Sarlavha ko'rinishida yozilgan matnni abzas ko'rinishiga yoki teskari abzas
ko'rinishida yozilgan matnni sarlavha ko'rinishida yozishga to'g'ri kelib qoladi. Bu
hollarda dastur tomonidan bir turdan ikkinchi turga o'tkazish imkoniyatlari bor.
Sarlavha matnini ajratgan holda Текст (Text) menyusidagi abzasni matnga o'girish
(Convert to Paragraph Text), abzas matni ajratilganda esa sarlavha matniga o'girish (Convert
to Artistic Text) so'zlaridan foydalaniladi.
Bir turdan ikkinchi turga o'tkazishni tezlatish uchun Свойства (Property Bar) da
joylashgan Конвертировать текст (Convert Text) tugmasi bosiladi.
Matnni formatlash (Format Text)
Corel DRAW dasturi shriftning parametrlarini boshqarish imkoniyatiga ega.
Matnni kiritmasdan awal parametrlarini belgilab olib, kiritilgandan keyin matnni
formatlasa ham bo'ladi.
Matnni formatlash menyuning Текст (Text) va Форматирование текста
(Format Text) buyrug'i bilan amalga oshiriladi. Muloqot oynasida abzasning matnlari
uchun oltita parametrlar berilgan bo'ladi: Шрифт (Font), Выключка (Align), Интервал
(Space), Табуляция (Tab), Рамки и колонки (Frames and Columns); Эффекты
(Effects) yoki sarlavha matni uchun uchta: Шрифт (Font), Выключка (Align), Интервал
(Space) beriladi.
Шрифт (Font) bo'limi
Шрифт (Font) bo'limi bu matndagi shriftning garniturasini, keglini va boshqa
parametrlarini tanlashni bildiradi.
Shrift garniturasi deganda nomi va tasviriga ega bo'lgan belgilar majmuasi
tushuniladi, masalan, Times, Helvetica, Декор, Лазурского garnituralari va hokazo.
Шpифт (Font) ro'yxatida operatsion sistemaga o'rnatilgan shriftning bitta
garniturasi tanlanadi. Начертание (Style) - esa quyidagi to'rttasidan bittasi tanlanadi:
Нормальное прямое (Normal), Нормальное курсивное (Normal-Italic). Полужирное
прямое (Bold) и Полужирное курсивное (Bold-Italic).
Dostları ilə paylaş: