qazib olish kombaynlari quyidagilardir
Kombayn 1BK.T mokisimon ishlovchi, 0,55—0,8 m qalinlikdagi, 35° gacha qiyalikdagi, krovlyasi o’rtacha barqaror bo’lgan ko’mir qatlamlarini qazib olishni mexanizatsiyalashtirishga mo’ljallangan. Kombayn ish bajaruvchi organi ikkita oldinga va orqaga simmetrik joylashgan bir xil qismlardan iborat. Ish bajaruvchi organi har biri ikkitadan burg’ulash koronkasiga, uchta gorizontal aylanish o’qli disk va bitta vertikal o’qli diskdan tashkil topgan. Qamrash kengligi 0,8 m.

Yüklə 19,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin