Qarshi xalqaro universiteti



Yüklə 210 Kb.
səhifə11/12
tarix05.05.2023
ölçüsü210 Kb.
#108028
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bolalarni musiqiy ta`lim bilan tanishtirish

joriy nazorat:
1) Joriy nazorat talabaning test va og`zaki savollarga javob berishi:
Joriy nazorat uchun test savollari 20 tadan kam bo`lmagan holatda amalga oshiriladi. Baholash esa testdan to`plangan natijalarga bog`liq bo`ladi. Test orqali talabaning modul bo`yicha to`plagan bilim, ko`nikma va malakalari aniqlanadi.
Shuningdek joriy nazorat og`zaki shaklda (5 tadan kam bo`lmagan holatda) amalga oshirilib, talabaning o`tilgan mavzular asosida to`plagan nazariy va amaliy bilimlarining o`zaro uyg`unligiga, keng mushohada yuritishiga, savollarga to`liq va aniqlik asosida javob berishi yordamida aniqlanadi– 20 ball.
2. Seminarlarda faol ishtiroki. Bunda uy vazifalari, taqdimotlar tayyorlanishi, guruhlarda ishlash, bahs-munozaralarda ishtirok etish, rolli o‘yinlar, guruhda modul asosida savol-javoblarga faol ishtirok etishi va boshqalar shaklida bo‘ladi – 20 ball.
3.Talabaning darsga qatnashishi va daftarlarning yuritilishi. Modul asosida o`tilgan mavzularni ketma-ketligida to`liq konspeklashtirganligi hamda mavzular asosida turli test va savollar tuzilganligi asosida baholanadi – 10
Yakuniy nazorat:
Imtihon – modulning yakunida olingan bilim va orttirilgan ko‘nikmalarni baholashga qaratilgan bo‘lib, u o‘quv dasturi (syllabus) asosida tuziladigan nazariy savollar yoki test savollariga beriladigan javoblar o‘z ichiga oladi – 50 ball
IX. YO‘RIQNOMA
O‘quv mashg‘ulotlari modulning maqsadi va talabalardan modulni yakunlagach kutiladigan natijalardan kelib chiqib ta’limning interfaol texnologiyalardan foydalangan holda olib boriladi.
Ma’ruzalar interaktiv savol-javob metodiga asoslangan holda hamda talabalarni o‘quv materialini tanqidiy va muammoli tafakkur etishga chorlash orqali olib boriladi. Talabalarning o‘zlashtirish usullarini hisobga olib, ularning taqdim etilayotgan ma’lumotlarni samarali o‘zlashtirishlarini ta’minlash masadida Power Point taqdimotlaridan foydalaniladi.
Bundan tashqari, ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarda quyidagi o‘qitishning metodlari ham qo‘llaniladi: keys-stadi, taqdimot, kichik guruhlardagi muhokama, loyiha ishi, simulyatsiya, sayyor mashg‘ulot, so‘rovlar o‘tkazish, o‘quv materiallarni mustaqil o‘zlashtirish va h.k.
Seminar mashg‘ulotlar talabada tahliliy fikrlash, notiqlik, o‘z fikr va xulosalarini asoslash va himoya qilish hamda ularni og‘zaki va yozma shaklda bayon qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratiladi.

Yüklə 210 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin